Get Mystery Box with random crypto!

TON Community 🇺🇿

Kanal manzili: @toncoin_uz
Toifalar: Cryptocurrencies
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 82.16K
Kanalning ta’rifi

The Open Network (TON) barchani kripto bilan tanishtiradi. TON Telegram messenjerida Web3 ekotizimini qurish orqali milliardlab odamlarga raqamli shaxsiyat, maʼlumotlar va aktivlarga egalik qilish imkoniyatini beradi.

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 26

2023-05-31 13:30:01TON hamjamiyatining hafta sarhisobi.

Biz o'tgan haftadagi eng qiziqarli ekotizim yangiliklarini to'pladik:

22-28-may kunlari TON tarmog‘ida ro‘yxatdan o‘tgan manzillar soni 2 664 884 tadan 2 693 361 taga (+1%) oshdi.

TON texnik rahbari Anatoliy Makosov bilan intervyu o’tkazildi.

MEXC kriptobirjasi Toncoin bilan amaliyotlar uchun barcha komissiyalarni bekor qildi.

Tangem kriptovalyuta hamyoni TON tarmog’i va Toncoin kriptovalyutasini qo‘llab-quvvatlaydi.

TON Foundation TON Ambassador dasturini ishga tushirdi va kripto ixlosmandlari va Web3 mutaxassislarini TON bilan hamkorlikka taklif qiladi.

Birinchi o‘rin uchun 150 000 dollar mukofot bilan yangi Hack-a-TON x DWF Labs x AWS xakatoni boshlandi.

TON Wiki Challenge davom etmoqda. Sizni barcha tillarda TON haqida Vikipediya maqolalarini yaratishga hissa qoʻshishga taklif qilamiz!

Janubiy Koreyaning Finger Labs blokcheyn laboratoriyasi TON loyihasi bilan strategik hamkorlikni e’lon qildi.

The Open Network ekotizimidagi yangiliklar haqida birinchilardan bo'lib xabardor bo'lish uchun bizni kuzatib boring.
18.7K views10:30
Ochish/sharhlash
2023-05-30 16:30:01Finger Labs kompaniyasi TON loyihasi bilan strategik hamkorlikni e'lon qildi.

Blokcheyn sanoati uchun texnologik yechimlarni ishlab chiqadigan Janubiy Koreyaning Finger Labs blokcheyn laboratoriyasi TON ekotizimiga qo‘shiladi.

Finger Labs NFT loyihalarini haqiqiy ilovalar bilan bog'lashni maqsad qilgan Favor Alliance NFT tashabbusining bir qismi sifatida TON bilan ishlaydi. TON bilan hamkorlik turli sohalarni, jumladan, marketing va texnologiya almashinuvini qamrab oladi.

Favor Alliance allaqachon Janubiy Koreyadagi yirik NFT loyihalari bilan muvaffaqiyatli ishlash tajribasiga ega. Finger Labs kompaniyasining TON bilan hamkorligi TON NFT bozorini rivojlantirish uchun katta istiqbollarni ochadi.

Favor Alliance hozirda FAVORLET NFT NFT hamyonini, Sunmiya Club meta olami va Xclusive NFT bozorini o'z ichiga olgan bir qator yechimlarni taklif qiladi.

Bundan tashqari, Finger Labs Smile Miya Club va Anipang Supporter Club kabi NFT loyihalarini ishga tushirish va boshqarishda faol ishtirok etadi.
19.5K views13:30
Ochish/sharhlash
2023-05-29 12:02:42
TON Wiki Challenge haqida eslatib o'tamiz!

Bu TON rivojlanishiga hissa qo'shishni va barcha tillarda TON Vikipediya sahifalarini yaratishga yordam berishni istagan foydalanuvchilar uchun tanlovdir.

Tanlovning mukofot jamg‘armasi kamida 5 000 AQSH dollarini (Toncoin'da) tashkil etadi va eng yaxshi ishtirokchilar TON Foundation jamoasida ishlash imkoniyatini qo‘lga kiritadilar.

Ishtirok etish uchun @toncontests_bot orqali ro'yxatdan o'tishingiz kerak. Maqolalar 4-iyun soat 21:00 (UTC+4) ga qadar qabul qilinadi.

TON Wiki Challenge haqida batafsil ma’lumotni bu yerda topishingiz mumkin.
24.6K views09:02
Ochish/sharhlash
2023-05-28 15:00:21Birinchi o'rin uchun $150 000 mukofoti bilan yangi Hack-a-TON x DWF Labs x AWS xakatoni boshlanganini e'lon qilamiz

TON blokcheyni DWF Labs va Amazon Web Services (AWS) bilan birgalikda DeFi va ma’lumotlar tahliliga bag‘ishlangan xakatonni ishga tushirmoqda.

Tanlov ishtirokchilari Web3 dasturchilarining faol hamjamiyatiga qo‘shiladilar, yetakchi soha mutaxassislarining virtual seminarlarida qatnashishlari va o‘z g‘oyalarini taqdim etishlari mumkin bo‘ladi.

Sovrin jamg'armasi quyidagicha taqsimlanadi:

1-o‘rin: $150 000
2-o‘rin: $110 000
3-o‘rin: $70 000

Qolgan 17 final qatnashchilarining har biri $5000 oladi va ishni yakunlagan barcha ishtirokchilar noyob NFTlar bilan taqdirlanadilar.

Sovrinlar Toncoin va AWS kreditlarida to'lanadi. Sovrin jamg'armasini taqsimlash haqida ko'proq ma'lumotni bu yerda olishingiz mumkin.

Ro'yxatdan o'tish allaqachon boshlangan!

2023-yilning 27-iyuliga qadar ariza topshirishingiz mumkin, ammo buni imkon qadar tezroq qilishingizni tavsiya qilamiz.

11-avgust kuni hakamlar 20 nafar finalchi ro‘yxatini taqdim etadi, shundan so‘ng jamoalar loyihani namoyish qilish uchun tayyorlash uchun bir oy vaqt oladilar. Namoyish Singapurda oflayn formatda TOKEN2049 arafasida bo‘lib o‘tadi. Bu asosiy yillik kripto tadbiri bo‘lib, unda eng yirik Web3 mahsulotlarining asoschilari yig‘iladi.

Xakaton haqida toʻliq maʼlumotni TON blogi va tadbirning rasmiy sahifasida olishingiz mumkin.

Jamoalarni roʻyxatdan oʻtkazish @toncontests_bot Telegram boti orqali amalga oshiriladi.

Ushbu chatda xakaton yangiliklarini kuzatishingiz mumkin.

Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!
30.7K views12:00
Ochish/sharhlash
2023-05-27 15:00:05
TON Ambassador Program.

TON Foundation uzoq kutilgan TON Ambassador Program dasturini ishga tushirdi va kripto ixlosmandlari va Web3 mutaxassislarini TON ambassadori bo'lishga taklif qilmoqda.

Dastur ishtirokchilari yangi ishlanmalardan erta foydalanish va ularning ta'sischilari bilan aloqa qilish, eksklyuziv uchrashuvlar, hamkorlik va maslahatlashuvlariga to'g'ridan-to'g'ri qatnashish, TON doirasida potensial amaliyot va o'sish, yuqori sifatli murabbiylar va TON ambassadori unvoniga ega bo'ladilar.

Tashabbusning maqsadi — The Open Network hamjamiyatini rivojlantirish va kripto ixlosmandlariga professional bo'lish va Web3 sanoatida obroga ega bo’lish imkonini berishdir.

Siz ushbu ariza shaklidan foydalanib, TON Ambassador dasturida ishtirok etish uchun ariza topshirishingiz mumkin.

Tashabbus haqida batafsil ma'lumotni rasmiy TON veb-saytida topishingiz mumkin.
30.3K views12:00
Ochish/sharhlash
2023-05-27 11:00:05
TON texnik rahbari Anatoliy Makosov bilan suhbat.

2020-yilda Telegram dasturlash tanlovlarining koʻp karra gʻolibi Anatoliy Makosov va Kirill Emelyanenko (TON Foundation aʼzosi) TONni qayta tiklash loyihasini boshladilar.

O'zining birinchi intervyusida Anatoliy o'zining kelib chiqishi, TON asosiy jamoasidagi o’rni, blokcheyn istiqbollari va boshqalar haqida gapirib bergan edi.

Intervyuni barcha TON ishqibozlariga tavsiya qilamiz. Intervyu rus tilida ushbu havolada mavjud.
27.2K views08:00
Ochish/sharhlash
2023-05-26 10:30:17
Tangem Toncoin tangasini qo'llab-quvvatladi.

Tangem kriptovalyuta hamyoni TON asosiy tarmog’i va Toncoin kriptovalyutasini qo‘llab-quvvatladi, shuningdek, TON10 promo-kodi yordamida qurilma sotib olishga 10% chegirma taqdim etdi.

Endi siz tangalaringizning maksimal xavfsizligini ta'minlab, Toncoin’laringizni yana bitta sovuq hamyonda saqlashingiz mumkin.

Tangem Wallet 6000 dan ortiq kriptovalyuta va 30 blokcheynni qo'llab-quvvatlaydi. Hamyon ilovasi App Store va Google Play’da eng yuqori foydalanuvchilar reytingiga ega va kompaniya barcha qurilmalariga 25+ yillik almashtirish kafolatini taqdim etadi.
28.0K views07:30
Ochish/sharhlash
2023-05-25 13:30:00
MEXC Global birjasida Toncoin bilan savdo qilishda nol komissiya.

MEXC kripto birjasi Toncoin bilan amaliyotlar uchun barcha komissiyalarni bekor qildi.

Eslatib o'tamiz, sayt TON/USDT juftligida savdo qilishni taklif qiladi va mobil ilova orqali birjadan foydalanish yanada qulay.
27.5K views10:30
Ochish/sharhlash
2023-05-24 13:00:07TON hamjamiyatining hafta sarhisobi.

Biz o'tgan haftadagi eng qiziqarli ekotizim yangiliklarini to'pladik:

15-maydan 21-maygacha TON tarmog‘ida ro‘yxatdan o‘tgan manzillar soni 2 633 200 tadan 2 660 844 taga (+1%) oshdi.

TON Accelerator Program dasturi doirasida 2023-yilda TON asosidagi istiqbolli loyihalarga 25 million dollargacha mablag‘ ajratiladi.

Yangi TON Wiki Challenge e'lon qilindi, unda siz turli tillarda TON Vikipediya sahifalarini ishlab chiqishda ishtirok etishingiz mumkin.

DWF Labs va AWS Startups bilan birgalikda 150 000 Toncoin mukofot jamg'armasiga ega keng ko'lamli Hack-a-TON e'lon qilindi. Ro‘yxatga olish tez orada ochiladi.

TON Foundation 2023-yilning ikkinchi choragida grant oluvchilarni tasdiqladi.

Yaqinda TON tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlagan, kriptovalyuta portfeli kuzatuvchisi Mooli TON Whales kompaniyasining steyking hovuziga qo‘yilgan tangalarni kuzatish imkoniyatini qo‘shdi.

400 000 dan ortiq obunachiga ega kriptovalyuta haqidagi AltcoinBuzz YouTube kanali TON blokcheyn va Toncoin kriptovalyutasi haqida video taqdim etdi.

TON & Company kanalida Tonstarter launchpadining asoschisi va texnik direktori Sergey Chikirev bilan intervyu e'lon qilindi.

The Open Network ekotizimidagi yangiliklar haqida birinchilardan bo'lib xabardor bo'lish uchun bizni kuzatib boring.
25.7K views10:00
Ochish/sharhlash
2023-05-21 19:45:00
DeDust.io yaratuvchisi bilan AMA konferensiyasi va Playstation 5 va SafePal hamyonlar lotereyasi.

22-may, dushanba kuni soat 21:00 da (Toshkent vaqti bilan) The Daily TON RUS kanali TON Foundation xakatonining ikki karra g‘olibi, FunC dasturchisi va DEX DeDust.io asoschisi Nik bilan suhbat o‘tkazadi.

Suhbat shu va boshqa mavzularni qamrab oladi:

DeDust.io aqlli shartnomalalari nimasi bilan inqilobiy hisoblanadi?
Xakatonlar, grantlar, TON Foundation yordami va ekotizimdagi raqobat.
TON ekotizimi istiqbollarining muhokamasi.

Playstation 5 va ikkita SafePal hamyoniga ega bo’lish uchun @the_daily_bot botida ro‘yxatdan o‘tishingiz va shartlarni bajarishingiz kerak.

Suhbat rus tilida bo’lib o’tadi.
5.2K views16:45
Ochish/sharhlash