Get Mystery Box with random crypto!

​TON hamjamiyatining hafta sarhisobi. Biz o'tgan haftadagi en | TON Community 🇺🇿

TON hamjamiyatining hafta sarhisobi.

Biz o'tgan haftadagi eng qiziqarli ekotizim yangiliklarini to'pladik:

20-martdan 26-martgacha TON tarmog‘ida ro‘yxatdan o‘tgan manzillar soni 2 355 877 tadan 2 394 495 taga (+1,6%) oshdi.

@wallet TRON tarmog'idagi (TRC20) USDT steyblkoinini qo'llab-quvvatladi. Endi siz USDT steyblkoinini to‘g‘ridan-to‘g‘ri @wallet hamyonida xarid qilishingiz, yuborishingiz, saqlashingiz, shuningdek, USDT’ni Toncoin’ga almashtirishingiz va to‘g‘ridan-to‘g‘ri Telegram’da qayta almashtirishingiz mumkin.

Bitfinex birjasida Toncoin: tanga CoinMarketCap reytingining TOP-10 dunyodagi eng yirik kriptobirjalaridan birida paydo bo'ladi.

TON Foundation mukofot jamg‘armasi 60 000 AQSh dollari bo‘lgan TON Wallet Challenge dasturini ishga tushiradi. iOS, Android va kompyuter dasturchilari tanlovda ishtirok etishga taklif qilinadi.

Tonstarter 1,5 million dollar mablag‘ to‘pladi va yangi Open Builders tashabbusini boshladi.

TON App katalogining global yangilanishi va qayta dizayni chiqarildi.

TON & Company YouTube kanali TON Play oʻyin platformasi asoschilari bilan intervyu o’tkazdi.

Shuningdek, TON & Company DWF Labs hamkori bilan ham intervyu o’tkazdi. Unda mehmon TON ekotizimining kelajagi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

The Open Network ekotizimidagi yangiliklar haqida birinchilardan bo'lib xabardor bo'lish uchun bizni kuzatib boring.