Get Mystery Box with random crypto!

​“TON Foundation”ning rasmiy kanali bo’lgan @tonsociety “The O | TON Community 🇺🇿

“TON Foundation”ning rasmiy kanali bo’lgan @tonsociety “The Open Network” uchun sarmoyalar, grantlar va loyiha inkubatsiyasi bo'yicha $250 000 000 miqdoridagi birinchi ekotizim fondi, toncoin.fund, ishga tushirilganini e'lon qildi.

@tonsociety xabar berishicha, “Huobi Incubator”, “Kucoin Ventures”, “MEXC Pioneer Fund”, “3Commas Capital”, “Orbs”, “TON Miners” va “Kilo Fund” kabi bir qator yetakchi kriptovalyuta sarmoyadorlari “TON Foundation” tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan birinchi rasmiy ekotizim fondi orqali “TON”ga 250 000 000 dollar sarmoya kiritadilar.

“Toncoin Fund” mablag'lari loyihalarni inkubatsiya qilish, grantlar berish, xakatonlarni o'tkazish va hamjamiyat uchun o'quv materiallarini yaratish uchun sarflanadi.

Jamg'arma “NFT”, “DeFi”, marketpleyslar va hamyonlarni o'z ichiga olgan keng doiradagi sohalarga qaratilgan. Jamg'arma boshqaruvini “Jenny Metaverce DAO” asoschisi va “Binance”ning sobiq top-menejeri Benjamin Ramo kabi taniqli kriptovalyuta ixlosmandlari boshqaradi.

“Cointelegraph” tomonidan chop etilgan press-relizda toncoin.fund haqida ko'proq ma’lumot olishingiz mumkin.

Biz obunachilarimizni TON ekotizimidagi sarmoya jamg’armalari, inkubatorlar va grant dasturlarining faoliyatidan xabardor bo‘lish uchun @tonsociety kanaliga obuna bo’lishingizni so’rab qolamiz.