Get Mystery Box with random crypto!

Tonkeeper dasturchilarni taklif qiladi. Tonkeeper jamoasi int | TON Community 🇺🇿

Tonkeeper dasturchilarni taklif qiladi.

Tonkeeper jamoasi internet xizmatlariga login va parollarsiz xavfsiz kirish imkoniyatini beruvchi ochiq standartli TON Connect dasturini ishga tushirdi.

TON Connect yordamida foydalanuvchilar Web 3.0 ning barcha afzalliklaridan foydalangan holda onlayn platformalarda avtorizatsiya jarayonini bir marta bajarish bilan yakunlashlari mumkin bo‘ladi.

TON Connect markazlashtirilgan xizmatlardan farqli o'laroq maxfiy ma'lumotlar va parollardan foydalanmaydi.

Barcha shaxsiy ma'lumotlar (masalan, bank karta raqami) kalit bilan shifrlangan va faqat mijozning qurilmasida mavjud bo’ladi. Hatto xizmat bazasi tarmoqqa chiqib ketsa ham, foydalanuvchi ma'lumotlari oshkor bo’lmaydi.

Tonkeeper dasturchilarni hamkorlikka va sizlarni ularning texnologiyasi yo’lga qo’yadigan imkoniyatlar bilan tanishishga taklif qiladi:
https://t.me/tonkeeper_ru/9

TON Connect SDK hujjatlari ushbu havolada mavjud:
https://github.com/tonkeeper/ton-connect.