Get Mystery Box with random crypto!

​28-mart kuni TON tarmog'ining yangilanishi e'lon qilindi. TO | TON Community 🇺🇿

28-mart kuni TON tarmog'ining yangilanishi e'lon qilindi.

TON Foundation har doim blokcheyn barqarorligi va foydalanuvchi xavfsizligini birinchi o'ringa qo'yadi. Natijada, o'tgan va joriy yil davomida tarmoqda biron bir nosozlik qayd etilmadi.

28-mart kuni validatorlar tarmoq konfiguratsiyasini tuzatib, yangilanishni qo‘llab-quvvatladi.

Nima o'zgardi:

DDos hujumlaridan yanada yaxshilangan himoya.
O'sib borayotgan yuklanish uchun tarmoqni yana bir optimallashtirish amalga oshirildi.

So‘nggi bir yil ichida TON tarmog‘idagi manzillar soni 14 barobarga oshdi, o'tkazmalarning umumiy soni esa 120 millionga yetdi.

Tez o'sishiga qaramay, blokcheyn kam tarmoq komissiyasiga ega bo'lib, tez va barqaror ishlaydi.

The Open Network arxitekturasi sizga ancha katta yuklarni – soniyada yuz minglab va millionlab o'tkazmalarni qayta ishlash imkonini beradi.

Masalan, yaqinda o'tkazilgan stress-testda ma'lum bo'lishicha, blokcheynda atigi 12 ta validator qolsa ham, tarmoq joriy yuklanishdan 100 baravar oshib ketadigan yuklanishga ham bardosh bera oladi.

Shunday qilib, TON keyingi o'sishga tayyor.