Get Mystery Box with random crypto!

​TON hamjamiyatining hafta sarhisobi. Biz o'tgan haftadagi en | TON Community 🇺🇿

TON hamjamiyatining hafta sarhisobi.

Biz o'tgan haftadagi eng qiziqarli ekotizim yangiliklarini to'pladik:

5-fevraldan 11-fevralgacha TON tarmog‘ida ro‘yxatdan o‘tgan manzillar soni 2 065 212 tadan 2 112 609 taga (+2,3%) oshdi.

VK NFT TON tarmog’ini qo'llab-quvvatlashni amalga oshirdi. Endi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari TON NFT’dan o'zlarining profil avatarlari sifatida foydalanishlari va ularni token rastasida ko'rsatishlari mumkin. VK.com bilan o'zaro aloqa TON Connect 2.0 standarti bilan ta'minlanadi.

BIT.com kripto birjasi vakili bilan AMA sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Tonstarter launchpadi Community Incentives sodiqlik dasturini ishga tushirdi. Unda foydalanuvchilar topshiriqlarni bajarib mukofot olishlari mumkin.

Tegro jamoasi ekotizim tarixida aqlli shartnoma asosida ishlaydigan birinchi DEX referal dasturini ishga tushirdi. Shuningdek, Tegro.Finance kripto birjasi CoinMarketCap ro'yxatiga kiritildi.

Hack-a-TON x DoraHacks butun dunyo boʻylab fevral oyi davomida o’tkaziladigan jonli tadbirlar jadvali eʼlon qilindi. Rivojlanish guruhlarini oflayn rejimda uchrashishga taklif qilamiz!

Hack-a-TON x DoraHacks jonli tadbirlariga roʻyxatdan oʻtish kelgusi dam olish kunlari ochiq: Tokio, Singapur, Dubay, Tel-Aviv.

TON Awards 2022, TON asosidagi notijorat loyihalar uchun tanlov, e'lon qilindi.

Fanzee loyihasi tokeni Gate.io va MEXC birjalariga joylashtirildi. Bular TON ekotizimidan tashqaridagi yirik markazlashtirilgan birjalarda TON asosidagi altkoinlarning birinchi listingi hisoblanadi.

Boshqa yangiliklar:

Tonstarter launchpadi TON ekotizimining xaritasini tayyorladi.

The Open Network ekotizimidagi yangiliklar haqida birinchilardan bo'lib xabardor bo'lish uchun bizni kuzatib boring.