Get Mystery Box with random crypto!

​Tayvan aholisi mahalliy valyuta TWD (Yangi Tayvan dollari) bi | TON Community 🇺🇿

Tayvan aholisi mahalliy valyuta TWD (Yangi Tayvan dollari) bilan Toncoin sotib olishlari mumkin.

TON loyihasi o‘z geografiyasini kengaytirishda davom etmoqda: Toncoin Tayvandagi eng mashhur kripto-platforma, BitoPro, birjasiga joylashtirildi. U mamlakat kriptovalyuta bozorining 80%ni tashkil qiladi.

Shu bilan birga, TON Foundation va BitoPro kompaniyasiga tegishli O2 Meta metadunyosi bilan strategik hamkorlik qilish imkoniyati ko'rib chiqilmoqda.

Platforma rasmiy ravishda ro'yxatdan o'tgan va mahalliy qonunlarga bo'ysunadi. Platforma 800,000 foydalanuvchiga ega. Foydalanuvchilar Toncoin va boshqa kriptovalyutalarni fiat pulga sotib olishlari mumkin.

BitoPro FamilyMart tarmog‘ining hamkori bo‘lib, tarmoqning 3000 dan ortiq do‘konlarida kriptovalyutani naqd pulga sotib olish imkoni mavjud.

Birja, shuningdek, CoinGecko, Dow Jones, JOYSO, Mifengcha, BitUniverse va shu kabi kompaniyalar bilan hamkorlik qilgan va 2017 yilda BitoPro eng yaxshi to'lov yechimlarini taklif qiluvchi Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi TOP 10 ta kompaniyaga kirgan.

Toncoin Osiyo mintaqasidagi yetakchi kripto birjalaridan birida ro‘yxatga olinishidan mamnunmiz.