Get Mystery Box with random crypto!

Telegram orqali bevosita Toncoin yuborish Telegramda Toncoinn | TON Community 🇺🇿

Telegram orqali bevosita Toncoin yuborish

Telegramda Toncoinni istalgan foydalanuvchiga komissiyasiz o‘tkazishning qulay usuli ishga tushdi. Endilikda @wallet bot shaxsiy muloqot oynasining qo’shimchalar menyusiga qo'shiladi va uzun hamyon manzillarini kiritish, o’tkazmalarni tasdiqlashni kutish shart bo’lmaydi.

Bu imkoniyatdan foydalanish uchun @wallet botni ishga tushiring va uni "Sozlamalar" bo'limidan yuqoridagi videoda ko'rsatilganidek, qo’shimchalar menyusiga qo'shing.

Toncoin yuborish uchun 2 oddiy harakatni bajarishingiz kerak:

1) Shaxsiy muloqot oynasini oching, "Biriktirish" ( ) va "Hamyon" tugmasini bosing.

2) Toncoinning kerakli miqdorini kiriting va o'tkazmani amalga oshiring.

Kriptovalyuta bir zumda qabul qiluvchi hamyonida bo'ladi.

Telegram foydalanuvchilari ushbu qulay usul yordamida Toncoinni bemalol ayirboshlash imkoniyatiga ega bo‘lishganidan xursandmiz.

Foydalanishdan oldin Telegram ilovasi so‘nggi versiyaga yangilanganligiga ishonch hosil qiling.