Get Mystery Box with random crypto!

HODL

Telegram kanalining logotibi hodluz — HODL H
Telegram kanalining logotibi hodluz — HODL
Kanal manzili: @hodluz
Toifalar: Cryptocurrencies
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2.01K
Kanalning ta’rifi

💎 HODL — Web 3.0 olamini kashf eting!
Yangi texnologiyalar haqida ta’lim beruvchi media loyiha.
⛔️ Loyiha vakillari hech kimga shaxsiy xabar yozmaydi. (Firibgarlardan ehtiyot bo’ling)
Aloqa: @hodluzbot

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2022-06-20 09:00:13NFT nima? Hayp, san’at yoki kelajak texnologiyasimi?

NFT (non-fungible tokens) — o’zgarmas tokenlar hisoblanib, ular hozirgi kunda jadal rivojlanmoqda.

Keling uni oddiyroq tushunib olamiz. Aytaylik real hayotda siz uy, mashina yoki mobil telefon sotib oldingiz. U narsalarni sizga tegishli ekanligini isbotlovchi hujjat albatta bo’ladi. U hujjat siz sotib olgan buyum haqiqatdan ham sizniki ekanligini isbotlaydi. NFT ham egalikni tasdiqlovchi hujjati bo'lib, faqat u markazlashtirilmagan blokcheynda saqlanadi. Shuning uchun uni yo'qotib yoki soxtalashtirib bo’lmaydi.

Hozirgi kunda NFTlar san’at sohasida keng rivojlanmoqda. Ammo ularning potensiali bundan yuqoridir.

NFT 2014-yildan beri mavjud bo’lsada, ular hozirgi vaqtga kelib ommalashdi. 2021-yilda NFT bozorining qiymati 41 mlrd. dollarni tashkil etdi. Bu esa deyarli san’at bozorining umumiy qiymatiga tengdir.

Hozirgi vaqtda minglab NFT to’plamlar mavjud. Ammo ularning hammasi ham mashhurlikka erishmagan. NFT doirasini sezilarli ravishda kengaytirgan to’plamlardan biri bu BAYC (Bored Apes Yacht Club)dir. To’plam 2021-yil aprel oyida sotuvga chiqarilgan va 12 soat ichida to’plamdagi barcha (10.000 ta) NFT sotilgan. OpenSea marketpleysida to’plamning umumiy savdo hajmi 1 mlrd. dollarni tashkil etadi. Ilk maymunlar 0,2 ETH (~600$)dan sotilgan bo’lsa hozirda ularning narxi 92 ETH (~99 300$)dan boshlanadi. BAYC NFT’lari shunchaki rasm emas, balki yopiq hamjamiyatga qo’shilish va ijtimoiy mavqega ega bo’lish imkoniyatidir. Umuman olganda bu Amerikada yillar davomida shakllanib kelgan madaniyatning raqamli analogi hisoblanadi. Bu haqida kelgusi maqolalarimizda batafsil to’xtalib o’tamiz.

HODL
5.8K viewsedited  06:00
Ochish/sharhlash
2022-06-19 07:55:19
Blockchain raqamli erkinlik davri

Oxirgi yillarda blokcheyn texnologiyasi, markazlashmagan tizim, WEB 3.0 kabi g’oyalar ko’pchilikning e’tiborini tortdi. Yirik kompaniyalar va sarmoyadorlar bu texnologiyalar uchun katta mablag’lar sarflashmoqda. Keling texnologiyani sodda tilda tahlil qilamiz.

Maqolani ushbu havolada o’qishingiz mumkin:
https://telegra.ph/Blockchain-nima-06-18
5.1K viewsedited  04:55
Ochish/sharhlash
2022-06-18 07:50:12
Internetning mo’jizaviy evolyutsiyasi
(Web 1.0, Web 2.0, Web 3.0)

Internet nima o’zi va u qayerda joylashgan? Qanday qilib u insoniyat uchun yangi bir madaniyatga aylanishga ulgurdi? Biz har kuni soatlab foydalanadigan internet qanday bosqichlardan o’tib kelganligini hech o’ylab ko’rganmisiz? Keling internet bilan qaytadan tanishamiz!

Maqolani ushbu havolada o’qishingiz mumkin:
https://telegra.ph/Internetning-mojizaviy-evolyutsiyasi-06-17
5.7K views04:50
Ochish/sharhlash
2022-06-17 11:46:26
HODL nima?

HODL — bu 2013-yilda paydo bo'lgan kulgili bekronim. Uni ingliz tilidan “Bor kuching bilan tut” (Hold On for Dear Life) deb tarjima qilish mumkin.

HODL atamasi kriptovalyuta dunyosiga ilk marta Bitcoin suhbat forumidan kirib kelgan. Bu atamani ilk marotoba ishlatgan GameKyuubi ismli treyder, forumda Bitcoinning keskin pasayishiga qaramay uni ushlab turishini ya’ni “hold” qilmoqchiligini aytgan. Ammo ko’rib turganingizdek hafsalasi pir bo’lgan treyderning bir harfni adashtirib ya’ni "I AM HODLING", deb yozishi na’tijasida atama kriptovalyuta madaniyatining bir qismiga aylandi. GameKyuubi bu atamaning tez ommalashishini va kripto madaniyatining bir qismiga aylanishini tasavvur ham qilmagan.
Kanalimiz aynan shu atama bilan nomlandi chunki “HODL” bu WEB 3.0 g’oyasiga bo’lgan ishonchning ramzidir.

Biz ushbu post bilan O’zbekistondagi eng yirik WEB 3.0 hamjamiyatining ilk poydevorini qo’ydik!

HODL
6.7K views08:46
Ochish/sharhlash