Get Mystery Box with random crypto!

​TrueUSD (TUSD) steyblkoini TON tarmog’ida. TUSD va The Open | TON Community 🇺🇿

TrueUSD (TUSD) steyblkoini TON tarmog’ida.

TUSD va The Open Network blokcheyn hamkor bo‘ldi va endi bizning ekotizim a’zolarimiz mashhur steyblkoinni to‘g‘ridan-to‘g‘ri TON tarmog‘ida saqlashi, uni boshqa foydalanuvchilarga yuborishi va hatto boshqa blokcheynlarga o‘tkazishi mumkin.

TUSD tangasini TON tarmog’iga yuborish uchun siz Orbit Bridge o‘zaro zanjirli ko‘prigidan foydalanishingiz kerak.

TrueUSD Ethereum, BNB, Polygon, Klaytn, ICON va XRP kabi boshqa koʻplab mashhur blokcheynlar bilan hamkorlik qilgan va endi siz steyblkoinlaringizni Orbit Bridge tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan blokcheynlar oʻrtasida bemalol o’tkazishingiz mumkin.

2 milliard dollardan ortiq ta'minot bilan TUSD bozordagi eng tez o'sayotgan steyblkoinlardan biridir.

Eslatib o'tamiz, o'tgan hafta ham @wallet hamyoni TRON (TRC20) tarmog'ida USDT steyblkoinini qo'llab-quvvatlagan edi.