Get Mystery Box with random crypto!

HODL

Telegram kanalining logotibi hodluz — HODL H
Telegram kanalining logotibi hodluz — HODL
Kanal manzili: @hodluz
Toifalar: Cryptocurrencies
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2.01K
Kanalning ta’rifi

💎 HODL — Web 3.0 olamini kashf eting!
Yangi texnologiyalar haqida ta’lim beruvchi media loyiha.
⛔️ Loyiha vakillari hech kimga shaxsiy xabar yozmaydi. (Firibgarlardan ehtiyot bo’ling)
Aloqa: @hodluzbot

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-07-24 18:10:34
Kia Dead Army Skeleton NFT kolleksiyasi bilan hamkorlikda yangi avtomobilini e'lon qildi

Reklama videosida kompaniya 2023-yilda taqdim etmoqchi bo‘lgan yangi Kia Soul aks etgan. Unda Dead Army Skeleton Club kolleksiyasidagi uchta skelet yangi Kia avtomobilida shahar bo‘ylab sayohat qiladi va yo‘lda “Built For Whoever You Are” restoranida to‘xtaydi.

Kia America kompaniyasining marketing bo'yicha vitse-prezidenti Rassell Veydjer, bu hamkorlikni Kia Soul ham Web 3.0 olamidagi NFTlar kabi noyobligi, shuningdek, kompaniyaning zamon bilan hamnafas bo'lish istagi bilan izohladi.

HODL
13.2K views15:10
Ochish/sharhlash
2022-07-23 08:36:06
Dubay meta olam strategiyasi

Yaqin Sharqdagi yetakchi kripto markazlaridan biri bo’lgan Dubay amirligi, Dubay meta olam strategiyasini ishga tushirishini e’lon qildi. Bu strategiya Dubayni dunyodagi eng yaxshi 10 ta meta olam iqtisodlaridan biriga aylantirishga qaratilgan. Strategiyaga ko’ra yaratiladigan meta olamda 2030-yilga borib 40 000 dan ortiq virtual ish o‘rinlari yaratiladi. Shu bilan birga, meta olamda turizm, taʼlim, chakana savdo, masofaviy ish, sogʻliqni saqlash va huquq sohalarida yangi davlat ish modellari yaratilishi vaʼda qilingan.

Amirlik global texnologik poytaxtga aylanishga harakat qilmoqda, shu sababli asosan sun'iy intellekt (AI) va Web 3.0 g’oyasiga e'tibor qaratmoqda.

Ma’lumot uchun: dunyo miqyosda meta olamdagi venchur kapitali va xususiy kapitalni moliyalashtirish qiymati 2021 yilda 13 milliard dollarga yetgan bo’lsa, o'tgan yili meta olamdagi ko'chmas mulk savdosi esa 500 million dollardan oshgan.

HODL
13.8K views05:36
Ochish/sharhlash
2022-07-20 11:42:28
CBDC - raqamli pullar rivoji

Bitcoin ajoyib, to’g’rimi? Lekin nega undan qahva sotib olish yoki soliq to'lash uchun foydalanilmaydi? Bitcoin va shunga o’xshash boshqa kriptovalyutalar raqamli pul bo'lsa-da, ulardan kundalik valyuta sifatida foydalanish to’g’ri qaror bo’lmaydi chunki kriptovalyuta bozori doimo o’zgaruvchan. Shu o’rinda foydalanuvchilarga fiat pullarning raqamli shakli bo’lgan steyblkoinlar kerak bo’ladi. Ular USDC, USDT yoki markaziy bank raqamli valyutalaridir (CBDC).

Aksariyat mamlakatlar raqamli valyuta g'oyasini o'rganmoqda, boshqalari esa allaqachon ularni sinab ko'rmoqda. Keling CBDC va boshqa steyblkoinlar bilan tanishamiz. Maqolani quyidagi havolada batafsil o’qishingiz mumkin:

https://telegra.ph/CBDC--steyblkoinlar-rivoji-07-20
13.8K views08:42
Ochish/sharhlash
2022-07-12 13:59:08
Play2Earn — o’yinlar orqali pul topish!

Salom, do’stlar! Bizni unutib qo’ymadingizmi?
Biz jamoamiz bilan sizlarni Web 3.0 olamining yangi sarguzashtlari bilan tanishtirishda davom etamiz!

Bungungi maqolamiz Play to Earn ya’ni o’yin o’ynab daromad topish haqida bo’ladi. Unda siz GameFi o’yinlar orqali odamlar qanday qilib oyiga 1000$ dan 100.000$ gacha daromad topganlari haqida tanishasiz. Hatto Fillipin davlatida Play to Earn mexanizmida tashkil etilgan Axie Infinity o’yiniga ishqibozlar shunchaik berilib ketganki, natijada davlatda kirakashlar soni keskin kamaygan. Axir o’yin orqali topiladigan daromad kirakashlikdan topiladigan daromaddan ancha yuqori bo’lgan.

Shu jumladan yurtimizda ham anchagina shov-shuvga sabab bo’lgan StepN loyihasi haqida ham eshitgan bo’lsangiz kerak. StepN loyihasi orqali hamyurtlarimiz ham oyiga o’rtacha 1000-2000 dollargacha daromad qilishdi. Quyidagi maqolamiz bilan tanishish orqali siz Play to Earn mexanizmidagi o’yinlar haqida batafsil ma’lumotga ega bo’lishingiz mumkin.
https://telegra.ph/Play2Earn--oyinlar-orqali-pul-topish-07-12
6.6K viewsedited  10:59
Ochish/sharhlash
2022-06-30 17:54:40
TikTok yulduzi Khaby Lame va Binance birjasi hamkorlik qiladi

Dunyodagi eng ko'p kuzatuvchiga ega TikToker Khaby Lame Binance brendining global elchisiga aylandi. Khaby Lame’ning TikTok’da 142 milliondan ortiq obunachilari mavjud.

Binance’ning bundan oldingi shov-shuvli hamkorligi Cristiano Ronaldo bilan bo’lganligi haqida avval xabar bergan edik. Bu kabi hamkorliklarning asosiy sababi odamlarning Web 3.0 haqidagi xabardorligini oshirish va ommaviy qabul qilishni tezlashtirishdir.

Khaby Lame hamkorlik davomida Web 3.0 haqidagi ba'zi noto'g'ri tushunchalarni bartaraf etish uchun o'zining “imzo” uslubidan foydalanadi. Shuningdek, Binance bilan birgalikda eksklyuziv NFT to'plamlarda ham hamkorlik qiladi.

"Men o'z obunachilarimni o'z oilam deb bilaman va ularga baham ko'rish uchun har doim yangi chellenjlar va qiziqarli kontent qidiraman" - Khaby Lame.

HODL
4.1K views14:54
Ochish/sharhlash
2022-06-28 20:40:03 ​ Afsonaga aylangan memkoinlar

$100 sarmoya bir yil ichida million dollarlarga aylanishiga ishonasizmi? 2021-yil bu holatga kripto olami guvoh bo’ldi. Bugun sizlar bilan shu mavzu haqida gaplashamiz.

Ba'zilar 2021-yilni kriptovalyuta olamida “It” yili deb atashadi. Bunga shu yili Dogecoin (DOGE) va Shiba Inu (SHIB) memkoinlarining narxi keskin oshishi sabab bo’ldi. 2021-yil noyabr oyi holatiga ko‘ra, DOGE narxi oldingi yilning shu davriga nisbatan 8000% ga, SHIB esa 2021-yilning yanvaridan noyabrigacha 60 000 000% dan ortiq oshdi. Bu shuni anglatadiki, agar siz 2021-yil yanvar oyida 100 dollarga SHIB sotib olganingizda sizning aktivingiz 2021-yil oktabr oyida 98 mln. dollardan oshgan bo’lar edi. Ko’rib turganingizdek haqiqatan ham 2021-yil kriptovalyuta olamida “It” yili bo’lgan.

Shu o’rinda savol tug’iladi, DOGE, SHIB, SAITAMA va boshqa shu kabi tangalar nima o’zi? Ularning boshqa tangalardan qanday ajralib turadigan joyi bor? Va nega ular bunchalik ommalashib ketishdi? Quyida bu savollarga javob olamiz. Bu kabi tangalar memkoinlar deb ataladi. Ular internet va ijtimoiy tarmoqlarda ommalashgan memlardan ilhomlanib yaratilgan kriptovalyutalardir. Birinchi memkoin Dogecoin (DOGE) bo’lgan. U 2013 yilda hazil sifatida yaratilgan. DOGE yapon it zoti bo’lgan siba-inu haqidagi mashhur Doge memidan ilhomlanib yaratilgan.

Memkoinlar juda o'zgaruvchandir. Ularning narxi asosan hamjamiyatning qo'llab-quvvatlashiga va foydani yo'qotish qo'rquviga bog'liq. Bu ularning narxini tezda ko’tarishi yoki treyderlarning qiziqishi boshqa memkoinga qaratilsa, kutilmaganda narxning keskin tushishiga olib kelishi mumkin. Memkoinlarning yana bir xususiyati shundaki, ular ko'pincha ko’p yoki cheksiz miqdorda bo’ladi. Ularning ommalashib ketishiga mutaxassislar turli sabablarni ko’rsatishgan. Bu sabablardan biri Ilon Maskning tvitlaridir. Uning yozgan tvitlari ta’sirida Doge narxi 5 kun ichida 2000% ga ko’tarilib 0,73 dollarni tashkil etgan edi. Ammo Ilonning televideniyada Doge haqidagi hazillari Doge’ning narxini tushishiga sabab bo’ldi.

Umuman olgan sizning portfelingizda qanday aktiv bo’lishi bu sizning shaxsiy ishingizdir. Bozor bu kabi memkoinlarga to’la va aksariyatining ortida firibgarlik orqali odamlarning mablag’larini yig’ib olish yotadi. Ular shunchaki bozordagi manipulatsiya natijasida narxi keskin o’zgaruvchi aktivlardir.

O’ylaymizki, mavzu haqida qisqacha bo’lsa ham tushunchaga ega bo’ldingiz. Kelgusi maqolamizda bozor va undagi marketmeykerlar haqida ma’lumot beramiz. Bizni kuzatib boring!

HODL
4.5K views17:40
Ochish/sharhlash
2022-06-25 19:19:17
Ijtimoiy tarmoqlarga NFT integratsiyasi

Bir qator ijtimoiy tarmoqlar Web 3.0 bilan integratsiya qilish ustida ish olib boryapti. Xususan ijtimoiy tarmoqlardagi avatar rasmining o’rniga NFT rasmlardan foydalanish ommalashmoqda. Ayni vaqtda bu xususiyatdan Twitter Blue obunachisi sifatida foydalanish mumkin. Twitter hozircha faqat Ethereum blokcheynida yaratilgan NFT’larni qo’llab-quvvatlamoqda.

Meta (Facebook) kompaniyasi ham Facebook va Instagram uchun ushbu yangilikni qo’shish ustida ish olib bormoqda.

Yil boshida bizning sevimli messenjerimiz bo’lgan Telegram ham NFT’larni avatarga qo’yish imkoniyatini qo’shmoqchi ekanligi haqida xabar bergan edi.
Telegramning TON blokcheyni bilan o’zaro integratsiyasini hisobga olsak, bu imkoniyat ham TON blokcheyni bilan hamkorlikda yaratilishi mumkin.

HODL
5.5K views16:19
Ochish/sharhlash
2022-06-24 14:09:56
Cristiano Ronaldo Binance birjasi bilan hamkorligini e’lon qildi

Hamkorlikka ko’ra, afsonaviy portugaliyalik futbolchi Binance’da bir nechta NFT to‘plam chiqaradi.
Shu bilan birgalikda, Binance Ronaldoning muxlislarini NFT dunyosi va Web 3.0 bilan tanishtirishga qaratilgan global reklama kampaniyasini boshlaydi.

Shartnoma davomida Binance va Ronaldo faqat Binance NFT platformasida sotiladigan bir qator NFT to’plamlar yaratadilar. Birinchi NFT to’plam shu yil oxirida chiqariladi va dizaynlar Ronaldo bilan hamkorlikda yaratiladi.

HODL
15.5K views11:09
Ochish/sharhlash
2022-06-23 19:44:48
Hamjamiyatimiz a’zolari 1000 kishidan oshdi!

Bizga bildirilgan ishonch va qiziqishingizdan minnatdormiz!
Qisqa muddat ichida hamjamiyatimiz a’zolarining soni yuqori darajada o’sdi. Kelgusida biz sizlar uchun yanada sifatli va noyob kontent tayyorlashga va’da beramiz!

Keling yaqindan tanishib olaylik. Bizga sizning fikringiz juda muhim. Kanalimizda Web 3.0 ga oid yana qanday ma’lumotlar ko’rishni xohlaysiz?

Fikr va takliflaringizni @hodluzbot orqali bildirishingiz mumkin. HODL jamoasi barchangizdan ajoyib fikrlar kutib qoladi!

HODL
5.7K views16:44
Ochish/sharhlash
2022-06-21 14:18:54
BAYC — millionlarga sotilgan maymunlar!

Yuqoridagi postimizda NFT haqida ma’lumot berib o’tgan edik. Bugun esa eng mashhur NFT to'plamlaridan biri bo’lgan BAYC (Bored Apes Yacht Club) ya’ni “Zerikkan Maymunlar Yaxta Klubi” bilan tanishamiz.

To’plam Ethereum blokcheynida yaratilgan va OpenSea marketpleysiga joylashtirilgan. To’plamning barcha, 10000 ta, NFT’lari bor-yo’g’i 12 soat ichida sotilgan.

To’plam haqida batafsil ma’lumotni quyidagi maqolamizda o’qishingiz mumkin:
https://telegra.ph/BAYC--millionlarga-sotilgan-maymunlar-06-21
7.2K views11:18
Ochish/sharhlash