Get Mystery Box with random crypto!

​Playmuse bozori leybl yaratdi, u orqali TON ekotizimidagi NFT | TON Community 🇺🇿

Playmuse bozori leybl yaratdi, u orqali TON ekotizimidagi NFT san'atkorlari o'z ishlarini Spotify, Apple Music, YouTube Music va Amazon Music platformalariga joylashtirishlari va Toncoin kriptovalyutasida royalti olishlari mumkin.

TON asosidagi musiqa va video NFT bozori bo’lgan Playmuse Believe fransuz distribyutori bilan hamkorlik qildi.

Endi Playmuse Records orqali chiqadigan san'atkorlar butun dunyo bo'ylab Spotify, Apple Music, YouTube Music, Amazon Music kabi 200 dan ortiq xizmatlardan foydalanishlari mumkin. Shu bilan birga san’atkorlar Toncoin kriptovalyutasida royalti olishlari ham mumkin bo'ladi.

Playmuse — TON ekotizimining faol rivojlanayotgan loyihasi. Ikkinchi chorak oxiriga kelib, marketpleys jamoasi katalogga 2000 dan ortiq san’atkorlarni, shu jumladan juda taniqli ijodkorlarni ham jalb qilmoqchi.

Masalan, kecha mashhur ikodkor Antoxa MS Playmuse saytida NFT savdosi boshlanganini e'lon qildi va o'zining ijtimoiy tarmoq sahifalarida TON blokcheynini eslatib o'tdi va TON DNS domenini sotib oldi.

Oldinroq Playmuse xip-xop muhitida kultga aylangan “Буду погибать молодым” klipi, shuningdek, “Чувак, это рэпчик” nomli mashhur mem uchun kim oshdi savdosini e’lon qilgan edi.

E'tibor bering: TON Foundation va TON Community loyihaga aloqador emas. Har qanday shartnomani imzolashdan oldin huquqshunos bilan maslahatlashishni maslahat beramiz.