Get Mystery Box with random crypto!

TON Community 🇺🇿

Kanal manzili: @toncoin_uz
Toifalar: Cryptocurrencies
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 91.31K
Kanalning ta’rifi

The Open Network (TON) barchani kripto bilan tanishtiradi. TON Telegram messenjerida Web3 ekotizimini qurish orqali milliardlab odamlarga raqamli shaxsiyat, maʼlumotlar va aktivlarga egalik qilish imkoniyatini beradi.

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 52

2022-09-24 12:40:11Binance kompaniyasining sobiq top-menejeri TON Foundation a'zosi bo'ldi.

Bill Kuon, dunyodagi eng yirik Binance kripto birjasiga tegishli bo'lgan Binance Labs venchur fondining sobiq rahbari bo'lgan. U TON Foundation va ekotizimni rivojlantiradi hamda Osiyodagi Web2 va Web3 dasturchilarini jalb qiladi.

Bill kripto sanoatida uzoq yo'lni bosib o'tgan va ajoyib karyera qurgan: u JD.COM Osiyo fintex platformasining investitsion bo'limini boshqargan, Trustbridge Partners yetakchi investitsiya fondida ishlagan va hozirda Cypher Capital raisi lavozimini egallab turibdi. Shu bilan birgalikda Binance Labs investitsiya fondiga rahbarlik ham qilgani aytilgan.

Bill TON Foundation'dagi yangi lavozimini quyidagicha izohladi:

"Men TON ekotizimining bir qismi boʻlganimdan juda xursandman. Jamoa va men TONga eng yirik internet platformalaridan yuqori sifatli Osiyo Web2 dasturchilarini jalb qilishga intilamiz va besh milliard Web2 foydalanuvchisini Web3ga koʻchib oʻtishini taʼminlash uchun qattiq mehnat qilamiz".

Biz TON jamoasida sobiq Binance bosh direktorining mavjudligidan ilhomlanamiz va TON Foundation'ning yangi a'zosini tabriklaymiz.
2.3K views09:40
Ochish/sharhlash
2022-09-23 11:30:02
Toncoin dunyodagi eng yirik kriptovalyutalarning TOP-50 taligiga kirdi.

Toncoin tangasi 1,7 milliard dollardan ortiq bozor qiymati va kunlik savdo hajmi 20 million dollardan ortiq ko'rsatgichi bilan CoinMarketCap kapitallashuvi reytingida 32-o'rinni egallaganini e'lon qilishdan mamnunmiz.

Biz ushbu voqeadan xursandmiz va TON blokcheyn tangasi jahon reytingining TOP-50 tasida o‘z o‘rnini egallaganidan faxrlanamiz.

Shuningdek, TON Community blogi CoinMarketCap’da paydo bo‘lganligini eslatib o‘tmoqchimiz va siz ushbu havolaga o'tib, "Follow" tugmasini bosish orqali obuna bo‘lish bilan uning rivojlanishiga yordam berishingiz mumkin.
2.5K viewsedited  08:30
Ochish/sharhlash
2022-09-22 16:48:27Toncoinni qayerdan sotib olish mumkin?

Sizga Toncoin kriptovalyutasini sotib olishning asosiy usullarini eslatmoqchimiz.

Rublga:

@wallet boti orqali sotib olish, bugungi kunda Toncoin sotib olishning eng oson yo'li hisoblanadi. Ko'rsatmalar mavjud.

P2p xizmatlarida rublga:

@cryptobot xizmatidan p2p bozorida. Hamjamiyat a'zolari tomonidan tayyorlangan video darslik mavjud.
p2p agregator bestchange.ru saytida. Ko'rsatmalar mavjud.

Boshqa mashhur markazlashtirilgan platformalar:

MEXC kripto birjasi. TON/USDT juftligida.
Huobi Global kripto birjasi. TON/USDT juftligida.
FTX kripto birjasi. TONCOIN/USD juftligida. Doimiy fyucherslar ham mavjud.
OKX kripto birjasi. TON/USDT juftligi.
EXMO kripto birjasi. TON/USDT va TON/BTC juftliklari.
Bit.com kripto birjasi. Toncoin/USDT juftligi.
CoinEx kripto birjasi. TON-USDT va TON-BTC juftliklari.

Mercuryo — bank kartasi bilan Toncoin sotib olishning qulay usuli.
Neocrypto — Toncoinni bank kartasi bilan sotib olishning yana bir qulay usuli.

Markazlashtirilmagan platformalar:

Uniswap — dunyodagi eng katta DEX hisoblanadi.
PancakeSwap — bu BNB Chain’dagi eng katta DEX protokoli.
Biswap — eng yirik DEX platformalardan biridir.

Toncoin'ni kastodial bo'lmagan hamyonlarda saqlashni tavsiya etamiz.

Biz Toncoinni saqlash usullari haqida bu yerda yozganmiz va mashhur TON hamyonlari ro'yxatini ushbu havolada topishingiz mumkin.
3.5K views13:48
Ochish/sharhlash
2022-09-21 16:33:33Firibgarlar kuchayishmoqda.

Sizning e'tiboringizni so'nggi paytlarda foydalanuvchilarni aldash holatlari ko'payib borayotganiga qaratamiz.

Qoida tariqasida, firibgarlar ikkita asosiy sxemadan foydalanadilar:

1. Ular spam-o'tkazmalarni kichik miqdordagi (masalan, 0,000001 TON) qandaydir sovg'a yig‘ish yoki “rasmiy” Toncoin o‘yinida qatnashish taklifi bilan jo‘natadi.

Firibgarlar sizdan "sovg'alar"ni olish uchun ma'lum miqdorda Toncoin o'tkazishingizni yoki ton.org rasmiy saytining aynan soxta nusxasiga kirishingizni talab qiladi.

Iltimos, brauzeringizning manzil satriga e'tibor bering.

2. Shuningdek, firibgarlar Telegram yoki boshqa ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy xabarlarda foydalanuvchilarga turli “rasmiy” tanlovlar, lotereyalar, kim oshdi savdolari va hokazolar haqida bevosita ishtirok etishni taklif qilishadi.

Bu yerda firibgarlar, qoida tariqasida, TON ekotizimidagi turli saytlar va xizmatlarning (jumladan, hamyonlarning) soxta nusxalaridan foydalanadilar.

Shuni unutmangki, loyihaning faqat bitta rasmiy veb-sayti mavjud: ton.org va barcha mashhur TON hamyonlari ro'yxatini ushbu bo'limda topish mumkin:
www.ton.org/wallets

Shuningdek, bilimingizni yangilashni va raqamli xavfsizlik qoidalarini qayta o'qib chiqishni tavsiya qilamiz.
4.7K views13:33
Ochish/sharhlash
2022-09-20 11:00:06TON Test Challenge boshlandi!

Bir necha kun oldin 50 000 dollarlik mukofot jamg'armasiga ega (to'lovlar Toncoinda), dasturiy ta'minotni sinovdan o'tkazuvchilar uchun TON Test Challenge tanlovi boshlandi.

Ishtirokchilarning vazifasi Tonkeeper, Tonhub, Getgems, TonScan, Disintar, Juston, Tegro va shu kabi mashhur TON xizmatlaridagi xatolarni topishdan iborat.

E'tibor bering, TON Foundation professional testerlarga qiziqish bildiradi va tanlovning eng yaxshi ishtirokchilari TON jamoasining bir qismiga aylanishi mumkin.

Barcha QA muhandislarini ishtirok etishga taklif qilamiz!

Tafsilotlar bu yerda berilgan:
https://ton.org/ton-test-challenge

Shuningdek, TON Design Challenge dizaynerlari tanlovining muddati uzaytirilganini va 30-sentabrda yakunlanishini eslatib o‘tamiz. Barcha tafsilotlar ushbu postda mavjud.
5.1K views08:00
Ochish/sharhlash
2022-09-19 11:00:05TON hamjamiyatining hafta sarhisobi.

Biz o'tgan haftadagi eng qiziqarli ekotizim yangiliklarini to'pladik:

11-17-sentabr kunlari TON tarmog‘ida ro‘yxatdan o‘tgan manzillar soni 1 251 433 tadan 1 270 294 taga (+1,5%) oshdi.

CoinMarketCap portalida TON Community blogi paydo bo'ldi. Sizni obuna bo'lishga taklif qilamiz.

TON Test Challenge boshlandi — dasturiy taʼminotni sinovdan oʻtkazuvchilar uchun tanlov.

Konor MakGregor o‘zining Twitter’ida TON blokcheyniga sirli havola qilingan animatsion videoni joylashtirdi. Bugungi kunga qadar video 28 milliondan ortiq ko'rildi.

Toncoin bit.com kripto birjasida doimiy almashinuvlar ko'rinishida paydo bo'ldi.

Frilanserlari uchun to'lovlar xizmati bo'lgan MadeTask Toncoin kriptovalyutasini qo'llab-quvvatladi, buning natijasida frilanserlar TON tangasida to'lovlarni olish imkoniyatiga ega bo'lishadi.

30-sentabrdan 2-oktabrgacha Pragada boʻlib oʻtadigan dasturchilar uchun oflayn xakaton eʼlon qilindi.

Tonkeeper hamyoni ochiq kodli dasturlashga o'tdi va yangi xavfsizlik arxitekturasini rejalashtirishni e'lon qildi.

tonhold.com hamyonida testnet versiyasi mavjud.

The Open Network ekotizimidagi yangiliklar haqida birinchilardan bo'lib xabardor bo'lish uchun bizni kuzatib boring.
5.5K views08:00
Ochish/sharhlash
2022-09-18 17:30:00Tonkeeper TON DNS'ni qo'llab-quvvatlay boshladi va manba kodini ochdi.

Sentabr oyining birinchi yarmida Tonkeeper hamyon jamoasi ikkita muhim o'zgarish haqida xabar berdi.

Birinchidan, muhim yangilanish chiqdi va bu foydalanuvchining TON DNS domenlari bilan o'zaro aloqasini soddalashtirdi. Endi siz domenlaringizni istalgan tarmoq manzillariga to'g'ridan-to'g'ri mobil ilovada bog'lashingiz, (u o'zingizning hamyoningiz yoki boshqa manzillar bo'lishi ham mumkin), shuningdek, qulay manzillar kitobini yaratishingiz mumkin.

Ikkinchidan, Tonkeeper jamoasi ilovaning manba kodini ochdi va bundan buyon butun xizmatni ishlab chiqish jarayoni ochiq amalga oshiriladi. Bu shuni anglatadiki, har qanday foydalanuvchi GitHub hamyoniga kirishi, kodni tekshirishi (masalan, zaifliklarni aniqlash), savollar va takliflar berishi mumkin.

Bu xizmat dasturchilari alohida maqolada tasvirlagan eng mashhur TON hamyonini ishlab chiqishdagi muhim qadamdir:
https://telegra.ph/Ochiq-kodli-Tonkeeper-09-18
5.4K views14:30
Ochish/sharhlash
2022-09-17 17:00:0430-sentabrdan 2-oktabrgacha Pragada 37 000 AQSH dollari (Toncoinda) mukofot jamg‘armasiga ega bo‘lgan TON dasturchilari uchun oflayn xakaton bo‘lib o‘tadi.

Tadbirni blokcheyn ekotizimida mahsulotlar yaratgan va oʻzaro zanjirli koʻprikni rivojlantirish uchun grant olgan TON ishqibozlarining Tonana DeFi Hub jamoasi tomonidan tashkillashtiriladi.

Bu TON Foundation tomonidan qo'llab-quvvatlanadigan va TONga asoslangan bir qator loyihalar: Tonstarter, TON Play, GetGems, TWA Dev Community, Tonkeeper, Stickerface va TON Society ishtirokidagi mustaqil tadbirdir.

Taniqli jamoalar vakillari xakaton ishtirokchilariga ma’ruzalar o‘qiydilar, hakamlar hay’ati vazifasini bajaradilar, yangi kelganlarga Praga TON hamjamiyatiga qo‘shilishlariga va TON rivojlanishi olamiga tezda ko‘nikishlariga yordam beradilar.

Hack-a-TON x Prague uchun ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtishingiz mumkin:
https://hackatonx.tonana.org

Aʼzolar uchun chat bu yerda: https://t.me/hackaton2022

Agar siz ham tashkilotchilar jamoasi boʻlsangiz va TON Foundation’ning moliyaviy va ekspert koʻmagida dunyoning istalgan nuqtasida oʻz hamjamiyatingiz uchun xakaton oʻtkazmoqchi boʻlsangiz, ushbu havola orqali ariza toʻldirishingiz mumkin:
https://ton-org.typeform.com/hack-a-ton-x
5.9K views14:00
Ochish/sharhlash
2022-09-16 16:00:09Frilanserlar MadeTask xizmati yordamida bajarilgan ishlar uchun Toncoin kriptovalyutasida to'lovlar olishlari mumkin boʻladi.

Biz butun dunyo bo'ylab frilanserlar uchun to'lov xizmati bo'lgan MadeTask Toncoin kriptovalyutasini qo'llab-quvvatlaganini e'lon qilishdan mamnunmiz.

Endi masofadan turib ishlovchilar qonuniy doirada, o'z topgan pullarini TON tangada olishlari mumkin bo'ladi.

U qanday ishlaydi?

MadeTask — o'nlab mijozlar va minglab frilanserlar xavfsiz va shaffof hisob-kitoblarni amalga oshiradigan platforma.

Jarayon quyidagicha: tomonlar bajarilgan ish uchun to'lovni kelishib olishadi — masalan, har bir loyiha uchun 100 AQSh dollari.

Vazifa yopilgandan so'ng, ijrochining balansiga 100 AQSh dollari o'tkaziladi va u o'z daromadlarini qaysi valyutada: rublda, dollarda, yevroda yoki Toncoin'da olishni hal qilishi mumkin.

Shunday qilib, har qanday sababga ko'ra an'anaviy moliyadan foydalanishni istamaydigan frilanserlar kriptovalyutada anonim to'lovlarni olishlari mumkin bo'ladi.

Mijozlar, shuningdek, bank kartasi yoki oddiy elektron hamyonga pul mablag'larini qabul qilishda noqulay bo'lgan ijrochilar doirasini kengaytirishlari mumkin.

Toncoin ommalashishda davom etayotganini ko'rishdan xursandmiz.

Minglab frilanserlar MadeTask bilan dunyoning 90 mamlakatida ishlaydi va xizmatning hamkorlari VKontakte, Odnoklassniki, KazanExpress, Backit va boshqa kompaniyalardir.

Shubhasiz, Toncoin'ning MadeTask platformasiga integratsiyalashuvi TON blokcheynini ommaviy qabul qilish yo'lidagi sezilarli qadam bo'ladi.

Xizmatda tavsiyanoma dasturi mavjud bo'lib, uning doirasida tizimni (yoki mijozni) tavsiya qilish uchun to'lovlarni qabul qilishingiz mumkin. Dasturning tafsilotlarini ushbu havolada topishingiz mumkin.
6.2K views13:00
Ochish/sharhlash
2022-09-15 12:30:00
Toncoin Bit.com kripto birjasining doimiy almashinuvlarida paydo bo'ldi.

Kuni kecha soat 15:00 da (Toshkent vaqti bilan) bit.com birjasi Toncoin doimiy almashinuvlari bo'yicha savdoni yo'lga qo'ydi.

Shunday qilib, bit.com FTX birjasidan so'ng TON tarmog'idagi mahalliy Toncoin'lar uchun ushbu moliyaviy vositani qo'shgan ikkinchi platforma bo'ldi.

Eslatib o‘tamiz, foydalanuvchilar Gate.io kripto birjasida vrapped TONCOIN bilan ham doimiy almashinuvlarda savdo qilishlari mumkin.

Toncoin bilan savdo qilish imkoniyatlari kengayib borayotganidan mamnunmiz, biroq doimiy almashinuvlar ilg'or treyderlarning savdo vositasi ekanligini eslatib o'tamiz va yangi boshlovchilarga ehtiyot bo'lishni maslahat beramiz.
6.7K views09:30
Ochish/sharhlash