Get Mystery Box with random crypto!

​TON hamjamiyatining hafta sarhisobi. Biz o'tgan haftada ro’y | TON Community 🇺🇿

TON hamjamiyatining hafta sarhisobi.

Biz o'tgan haftada ro’y bergan ekotizimning eng qiziqarli yangiliklarini to'pladik:

— TON tarmog‘ida ro‘yxatdan o‘tgan hamyonlar soni 15-maydan 21-maygacha 575 413 tadan 609 551 taga (+5,9%) oshdi.

— Toncoin MEXC va DigiFinex kripto birjalarida ro‘yxatga olingan.

— Toncoin Unocoin kripto birjasida ro‘yxatga olindi, buning natijasida Hindiston aholisi Toncoinni mahalliy valyutaga sotib olish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

— MEXC Global TON Foundation inkubatsiya boshlig'i Justin Xyun bilan AMA konferensiyasini o'tkazdi.

— Ton.org veb-saytida Careers bo'limi paydo bo'ldi, u yerda The Open Network loyihalaridagi bo'sh ish o'rinlari e'lon qilinadi.

Boshqa yangiliklar:

— TON loyihasi va MEXC kripto birjasi 10,000 Toncoin mukofot jamg‘armasiga ega qo‘shma aksiya o‘tkazmoqda.

— Shuningdek, TON mukofot jamg‘armasi 3,125 Toncoin bo‘lgan Digifinex kripto birjasi bilan aksiya o‘tkazmoqda.

— NFT sohasida firibgarlik holatlari tez-tez uchrab turadi. Iltimos, raqamli xavfsizlik qoidalarini yodda tuting.