Get Mystery Box with random crypto!

​Telegramdagi veb-botlar “The Open Network” uchun nimani angla | TON Community 🇺🇿

Telegramdagi veb-botlar “The Open Network” uchun nimani anglatadi

Telegram veb-botlarni sinovdan o'tkaza boshladi.

Demo-botlarning funksiyalarini “Android” uchun beta-versiyasida ko'rish mumkin:

@DurgerKingBot — biriktirilgan URL tugmasi orqali to'lov bilan oziq-ovqat yetkazib berish (@CryptoBot xizmatida Toncoin chek va fakturalarda shunga o’xshash URL tugmalarini ko'rgan bo'lishingiz kerak).
@asmico_attach_bot — veb-bot (joylashuv, joriy vaqt, mikrofon va kameradan olingan ma'lumotlar) bilan fayllar va turli xil ma'lumotlarni almashish imkoniyatini taqdim etadi.

“TON”ning bunga nima aloqasi bor?

Katta ehtimol bilan, “Toncoin”da to'lov qilish imkoniyati botlarda paydo bo'ladi. Shu bilan birga, TON uchun xizmat yaratuvchi dasturchilar veb-interfeys imkoniyatlaridan foydalangan holda deyarli cheksiz funksionallikka ega botlarni yaratishi mumkin bo‘ladi.

Bular nafaqat TON ekotizimida, balki undan tashqaridagi xizmatlar bo'lishi ham mumkin. Bu esa “Toncoin”ni Telegram foydalanuvchilari orasida ommalashtirishga yordam beradi.

Toncoin ekotizimi jadal kengayib bormoqda.

@givemetonru