Get Mystery Box with random crypto!

​Hindiston aholisi mahalliy valyuta bilan Toncoin sotib olish | TON Community 🇺🇿

Hindiston aholisi mahalliy valyuta bilan Toncoin sotib olish imkoniyatiga ega bo'lishdi.

Hindiston kripto birjasi Unocoin TON/INR juftligida savdoni yo’lga qo’ydi va endi platforma foydalanuvchilari Toncoinni hind rupiyasiga sotib olishlari mumkin.

Unocoin — Hindistondagi eng yirik va eng qadimgi kriptovalyuta birjalaridan biridir. Shuningdek, 2013-yilda tashkil etilgan mamlakatdagi bir nechta qonuniy kriptovalyuta platformalaridan biri hisoblanadi.

Platforma NEFT, RTGS, IMPS va UPI kabi toʻlov usullarini qoʻllab-quvvatlaydi. Foydalanuvchilar soni 2,2 million kishini tashkil etadi. Oylik savdo aylanmasi esa 2 milliard hind rupiyasidan oshadi.

Birja kriptovalyutalarning qabul qilinishiga katta hissa qo'shdi: 2020 yilda Unocoin Hindiston Markaziy bankiga qarshi sudda g'alaba qozondi, natijada mamlakatda 2018 yildan beri amaldagi direktiva bekor qilindi.

Birja, Draper Associates, Tano Capital, XBTO Ventures, Digital Currency Group kabi yirik xalqaro fondlar tomonidan qo'llab-quvvatlanadi.

Kompaniya shuningdek, “The Fintech20: India List”, Hindistonning eng yaxshi 20 fintex kompaniyalari roʻyxatiga kiritilgan va boshqa qator nufuzli mukofotlarga ham ega.

TON loyihasi o‘z geografiyasini kengaytirib, yangi bozorlarga qanday kirib borayotganini ko‘rishdan xursandmiz va Toncoinning Unocoin birjasida ro‘yxatga olinishi Hindiston aholisining tanga haqidagi xabardorligini sezilarli darajada oshirishiga aminmiz.