Get Mystery Box with random crypto!

​Kamerun, Kongo Demokratik Respublikasi (KDR) va Kongo Respubl | TON Community 🇺🇿

Kamerun, Kongo Demokratik Respublikasi (KDR) va Kongo Respublikasi TON blokcheyni bilan hamkorlik qilishlarini e'lon qilishdi, deb yozadi “Forbes”.

Mamlakatlar blokcheynni ommaviy qabul qilish kampaniyalarini boshlash niyatida va ushbu jarayonda “The Open Network” yetakchilik qilmoqda.

Ma’lumki, sayyoramizning yuz millionlab odamlari jahon moliya tizimiga kirish imkoniyatidan mahrum. Bunga yaqqol misol sifatida KDR keltirish mumkin. 40 milliondan ortiq aholiga ega mamlakat 2019-yilda internetga ulanish imkoniga ega bo‘lgan. Biroq ulardan bor-yog’i 12,4 millionining bank hisob raqami bor xolos.

Bu markazlashmagan texnologiyalardan foydalanishning ajoyib salohiyatini ko'rsatadi va umid qilamizki, TON blokcheyni yordamida butun dunyo bo'ylab juda ko'p odamlar iqtisodiyot va moliyaviy xizmatlardan foydalanishlari mumkin bo’ladi.

“TON Foundation” jamoasi uch mamlakatga yangi turdagi iqtisodiyotni qurishda rasman yordam beradi. Bu jarayonda kriptovalyutalar qurilayotgan tizimning markaziy elementiga aylanadi.

Xususan, KDRning raqamli iqtisodiyot vaziri aytganidek, mamlakat TON asosida milliy steyblkoin yaratish imkoniyatlarini ko'rib chiqmoqda.

Mamlakatlar vakillarining rasmiy izohlari va bo‘lajak hamkorlikning boshqa tafsilotlari bilan ushbu havolada berilgan “Forbes”ning yirik maqolasida tanishishingiz mumkin.

TON millionlab odamlarning hayotini yaxshi tomonga o‘zgartiruvchi global mahsulotga aylanayotganini ko‘rishdan mamnunmiz.