Get Mystery Box with random crypto!

​Toncoin’da toʻlovlarni qabul qilish imkonini beruvchi TEGRO.M | TON Community 🇺🇿

Toncoin’da toʻlovlarni qabul qilish imkonini beruvchi TEGRO.MONEY toʻlov tizimi bilan tanishtiramiz.

TON loyihasining maqsadlaridan biri Toncoin tangasini real hayotda amaliy ilovalar bilan ommaviy va ommabop ishlatish uchun qulay kriptovalyutaga aylantirishdir.

Biz har doim ushbu maqsadga erishishga yordam beradigan mahsulotlar haqida katta mamnuniyat bilan to’xtalamiz va bugun biz sizni Tegro TON jamoasining TEGRO.MONEY xizmati bilan tanishtiramiz.

TEGRO.MONEY – to‘lov agregatori bo‘lib, u sayt egalariga o‘z foydalanuvchilaridan turli yo‘llar bilan, jumladan Toncoin kriptovalyutasida to‘lovlarni qabul qilish imkonini beradi.

Xizmatni dasturlash ko‘nikmalarisiz istalgan saytga integratsiya qilish oson, uni Telegram botlariga ulash mumkin, TON blokcheyn kriptovalyutasidagi to‘lovlar uchun komissiya esa atigi 1% ni tashkil qiladi.

Tegro jamoasi tufayli 1200 dan ortiq saytlar allaqachon Toncoin bilan ishlamoqda, 66 000 dan ortiq kishi esa turli tovar va xizmatlar uchun toʻlovlarni amalga oshirish uchun kriptovalyutadan faol foydalanmoqda.

Xizmat dasturchilarga muvaffaqiyatlar tilaymiz va sayt egalariga TEGRO.MONEY tizimiga e'tibor berishlarini tavsiya qilib qolamiz.