Get Mystery Box with random crypto!

​TON hamjamiyatining hafta sarhisobi. Ekotizimning o'tgan haf | TON Community 🇺🇿

TON hamjamiyatining hafta sarhisobi.

Ekotizimning o'tgan haftadagi eng qiziqarli yangiliklarini to'pladik:

— TON tarmog‘ida ro‘yxatdan o‘tgan hamyonlar soni 17-apreldan 23-aprelgacha 420 956 tadan 443 708 taga (5,4%) oshdi.

— OKX kriptovalyuta birjasida TON tikerini o‘zgartirish bo‘yicha texnik ishlar hali yakunlanmadi.

— Toncoin “CoinEx” kriptovalyuta birjasida ro‘yxatga olindi.

— XP.NETWORK ko‘prigi TON blokcheyniga integratsiyalashgani haqida e’lon qildi.

— TON Foundation tomonidan tashkil qilingan yangi Toncoin zaxirasiga qilingan xayriyalarning umumiy miqdori 527 million Toncoindan oshdi.

— TON blokcheynini Ethereum 2.0 va Solana tarmoqlari bilan texnik taqqoslash imkoniyati e’lon qilindi.

— TON asosidagi Jettons standarti haqida maqola nashr qilindi.

— Rasmiy “TON Ducks” stikerlar toʻplamiga oʻnta yangi rasm qo’shildi.

Boshqa yangiliklar:

— Firibgarlik holatlari ko‘paymoqda. Hamjamiyat a'zolari, iltimos, ushbu postni ko'rib chiqing.

“The Open Network” ekotizimidagi yangiliklar haqida birinchilardan bo'lib xabardor bo'lish uchun bizni kuzatib boring.