Get Mystery Box with random crypto!

​TON Awards 2022. TON Foundation TON asosidagi notijorat mahs | TON Community 🇺🇿

TON Awards 2022.

TON Foundation TON asosidagi notijorat mahsulotlar uchun TON Awards 2022 tanlovini e'lon qildi va dasturchilarga murojaat qildi:

"Salom, dasturchilar!

2022-yilda TON dasturchilarining ajoyib hamjamiyati ko‘plab ochiq kodli loyihalarni ishga tushirdi: ishlab chiqish vositalari, ilovalar, xizmatlar va boshqalar.

To‘g‘risini aytsak, siz shunchalik samarali ishladingizki, bizda bozorga chiqarilgan barcha mahsulotlar bilan tanishishga ulgurmadik.

Biz barcha notijorat xizmatlarni birgalikda to'plashni va ulardan eng foydalisiga mukofot berishni xohlaymiz.

Ushbu tadbir bizning
grant dasturimizga qo'shimcha bo'lib, u boshqa turdagi loyihalarga qaratilgan.

Bizga arizalaringizni yuboring!"

TON Awards 2022 tanlovida ishtirok etish uchun loyihangiz:

2022 yilda TON uchun yaratilgan bo’lishi.
Allaqachon ishlagan bo’lishi.
Ochiq litsenziya bilan ochiq manba bo’lishi.
Notijorat bo’lishi: xayriya va grantlardan boshqa hech qanday monetizatsiyani nazarda tutmasligi kerak.

Siz TON Awards 2022 sahifasida ariza topshirishingiz mumkin:
https://github.com/ton-blockchain/ton-awards-2022