Get Mystery Box with random crypto!

​Tonstarter jamoasidan TON DNS kim oshdi savdosida avtomatik s | TON Community 🇺🇿

Tonstarter jamoasidan TON DNS kim oshdi savdosida avtomatik savdolar uchun bot.

Bugun biz Tonstarter DNS BOT xizmati haqida gaplashamiz, bu sizga domen savdosida ishtirok etishni avtomatlashtirish imkonini beradi: bot tanlangan nomlar narxini mustaqil ravishda oshirib boradi, natijada esa foydalanuvchi savdoni shaxsan kuzatishi shart bo’lmaydi.

Xizmat qanday ishlaydi:

Foydalanuvchi bot balansini to'ldirishi, kerak bo’lgan domenlarni ko'rsatishi va ularning narxi uchun chegara belgilashi kerak.

Sizning joriy taklifingiz eskirishi bilan bot avtomatik ravishda siz uchun yangi taklif kiritadi (agar u belgilangan maksimaldan yuqori bo'lmasa).

Agar boshqa birovning taklifi belgilagan miqdoringizdan oshsa, bot bildirishnoma yuboradi va interfeysdagi domenni ajratib ko‘rsatadi.

Bot @autodomains_bot faqat smartfonlarda Tonkeeper hamyoni bilan birgalikda ishlaydi.

Sinov versiyasi: @managerDnsbot

Botning ochiq kodi bu yerda:
https://github.com/Tonstarter/ton-domains-frontend/
https://github.com/Tonstarter/ton-domains-backend/

E'tibor bering: bu xizmatning beta-versiyasi bo'lib, unda xatolar kuzatilishi mumkin. Foydalanuvchilar barcha o’tkazmalarni o'zlarining ma’suliyatlari ostida amalga oshirishlari talab etiladi.