Get Mystery Box with random crypto!

TON Community 🇺🇿

Kanal manzili: @toncoin_uz
Toifalar: Cryptocurrencies
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 91.31K
Kanalning ta’rifi

The Open Network (TON) barchani kripto bilan tanishtiradi. TON Telegram messenjerida Web3 ekotizimini qurish orqali milliardlab odamlarga raqamli shaxsiyat, maʼlumotlar va aktivlarga egalik qilish imkoniyatini beradi.

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 50

2022-10-17 16:42:56
Loyiha ishlab chiqish uchun grantni qanday olish mumkin?

Esingizda bo'lsa, yaqinda TON grant dasturi bo'yicha AMA sessiyasi bo'lib o'tdi, unda ma'ruzachilar ekotizimning faol ishtirokchilari grant olish tartibi haqida batafsil ma'lumot berishdi, o'z tajribalari haqida va dasturning barcha tafsilotlarini yoritib berishdi.

Vaqt kodlari bilan konferensiyaning videosi ushbu havolada mavjud:
https://t.me/romanov_toncoin/2195

TON’dagi barcha mahsulotlar yaratuvchilariga videoni ko'rishni tavsiya qilamiz.
3.7K views13:42
Ochish/sharhlash
2022-10-12 15:30:01Yangi TON NFT standarti tasdiqlandi.

Biz mashaqqatli mehnat, ko'plab sinovlar va iteratsiyalardan so'ng Soulbound TON NFT standarti to'liq tayyor va TON Foundation tomonidan rasman tasdiqlanganligini e'lon qilishdan mamnunmiz.

Soulbound Token (SBT) tokenning maxsus turi bo‘lib, uni o‘tkazish yoki sotish mumkin emas, chunki u doimiy ravishda egasining hamyoniga biriktiriladi.

Uning yordami bilan siz NFT texnologiyasi g'oyasini yanada chuqurroq ochib berishga imkon beruvchi yangi noyob mexanikaga guvoh bo'lishingiz mumkin.

Masalan, Soulbound hamyon yutuqlarini namoyish qilish, hujjatlarni (haydovchilik guvohnomalari, diplomlar va boshqalar) berish, KYC jarayonini soddalashtirish uchun pasportlar yaratish, obunalarni sotish yoki, aytaylik, shaxsiy chegirma kuponlarini chiqarish uchun ishlatilishi mumkin.

Foydalanish qulayligi uchun tokenni qaytarish va yoqish funksiyalari qo'shiladi.

Biz Soulbound NFT'dan ilk foydalanish holatlari va yangi mexanikaning paydo bo'lishini intiqlik bilan kutmoqdamiz.

Eslatib o'tamiz, standartni ishlab chiqish Getgems bozor jamoasi tomonidan boshlangan bo'lib, u TON Punks to'plami bilan birgalikda maxsus grant ajratgan.

Getgems allaqachon SBT'ni qo''lab-quvvatlamoqda.
1.1K views12:30
Ochish/sharhlash
2022-10-11 13:48:41Loyiha ishlab chiqish uchun grantni qanday qo’lga kiritsh mumkin?


Bugun, 11-oktabr kuni soat 21:00 da TON Foundation ko‘magida ekotizimning faol ishtirokchilari bilan TON grant dasturiga bag‘ishlangan navbatdagi AMA sessiyasi bo‘lib o‘tadi.

Mahsulot yaratuvchilari quyidagi va boshqa savollarga javob oladilar:

Grantga qayerda va qanday murojaat qilish kerak?
Murojaat qilishda qanday taraflarga e'tibor berish kerak?
Loyiha qanday talablarga javob berishi kerak?
Mavjud mahsulot bilan grantga ariza topshirish mumkinmi?

Konferensiyani TON asosidagi loyihalarni yaratuvchi RedCompany asoschisi Sergey Romanov va TON NFT savdo platformalarini tahlil qilish uchun yechimlar ishlab chiquvchi NFT Marketplace Scanner jamoasi vakili olib boradi.

Ma’ruzachilar grant olish bo‘yicha o‘z tajribalari haqida gapirib, ko‘plab maslahatlar berishadi.

Efir bugun soat 21:00 da Sergey Romanovning blogida boshlanadi.

Biz mahsulot dasturchilarini suhbatga qo'shilishga taklif qilamiz. Ayni vaqtda ushbu post sharhlarida savollaringizni qoldirishingiz mumkin:
https://t.me/romanov_toncoin/2169

Yozib olingan konferensiya suhbatini hafta oxirigacha e'lon qilamiz.
1.5K views10:48
Ochish/sharhlash
2022-10-10 18:40:00TON hamjamiyating hafta sarhisobi.

Biz o'tgan haftadagi eng qiziqarli ekotizim yangiliklarini to'pladik:

2-oktabrdan 8-oktabrgacha TON tarmog‘ida ro‘yxatdan o‘tgan manzillar soni 1 317 980 tadan 1 335 273 taga (+1,3%) oshdi.

@wallet boti P2P bozorini ishga tushirdi, u yerda foydalanuvchilar bir-biri bilan bevosita kriptovalyuta savdosini amalga oshirishlari mumkin. Bozor veb-bot sifatida yaratilgan va qulay animatsion interfeysga ega.

Xaktoberfestni (ochiq kodli loyihalar festivali) qoʻllab-quvvatlash maqsadida TON ekotizimi Hack-TON-berfest deb nomlangan bir qator tadbirlarni yoʻlga qoʻymoqda, ularda dasturchilar TON asosidagi loyihalarni ishlab chiqishga hissa qoʻshishlari mumkin boʻladi.

Bilbet bukmekerlik kompaniyasi Toncoin kriptovalyutasini qo’llab-quvvatladi.

Yangi foydalanuvchilar va ilg'or kripto ixlosmandlari uchun TON ekotizimida mashhur bo'lgan atamalarni tushuntiruvchi qulay TON lug'ati taqdim etildi.

TON asosidagi searching.ton nomli birinchi qidiruv tizimi paydo bo'ldi.

Mashhur TON brauzer kengaytmalari tanlovi e’lon qilindi.

TON Society sentabr oyida Parijdagi Luvrda boʻlib oʻtgan koʻrgazmadan art-video e’lon qildi. Unda rassom Ellen Sheydlinning TON asosidagi Annihilation NFT toʻplami taqdim etildi.

TON Society oy boshida Pragada boʻlib oʻtgan Hack-a-TON x Prague oflayn xakatonidan fotoreportaj e’lon qildi.

TON yadrosi yangilandi.

The Open Network ekotizimidagi yangiliklar haqida birinchilardan bo'lib xabardor bo'lish uchun bizni kuzatib boring.
2.5K views15:40
Ochish/sharhlash
2022-10-09 17:00:04TON brauzer kengaytmalari.

TON ekotizimi rivojlanishda davom etmoqda va bir nechta hamyonlar allaqachon o'zlarining brauzer kengaytmalarini e’lon qilgan.

Ushbu kengaytmalar muhim imkoniyatga ega: ular foydalanuvchilarga asosiy TON xizmatlari (DEX va NFT bozorlari kabi) bilan o'zaro aloqada bo'lishlari, TON asosidagi kriptovalyutalarni boshqarishlari va hatto markazlashtirilmagan TON saytlarini bevosita brauzerda ko'rishlari mumkin.

Kengaytmalar blokcheyn bilan ishlashni sodda va qulay qiladi, bitta tugmaga bosish orqali xizmatlarga kirish va soniyalarda toʻlovlarni amalga oshirish imkonini beradi.

Bugun biz uchta eng mashhur TON kengaytmalari haqida gaplashmoqchimiz.

MyTonWallet.

TON saytlariga oldindan sozlashlarsiz toʻgʻridan-toʻgʻri brauzeringizda tashrif buyurish imkonini beruvchi ochiq manbali kastodial bo’lmagan hamyon.

MyTonWallet jamoasi ekotizimda birinchi bo'lib TON Proxy komponentini qo'llab-quvvatladi. Bu shuni anglatadiki, kengaytma sozlamalarida "TON Proxy" imkoniyatini yoqish orqali siz TON asosidagi istalgan web3 saytiga darhol tashrif buyurishingiz mumkin.

Hamyon zamonaviy interfeysga ega va barcha TON standartlarini qo‘llab-quvvatlaydi: tokenlar (jetonlar), NFT, TON DNS, TON Proxy va TON Magic.

Chrome uchun MyTonWallet kengaytmasini o'rnating.
Xizmatning rasmiy sayti:
https://mytonwallet.io/
Telegram kanali: @MyTonWalletRu

Uniton.

Bu Tegro jamoasi brauzeri uchun kastodial bo’lmagan Web3 kriptovalyuta hamyonidir.

Uniton TON asosidagi maxsus tokenlarni (jetonlarni) qoʻllab-quvvatlaydi, TON DNS qisqa nomlari yordamida pul oʻtkazmalarini amalga oshirish imkonini beradi, shuningdek, koʻp akkauntlarni ham qoʻllab-quvvatlaydi – qulay interfeys orqali bir nechta hamyonlar oʻrtasida almashish imkoniyati (hozirda imkoniyat faqat veb versiyada mavjud).

Yaqin kelajakda ishlab chiquvchilar NFT xaritasini ham qo'shadilar.

Chrome brauzeri uchun Uniton kengaytmasini ushbu havoladan yuklab olishingiz mumkin.
Hamyonning mobil va veb-versiyalari rasmiy veb-saytda mavjud: uniton.app.
Telegram loyihasi: @UnitonApp

TON Wallet.

TON Foundation’ning standart yechimi.

Kengaytmani o'rnatish orqali siz istalgan xizmatga va istalgan TON saytiga kirishga, shuningdek, Toncoin bilan asosiy amaliyotlarni bajarishga imkon beruvchi, foydalanish uchun qulay brauzerga asoslangan hamyonga ega bo'lasiz: kriptovalyutani saqlash, qabul qilish va jo'natish.

Kengaytma TON Magic imkoniyatini amalga oshiradi va TON proksi-serverlari birozdan so’ng qo'shiladi.
1.6K views14:00
Ochish/sharhlash
2022-10-09 11:00:04TON asosidagi birinchi qidiruv tizimi

TON Sites chiqarilganiga bir necha kun bo’ldi va unga asoslangan loyihalar paydo bo'la boshladi. Bugungi kunda kripto ixlosmandlarining e'tibori TON’ga asoslangan birinchi qidiruv tizimiga qaratiladi, uni searching.ton saytida topish mumkin. Interfeys nuqtai nazaridan, sayt taniqli Google yoki DuckDuckGo’ga o'xshaydi, ammo uning noyob tarafi shundaki, u The Open Network tarmog’idagi barcha Web3 saytlarini tahlil qiladi (hozirda toncenter.ton, just-for-test.ton va foundation.ton). Rivojlanishning dastlabki bosqichlarida loyiha uchun fikr-mulohazalar juda muhim; siz ushbu havola orqali o’z fikrlaringizni baham ko'rishingiz mumkin. Loyihani kuzatib borish va qo'shimcha ma'lumot olish uchun ularning kanaliga obuna bo'lishingizni maslahat beramiz.

Eslatib o‘tamiz, .ton saytlariga kirishdan oldin in1.ton.org:8080 manzilida proksi-server o‘rnatishingiz kerak. TON Foundation GitHub’da proksi-serverni qanday o‘rnatish haqida batafsil ma’lumot berib o’tgan. Agar biron bir muammoga duch kelsangiz, ushbu havolaga kiring.

The Daily TON Web3 ga o'tishini xohlaysizmi? Iltimos, fikringizni botimiz orqali baham ko'ring! Shuningdek, proksi-server sozlamalari yoki boshqa biror narsa bo'yicha bizga har qanday savol berishingiz mumkin. Biz doimo yordam berishdan doimo xursandmiz!

Manba: @thedailyton
1.4K views08:00
Ochish/sharhlash
2022-10-08 14:30:00
TON lug'ati.

Deep Ton kanali "TON lug'ati"ni taqdim etdi. TON ekotizimi va kriptovalyuta dunyosidagi umumiy atamalar ro'yxati.

Lug'at kriptovalyuta olamiga yangi qo'shilganlar uchun ham, ilg'or foydalanuvchilar uchun ham foydali bo'ladi.

Hujjat bu yerda:
https://telegra.ph/TON-lugati-10-08

Deep Ton hamjamiyatining mehnati uchun rahmat!
1.3K views11:30
Ochish/sharhlash
2022-10-07 11:30:01Bilbet garov o'yinlari kompaniyasi Toncoin kriptovalyutasini qo'llab-quvvatladi.

Hindiston va O‘zbekistondagi mashhur bukmeykerlik kompaniyasi bo'lgan Bilbet Toncoin kriptovalyutasi bilan omonat qo‘yish va pul mablag‘larini yechib olish imkoniyatini qo‘shdi.

Platforma barcha umumiy mahalliy toʻlov tizimlarini qoʻllab-quvvatlaydi: Hindiston bozorida PhonePe, UPI, Paytm, IMPS, shuningdek, Oʻzbekistonda Uzcard va Humo.

Bilbet kompaniyasi hind auditoriyasi orasida keng tarqalgan va ommaviy axborot vositalarida faol targ'ib qilinadi va eng mashhur hind bloggerlari hamda aktyorlari uning ambassadorlari hisoblanadi.

Ommaviy qabul qilinishni da'vo qiladigan har qanday kriptovalyutani yirik xizmatlarga integratsiya qilish juda muhim va Toncoin'ning Bilbet'da joriy etilishi TON loyihasining dunyoda hamda Hindiston va O‘zbekistonning yirik bozorlarida tan olinishini oshirish yo'lidagi yana bir qadamdir.
1.8K views08:30
Ochish/sharhlash
2022-10-06 11:00:04Sizga TON Society kanalini eslatib o'tamiz.

Sizni TON Foundation'ning @tonsociety rasmiy kanaliga taklif qilamiz.

Bu TON ekotizimining haqiqiy ishqibozlarini ya'ni, mahsulot va xizmatlar yaratuvchilarini, dasturchilarni, fikr yetakchilarini va The Open Network falsafasiga ishtiyoqli barcha iqtidorli odamlarni birlashtirgan hamjamiyat hisoblanadi.

Kanal noyob materiallar va qiziqarli ekotizim yangiliklarini, shu jumladan TON hamjamiyatining asosiy hamjamiyatlarida e'lon etilmagan sahna ortidagi yangiliklarni e'lon qiladi:

TON grantlari va investitsiya fondlari haqida soʻnggi maʼlumotlar.
Eksklyuziv yangiliklar va ekotizim insayderlari.
Sarmoyadorlar va dasturchilar uchun yangiliklar.
Bo'lajak xakatonlar, konferensiyalar, oflayn va onlayn uchrashuvlar haqida e'lonlar.
TON Society'ning ekotizim rivojlanishini muhokama qilish uchun mo'ljallangan o'z chati ham mavjud.
Twitter Spaces va mahalliy tadbirlar uchun eslatmalar.
Qiziqarli savollarga javob beradigan TON dunyosining asosiy fikr yetakchilari bilan muloqot.

Shuningdek, TON Society yaqin kelajakda ambassadorlar dasturini ishga tushiradi.

Agar siz ekotizimning faol ishtirokchisi bo'lsangiz, sizni @tonsociety hamjamiyatining bir qismi bo'lishga taklif qilamiz!
2.3K views08:00
Ochish/sharhlash
2022-10-05 11:00:05
P2P almashinuvi endi @wallet botda mavjud.

Bot jamoasi P2P bozorining ishga tushirilishini e'lon qildi. Endi foydalanuvchilar kriptovalyutani bir-birlarining o'rtalarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotishlari va sotib olishlari mumkin, xizmat esa o'tkazmaning kafolati vazifasini bajaradi.

Oltita fiat valyuta qo'llab-quvvatlanmoqda: RUB, USD, EUR, UAH, BYN va KZT, ularning har biri o'z to'lov usullariga ega. Siz ayni vaqtda sotish e'lonini yaratishingiz mumkin va kriptovalyutani sotib olish uchun siz boshqa foydalanuvchilar tomonidan yaratilgan e'lonlarndan birini tanlashingiz kerak.

Yangi imkoniyat bot interfeysida mavjud: har qanday chat orqali hamyonga kirish uchun biriktirma menyusiga @wallet botni qo'shishingiz kerak.

Dasturchilarning ta'kidlashicha, bizni yanada qiziqarli yangiliklar kutmoqda. Biz mahsulotning rivojlanishini kuzatishda davom etamiz va sizni xabardor qilib boramiz.
1.7K views08:00
Ochish/sharhlash