Get Mystery Box with random crypto!

​TON asosidagi oʻyinlar. O'yinni ishlab chiqish sur’at yarati | TON Community 🇺🇿

TON asosidagi oʻyinlar.

O'yinni ishlab chiqish sur’at yaratishdan ko'ra ko'proq vaqt va resurslarni talab qiladi. Shu sababli, TON’dagi GameFi sektori hali NFT kolleksiya bozori kabi mashhurlikka erishmadi.

Shu bilan birga, TON asosidagi o'yinlar faol rivojlanmoqda va biz kelgusi oylarda The Open Network asosida ko'plab o'yinlarni kutib qolamiz.

Bugun sizlarni ularning ba'zilari bilan tanishtiramiz.

Grabscape

Bu ishlab chiqilayotgan “Play-to-Earn” karta oʻyini boʻlib, o’yin orqali Toncoin ishlab olish imkoniyatini beradi.

Mexanika quyidagicha: foydalanuvchilar "grabslar" tasviridagi NFT’larini sotib olishadi (bular antropomorfik kalamushlar) va ulardan Toncoinga almashtirish mumkin bo'lgan loyiha tokenlarini farming qilish uchun foydalanishadi.

Tokenlar farmingi uchun o'yinchilar turli xil harakatlarni bajarishlari kerak: masalan, boshqa o'yinchilar grabslariga layk bosish va janglarda qatnashish kabi.

Grabscape haqidagi yangiliklarni loyihaning rasmiy sayti va Telegram kanalida kuzatishingiz mumkin.

G-BOTS GAMES

Bu mobil jangovar qirollar o'yini bo'lib, unda o'yinchilar PvP arenalarida bir-biriga qarshi kurashadilar.

G-BOTS NFT egalari hamyonlari yordamida o‘yinga kirishlari va NFT robotlari bilan o‘ynashlari mumkin bo‘ladi.

Shunisi e'tiborga loyiqki, bu TON asosida ishlaydigan prototipli bir nechta mobil o'yinlardan biri hisoblanadi. Siz ushbu o’yinni hoziroq o'ynab ko’rishingiz va sinovlarda qatnashishingiz mumkin.

Sinov versiyasi smartfonlar uchun iOS (Testflight) va Android (APK file)da mavjud.

Loyiha yangiliklarini G-BOTS rasmiy kanalida kuzatib borishingiz mumkin.

Rich Cats

Bular dunyodagi birinchi tuslanishi mumkin bo'lgan NFTlar bo'lib, u faqat Telegram uchun chiqarilgan, “Русский TON” kanalining qiziqarli loyihasidir.

Ehtimol, Rich Cats NFT’larni an'anaviy ma'noda o'yin deb bo’lmaydi, lekin loyihada ko'ngilochar mexanika bor: Rich Cats NFT egalari ular uchun kiyim va aksessuarlar sotib olib, o'z qahramonlarining ko'rinishini o'zgartirishi mumkin.

Shunisi e'tiborga loyiqki, TON blokcheyn NFTEditable kengaytmasi tufayli bunday funksiyani amalga oshirish mumkin bo'lgan yagona tarmoqdir.

Keyinchalik, noyob NFT’lar avatar sifatida o'rnatilishi mumkin. Ular, shuningdek, “Русский TON” xizmatlariga, shu jumladan tonscan.org tadqiqotchisiga birlashtiriladi.

Rich Cats NFT haqidagi batafsil maqolani o'qishingiz va loyihaning rasmiy kanalida to'plam yangiliklarini kuzatishingiz mumkin.

Biz TON asosidagi o'yinlarning chiqarilishini intiqlik bilan kutamiz va barcha dasturchilarga muvaffaqiyat tilaymiz!