Get Mystery Box with random crypto!

TON Community 🇺🇿

Kanal manzili: @toncoin_uz
Toifalar: Cryptocurrencies
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 85.12K
Kanalning ta’rifi

The Open Network (TON) barchani kripto bilan tanishtiradi. TON Telegram messenjerida Web3 ekotizimini qurish orqali milliardlab odamlarga raqamli shaxsiyat, maʼlumotlar va aktivlarga egalik qilish imkoniyatini beradi.

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 61

2022-04-20 16:40:04“TON”da boshqa tarmoqlardagi “NFT” lardan foydalanishi mumkin bo'ladi.

Biz muhim voqeani e'lon qilishdan mamnunmiz: yaqin kelajakda TON blokcheyni “XP.NETWORK”, o'zaro zanjirli krosscheyn-ko'prigi, tomonidan qo’llab-quvvatlanadi. Bu sizga “NFT”ni boshqa mashhur tarmoqlardan TON tarmog'iga ko'chirish va buning teskarisini amalga oshirish imkonini beradi.

Integratsiya yangi imkoniyatlar eshigini ochadi: masalan, siz barcha “NFT”laringizni bitta tarmoq ichida saqlashingiz va ishlatishingiz, shuningdek, ularni qayerdan sotib olinganidan qat'i nazar, eng yirik NFT bozorlarida sotishingiz mumkin bo’ladi.

Shunday qilib, TON tarmog'i hozirda 41 milliard dollardan ortiq baholangan global NFT olamning to'liq a'zosiga aylanadi.

“XP.NETWORK” — o'zgaruvchan tokenlar bozori uchun qulay yechimlarni yaratuvchi jamoa.

Bugungi kunga kelib, ko'prik “Ethereum”, “Polygon”, “BSC Chain”, “Tron”, “Tezos”, “Elrond”, “Algorand” kabi o'ndan ortiq mashhur blokcheynlarni, bir nechta NFT platformalarini qo'llab-quvvatlaydi va ekotizim hamda loyihalarni birlashtirgan holda rivojlanadi.

“XP.NETWORK” bilan hamkorlik meta olam, “GameFi” va boshqa blokcheynlar olamiga eshik ochadi hamda TON NFT bozorining o'sishini ta'minlaydi.
8.0K views13:40
Ochish/sharhlash
2022-04-20 06:00:03“OKX” birjasida Toncoin belgisi o'zgaradi.

20-aprel soat 13:00 dan (Toshkent vaqti bilan) “OKX” kriptovalyuta birjasida Toncoin kriptovalyutasi bilan savdo tanga belgisi o‘zgarganligi sababli vaqtincha to‘xtatiladi.

Shuningdek, 21-aprel, 12:00 (Toshkent vaqti bilan)dan “Toncoin”ni depozit qilish va yechib olish mumkin bo‘lmaydi.

21 aprel kuni soat 21:00 da (Toshkent vaqti bilan) birja foydalanuvchilarning hamyonidagi barcha “Toncoin”larni, shu jumladan spot va marjinal hisoblarni qayta hisoblab chiqadi.

Foydalanuvchilarni chalg'itmaslik uchun birja “TONCOIN/USDT” juftligini doimiy almashinuvini delistdan chiqaradi va barcha to'lanmagan buyurtmalarni yopadi. Ochiq pozitsiyalar delisting paytidagi kurs bo'yicha qayta hisoblab chiqiladi.

Saytda texnik ishlar qancha vaqt davom etishi noma’lum. Texnik ishlar tugatilishi bilanoq biz sizni darhol xabardor qilamiz.

Tanga savdosi to'xtatilganligi sababli uning kursida sezilarli o'zgarishlar bo'lishi mumkin.

Biz foydalanuvchilardan barcha ochiq pozitsiyalarni oldindan yopishlarini va ro’y berishi mumkin bo'lgan yo'qotishlarni oldini olish uchun tangalarni spot hamyonga o'tkazishlarini so'raymiz.

Rejalashtirilgan ishlar haqida toʻliq maʼlumotni “OKX” veb-saytidan olishingiz mumkin:
https://www.okx.com/support/hc/en-us/articles/5560562681997
9.2K views03:00
Ochish/sharhlash
2022-04-19 10:30:02TON hamjamiyatining hafta sarhisobi.

Biz haftada davomida ro’y bergan eng qiziqarli ekotizim yangiliklarini to'pladik:

— TON tarmog‘ida ro‘yxatdan o‘tgan hamyonlar soni 10-apreldan 16-aprelgacha 400 522 tadan 419 121 taga (+4,6%) oshdi.

— Birinchi ekotizim fondi toncoin.fund ishga tushirildi va 250 million dollar sarmoya kiritildi.

— Uch davlat TON bilan rasmiy hamkorlik qilishini eʼlon qildi.

— ton.org rasmiy veb-saytiga yangi “Blockchain analysis” bo'limi qo’shildi.

— “TON Smart Challenge” tanlovi natijalari e’lon qilindi.

— TON @tonsociety uchun sarmoyalar, grantlar va loyiha inkubatsiyasi haqidagi rasmiy kanal ishga tushdi.

— TON ekotizimida boʻsh ish oʻrinlarini joylashtirish uchun @tonhunt rasmiy kanali ishga tushirildi.

Boshqa yangiliklar:

— “Tegro TON” loyihasi o‘z tadqiqotchisini ishga tushirdi.

“The Open Network” ekotizimidagi yangiliklardan birinchilardan bo'lib xabardor bo'lish uchun bizni kuzatib boring.
9.9K views07:30
Ochish/sharhlash
2022-04-18 16:00:09
“The Open Network”ning afzalliklari.

Ton.org rasmiy veb-saytida yangilanish: TON blokcheynini boshqa markazlashtirilmagan tarmoqlar bilan taqqoslovchi “Blockchain analysis” bo'limi paydo bo'ldi.

Yangi bo'lim ushbu havolada mavjud:
https://ton.org/analysis
10.5K views13:00
Ochish/sharhlash
2022-04-18 12:00:40
“TON Jobs” bilan tanishing.

Kuni kecha “TON Foundation” “TON Jobs” kanalini ishga tushirdi. Unda “The Open Network” bilan bog'liq bo’lgan loyihalardagi bo'sh ish o'rinlari va ish qidirish bo’yicha e'lonlarni joylashtirish mumkin.

TON ekotizimida rivojlanishni xohlovchi barcha dasturchilar va ishqibozlarni @tonhunt ga obuna bo’lishlarini tavsiya qilamiz.
10.8K views09:00
Ochish/sharhlash
2022-04-17 15:40:05“TON Smart Challenge” yakunlandi.

Esingizda bo‘lsa, 28-mart kuni blokcheyn dasturchilari uchun TON ekotizimida “TON Smart Challenge” tanlovi boshlangan edi.

Kuni kecha, 15-aprel kuni musobaqa o'z nihoyasiga yetdi va biz uning natijalarini e’lon qilamiz.

Musobaqada 180 dan ortiq mutaxassis ishtirok etdi. Ulardan 125 nafari 22 022 Toncoin (hozirgi kurs bo‘yicha taxminan 44 000 dollar) mukofotiga ega bo‘lishdi.

Eng yirik mukofotlar eng yaxshi uchta g'olibga topshirildi:

1-o‘rin: 4000 Toncoin (≈8000$)
2-oʻrin: 2000 Toncoin (≈4000$)
3-o‘rin: 1500 Toncoin (≈3000$)

Tanlov g‘oliblarini tabriklaymiz va barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildiramiz!

Shuningdek, texnik mutaxassislarni @toncontests kanalini kuzatishga taklif qilamiz.

Tez orada yangi “FunC” tanlovi e'lon qilinadi, uning g'oliblari “TON Foundation” a'zosi bo'lish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

“TON Smart Challenge” tanlovining batafsil natijalari va g‘oliblarning to‘liq ro‘yxati bilan tanlov sahifasida tanishishingiz mumkin:
https://ton.org/contest
11.8K views12:40
Ochish/sharhlash
2022-04-17 11:45:21TON haqida yozadigan kanallar.

Shubhasiz, Telegramdagi “TON Community UZ” kanali TON haqida o’zbek tilida yozadigan eng yirik kanaldir. Ammo “The Open Network” haqida gapiradigan yagona manba biz emasmiz.

O'nlab va yuzlab mustaqil mualliflar blokcheynga bag'ishlangan hamjamiyatlar yaratdilar va ularni rivojlantirmoqdalar.

Biz buni ko'rganimizdan xursandmiz va ishqibozlarning tashabbuslarini rag'batlantirishga tayyormiz, shuning uchun bugun biz sizni TON haqida yozadigan ba'zi kanallar bilan tanishtiramiz.

“Дайте TON” — loyiha haqidagi eng eski kanallardan biri, 2019 yildan beri mavjud.

“Русский TON” — tarmoq validatorining taniqli va e'tiborga loyiq loyihasi.

“Лёша, TON и HODL” — kriptovalyuta sarmoyadorlar jamoasi va “Toncoin”ning asosiy egasidir.

“Я люблю TON” — TON ekotizimiga oid asosiy kanal, muntazam ravishda ko'plab noyob kontentlar berib boradi.

“TON Independent” — kichik, ammo foydali blog bo'lib, unda muallif ekotizim yangiliklarini batafsil tahlil qiladi.

“Держу в TON” — tadbirkorlar jamoasi va TON asosida loyihalar yaratuvchi yirik Toncoin egasi.

Blokcheyn ekotizimi bizning kanalimiz bilan chegaralanib qolmagan.

“The Open Network” hayotida har kuni qiziqarli voqealar sodir bo'ladi — loyihaning barcha yangiliklaridan xabardor bo'lish uchun hamjamiyatimizga qo'shiling.
11.0K views08:45
Ochish/sharhlash
2022-04-16 10:30:01“Toncoin”dan qayerda foydalanish mumkin?

Biz “Toncoin”laringizdan foydalanishingiz mumkin bo'lgan barcha imkoniyatlarni ushbu postga jamladik.

E'tibor bering, “TON Foundation” va TON hamjamiyatining sanab o'tiladigan imkoniyatlarga hech qanday aloqasi yo’q. Biz taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini baholamaymiz, shu sababli har qanday qarorni o'z tahlilingiz asosida qabul qilishingiz kerak.

Toncoin steyking hovuzlarida ishtirok etish.

Ushbu postda steyking hovuzlari haqida batafsil ma’lumot berilgan.

Qisqa qilib aytganda, bu kriptovalyutalardan foydalanishning bir usuli bo'lib, unda siz tangalaringizni tarmoq validatoriga taqdim etasiz va ular siz bilan validatsiya daromadini bo'lishadi.

Bugungi kunda TON ekotizimida aqlli shartnoma asosida ishlaydigan faqat bir dona steyking hovuzi mavjud:

— “TonWhales” jamoasi tomonidan steyking hovuzi

Shuningdek, tarmoqda markazlashtirilgan steyking hovuzlarini ham uchratishingiz mumkin, ammo ular markazlashtirilmagan hovuzlarga qaraganda xavfsiz emas.

Asossiz yuqori daromadlarni va'da qiladigan loyihalardan ehtiyot bo'ling. Tarmoq validatorlarining daromadi yiliga taxminan 13%ni tashkil qiladi. Agar steyking tashkilotchisi bundan ko'proq taklif qilsa, unda bunday rentabellik qanday ta'minlanganligini bilib olishingiz foydadan holi bo’lmaydi.

Toncoin farming.

Farming - bu tangadan foydalanish usullaridan biri bo'lib, unda likvidlik hovuzlari ishtirokchilari qo'shimcha daromad oladilar.

Hozirda siz quyidagi platformalarda Toncoin farming bilan shug’ullanishingiz mumkin:

— Biswap.org TONCOIN-USDT juftligida
— YoBit.net TONCOIN-BTC juftligida
— Nomiswap.io TONCOIN-USDC juftligida

“Biswap.org” birjasida Toncoin farmingi bo'yicha berilgan ko'rsatmalar bilan tanishib chiqing. Bu universal ko’rsatma hisoblanib boshqa saytlardagi farming tizimi bundan aslo farq qilmaydi.

Doimiy almashinuvlar.

“Toncoin”dan foydalanishning bu usuli ilg'or foydalanuvchilar uchun mos keladi va biz buni yangi boshlaganlar uchun tavsiya etmaymiz.

Siz “Toncoin”ni “OKX”, “FTX” va “Gate.io” birjalarida doimiy almashinuv usuli orqali sotishingiz mumkin.

“OKX” birjasidagi doimiy almashinuvlar bo'yicha matnli qo'llanma va video darslik mavjud.

Kriptovalyutalar bilan qilinadigan har qanday amaliyot xavf bilan yonma-yon bo’lishini unutmang.
12.7K views07:30
Ochish/sharhlash
2022-04-15 17:00:09Telegramdagi veb-botlar “The Open Network” uchun nimani anglatadi

Telegram veb-botlarni sinovdan o'tkaza boshladi.

Demo-botlarning funksiyalarini “Android” uchun beta-versiyasida ko'rish mumkin:

@DurgerKingBot — biriktirilgan URL tugmasi orqali to'lov bilan oziq-ovqat yetkazib berish (@CryptoBot xizmatida Toncoin chek va fakturalarda shunga o’xshash URL tugmalarini ko'rgan bo'lishingiz kerak).
@asmico_attach_bot — veb-bot (joylashuv, joriy vaqt, mikrofon va kameradan olingan ma'lumotlar) bilan fayllar va turli xil ma'lumotlarni almashish imkoniyatini taqdim etadi.

“TON”ning bunga nima aloqasi bor?

Katta ehtimol bilan, “Toncoin”da to'lov qilish imkoniyati botlarda paydo bo'ladi. Shu bilan birga, TON uchun xizmat yaratuvchi dasturchilar veb-interfeys imkoniyatlaridan foydalangan holda deyarli cheksiz funksionallikka ega botlarni yaratishi mumkin bo‘ladi.

Bular nafaqat TON ekotizimida, balki undan tashqaridagi xizmatlar bo'lishi ham mumkin. Bu esa “Toncoin”ni Telegram foydalanuvchilari orasida ommalashtirishga yordam beradi.

Toncoin ekotizimi jadal kengayib bormoqda.

@givemetonru
13.2K views14:00
Ochish/sharhlash
2022-04-15 10:45:00Kamerun, Kongo Demokratik Respublikasi (KDR) va Kongo Respublikasi TON blokcheyni bilan hamkorlik qilishlarini e'lon qilishdi, deb yozadi “Forbes”.

Mamlakatlar blokcheynni ommaviy qabul qilish kampaniyalarini boshlash niyatida va ushbu jarayonda “The Open Network” yetakchilik qilmoqda.

Ma’lumki, sayyoramizning yuz millionlab odamlari jahon moliya tizimiga kirish imkoniyatidan mahrum. Bunga yaqqol misol sifatida KDR keltirish mumkin. 40 milliondan ortiq aholiga ega mamlakat 2019-yilda internetga ulanish imkoniga ega bo‘lgan. Biroq ulardan bor-yog’i 12,4 millionining bank hisob raqami bor xolos.

Bu markazlashmagan texnologiyalardan foydalanishning ajoyib salohiyatini ko'rsatadi va umid qilamizki, TON blokcheyni yordamida butun dunyo bo'ylab juda ko'p odamlar iqtisodiyot va moliyaviy xizmatlardan foydalanishlari mumkin bo’ladi.

“TON Foundation” jamoasi uch mamlakatga yangi turdagi iqtisodiyotni qurishda rasman yordam beradi. Bu jarayonda kriptovalyutalar qurilayotgan tizimning markaziy elementiga aylanadi.

Xususan, KDRning raqamli iqtisodiyot vaziri aytganidek, mamlakat TON asosida milliy steyblkoin yaratish imkoniyatlarini ko'rib chiqmoqda.

Mamlakatlar vakillarining rasmiy izohlari va bo‘lajak hamkorlikning boshqa tafsilotlari bilan ushbu havolada berilgan “Forbes”ning yirik maqolasida tanishishingiz mumkin.

TON millionlab odamlarning hayotini yaxshi tomonga o‘zgartiruvchi global mahsulotga aylanayotganini ko‘rishdan mamnunmiz.
14.4K views07:45
Ochish/sharhlash