Get Mystery Box with random crypto!

TON Community 🇺🇿

Kanal manzili: @toncoin_uz
Toifalar: Cryptocurrencies
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 82.16K
Kanalning ta’rifi

The Open Network (TON) barchani kripto bilan tanishtiradi. TON Telegram messenjerida Web3 ekotizimini qurish orqali milliardlab odamlarga raqamli shaxsiyat, maʼlumotlar va aktivlarga egalik qilish imkoniyatini beradi.

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 63

2022-04-17 11:45:21TON haqida yozadigan kanallar.

Shubhasiz, Telegramdagi “TON Community UZ” kanali TON haqida o’zbek tilida yozadigan eng yirik kanaldir. Ammo “The Open Network” haqida gapiradigan yagona manba biz emasmiz.

O'nlab va yuzlab mustaqil mualliflar blokcheynga bag'ishlangan hamjamiyatlar yaratdilar va ularni rivojlantirmoqdalar.

Biz buni ko'rganimizdan xursandmiz va ishqibozlarning tashabbuslarini rag'batlantirishga tayyormiz, shuning uchun bugun biz sizni TON haqida yozadigan ba'zi kanallar bilan tanishtiramiz.

“Дайте TON” — loyiha haqidagi eng eski kanallardan biri, 2019 yildan beri mavjud.

“Русский TON” — tarmoq validatorining taniqli va e'tiborga loyiq loyihasi.

“Лёша, TON и HODL” — kriptovalyuta sarmoyadorlar jamoasi va “Toncoin”ning asosiy egasidir.

“Я люблю TON” — TON ekotizimiga oid asosiy kanal, muntazam ravishda ko'plab noyob kontentlar berib boradi.

“TON Independent” — kichik, ammo foydali blog bo'lib, unda muallif ekotizim yangiliklarini batafsil tahlil qiladi.

“Держу в TON” — tadbirkorlar jamoasi va TON asosida loyihalar yaratuvchi yirik Toncoin egasi.

Blokcheyn ekotizimi bizning kanalimiz bilan chegaralanib qolmagan.

“The Open Network” hayotida har kuni qiziqarli voqealar sodir bo'ladi — loyihaning barcha yangiliklaridan xabardor bo'lish uchun hamjamiyatimizga qo'shiling.
11.0K views08:45
Ochish/sharhlash
2022-04-16 10:30:01“Toncoin”dan qayerda foydalanish mumkin?

Biz “Toncoin”laringizdan foydalanishingiz mumkin bo'lgan barcha imkoniyatlarni ushbu postga jamladik.

E'tibor bering, “TON Foundation” va TON hamjamiyatining sanab o'tiladigan imkoniyatlarga hech qanday aloqasi yo’q. Biz taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini baholamaymiz, shu sababli har qanday qarorni o'z tahlilingiz asosida qabul qilishingiz kerak.

Toncoin steyking hovuzlarida ishtirok etish.

Ushbu postda steyking hovuzlari haqida batafsil ma’lumot berilgan.

Qisqa qilib aytganda, bu kriptovalyutalardan foydalanishning bir usuli bo'lib, unda siz tangalaringizni tarmoq validatoriga taqdim etasiz va ular siz bilan validatsiya daromadini bo'lishadi.

Bugungi kunda TON ekotizimida aqlli shartnoma asosida ishlaydigan faqat bir dona steyking hovuzi mavjud:

— “TonWhales” jamoasi tomonidan steyking hovuzi

Shuningdek, tarmoqda markazlashtirilgan steyking hovuzlarini ham uchratishingiz mumkin, ammo ular markazlashtirilmagan hovuzlarga qaraganda xavfsiz emas.

Asossiz yuqori daromadlarni va'da qiladigan loyihalardan ehtiyot bo'ling. Tarmoq validatorlarining daromadi yiliga taxminan 13%ni tashkil qiladi. Agar steyking tashkilotchisi bundan ko'proq taklif qilsa, unda bunday rentabellik qanday ta'minlanganligini bilib olishingiz foydadan holi bo’lmaydi.

Toncoin farming.

Farming - bu tangadan foydalanish usullaridan biri bo'lib, unda likvidlik hovuzlari ishtirokchilari qo'shimcha daromad oladilar.

Hozirda siz quyidagi platformalarda Toncoin farming bilan shug’ullanishingiz mumkin:

— Biswap.org TONCOIN-USDT juftligida
— YoBit.net TONCOIN-BTC juftligida
— Nomiswap.io TONCOIN-USDC juftligida

“Biswap.org” birjasida Toncoin farmingi bo'yicha berilgan ko'rsatmalar bilan tanishib chiqing. Bu universal ko’rsatma hisoblanib boshqa saytlardagi farming tizimi bundan aslo farq qilmaydi.

Doimiy almashinuvlar.

“Toncoin”dan foydalanishning bu usuli ilg'or foydalanuvchilar uchun mos keladi va biz buni yangi boshlaganlar uchun tavsiya etmaymiz.

Siz “Toncoin”ni “OKX”, “FTX” va “Gate.io” birjalarida doimiy almashinuv usuli orqali sotishingiz mumkin.

“OKX” birjasidagi doimiy almashinuvlar bo'yicha matnli qo'llanma va video darslik mavjud.

Kriptovalyutalar bilan qilinadigan har qanday amaliyot xavf bilan yonma-yon bo’lishini unutmang.
12.7K views07:30
Ochish/sharhlash
2022-04-15 17:00:09Telegramdagi veb-botlar “The Open Network” uchun nimani anglatadi

Telegram veb-botlarni sinovdan o'tkaza boshladi.

Demo-botlarning funksiyalarini “Android” uchun beta-versiyasida ko'rish mumkin:

@DurgerKingBot — biriktirilgan URL tugmasi orqali to'lov bilan oziq-ovqat yetkazib berish (@CryptoBot xizmatida Toncoin chek va fakturalarda shunga o’xshash URL tugmalarini ko'rgan bo'lishingiz kerak).
@asmico_attach_bot — veb-bot (joylashuv, joriy vaqt, mikrofon va kameradan olingan ma'lumotlar) bilan fayllar va turli xil ma'lumotlarni almashish imkoniyatini taqdim etadi.

“TON”ning bunga nima aloqasi bor?

Katta ehtimol bilan, “Toncoin”da to'lov qilish imkoniyati botlarda paydo bo'ladi. Shu bilan birga, TON uchun xizmat yaratuvchi dasturchilar veb-interfeys imkoniyatlaridan foydalangan holda deyarli cheksiz funksionallikka ega botlarni yaratishi mumkin bo‘ladi.

Bular nafaqat TON ekotizimida, balki undan tashqaridagi xizmatlar bo'lishi ham mumkin. Bu esa “Toncoin”ni Telegram foydalanuvchilari orasida ommalashtirishga yordam beradi.

Toncoin ekotizimi jadal kengayib bormoqda.

@givemetonru
13.2K views14:00
Ochish/sharhlash
2022-04-15 10:45:00Kamerun, Kongo Demokratik Respublikasi (KDR) va Kongo Respublikasi TON blokcheyni bilan hamkorlik qilishlarini e'lon qilishdi, deb yozadi “Forbes”.

Mamlakatlar blokcheynni ommaviy qabul qilish kampaniyalarini boshlash niyatida va ushbu jarayonda “The Open Network” yetakchilik qilmoqda.

Ma’lumki, sayyoramizning yuz millionlab odamlari jahon moliya tizimiga kirish imkoniyatidan mahrum. Bunga yaqqol misol sifatida KDR keltirish mumkin. 40 milliondan ortiq aholiga ega mamlakat 2019-yilda internetga ulanish imkoniga ega bo‘lgan. Biroq ulardan bor-yog’i 12,4 millionining bank hisob raqami bor xolos.

Bu markazlashmagan texnologiyalardan foydalanishning ajoyib salohiyatini ko'rsatadi va umid qilamizki, TON blokcheyni yordamida butun dunyo bo'ylab juda ko'p odamlar iqtisodiyot va moliyaviy xizmatlardan foydalanishlari mumkin bo’ladi.

“TON Foundation” jamoasi uch mamlakatga yangi turdagi iqtisodiyotni qurishda rasman yordam beradi. Bu jarayonda kriptovalyutalar qurilayotgan tizimning markaziy elementiga aylanadi.

Xususan, KDRning raqamli iqtisodiyot vaziri aytganidek, mamlakat TON asosida milliy steyblkoin yaratish imkoniyatlarini ko'rib chiqmoqda.

Mamlakatlar vakillarining rasmiy izohlari va bo‘lajak hamkorlikning boshqa tafsilotlari bilan ushbu havolada berilgan “Forbes”ning yirik maqolasida tanishishingiz mumkin.

TON millionlab odamlarning hayotini yaxshi tomonga o‘zgartiruvchi global mahsulotga aylanayotganini ko‘rishdan mamnunmiz.
14.4K views07:45
Ochish/sharhlash
2022-04-13 10:00:13“TON Foundation”ning rasmiy kanali bo’lgan @tonsociety “The Open Network” uchun sarmoyalar, grantlar va loyiha inkubatsiyasi bo'yicha $250 000 000 miqdoridagi birinchi ekotizim fondi, toncoin.fund, ishga tushirilganini e'lon qildi.

@tonsociety xabar berishicha, “Huobi Incubator”, “Kucoin Ventures”, “MEXC Pioneer Fund”, “3Commas Capital”, “Orbs”, “TON Miners” va “Kilo Fund” kabi bir qator yetakchi kriptovalyuta sarmoyadorlari “TON Foundation” tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan birinchi rasmiy ekotizim fondi orqali “TON”ga 250 000 000 dollar sarmoya kiritadilar.

“Toncoin Fund” mablag'lari loyihalarni inkubatsiya qilish, grantlar berish, xakatonlarni o'tkazish va hamjamiyat uchun o'quv materiallarini yaratish uchun sarflanadi.

Jamg'arma “NFT”, “DeFi”, marketpleyslar va hamyonlarni o'z ichiga olgan keng doiradagi sohalarga qaratilgan. Jamg'arma boshqaruvini “Jenny Metaverce DAO” asoschisi va “Binance”ning sobiq top-menejeri Benjamin Ramo kabi taniqli kriptovalyuta ixlosmandlari boshqaradi.

“Cointelegraph” tomonidan chop etilgan press-relizda toncoin.fund haqida ko'proq ma’lumot olishingiz mumkin.

Biz obunachilarimizni TON ekotizimidagi sarmoya jamg’armalari, inkubatorlar va grant dasturlarining faoliyatidan xabardor bo‘lish uchun @tonsociety kanaliga obuna bo’lishingizni so’rab qolamiz.
18.9K views07:00
Ochish/sharhlash
2022-04-12 10:00:29
“CryptoBot” xizmati o'zining kriptovalyuta birjasini ishga tushirdi.

Endi @cryptobot foydalanuvchilari to‘g‘ridan-to‘g‘ri “Telegram”da limitli buyurtmalarni joylashtirish orqali kriptovalyutalar bilan savdo qilishlari mumkin.

Hozirgi vaqtda savdo uchta juftlik uchun mavjud: TON/USDT, BNB/USDT va BTC/USDT.

Savdoni boshlash uchun botning asosiy menyusidagi “Exchange” bo‘limiga o‘tishingiz kerak.

Shuningdek, “Дайте TON” kanali tomonidan taqdim etilgan birjadan foydalanish bo'yicha qisqa video darslikni ham tomosha qilishingizni tavsiya qilamiz.
19.8K views07:00
Ochish/sharhlash
2022-04-11 11:00:19
NFT loyihalarning mualliflari uchun yangiliklar.

— “Дайте TON” kanali “Monster Bot” “SaaS” xizmatini taqdim etdi. Uning yordamida NFT to‘plam egalari oldindan sotuvlar, auksionlar, lotereyalar va “Airdrop”larni avtomatlashtirishlari mumkin bo‘ladi.

Ushbu post orqali xizmat haqida ko'proq ma'lumot olishingiz mumkin:
https://t.me/givemetonru/1058

— Ton.diamonds NFT loyihasi “NFT”laringizni asosiy tarmoqga joylashtirishingizga yordam beradigan ochiq manbali qo'llanma va vositalar to'plamini ishlab chiqdi.

Vositalar ushbu havolada mavjud:
https://github.com/tondiamonds/ton-nft-deployer/
37.0K views08:00
Ochish/sharhlash
2022-04-10 11:00:10TON tadqiqotchilari nima uchun kerak?

Mart oyining oxirida biz har bir foydalanuvchi rioya qilishi kerak bo'lgan raqamli xavfsizlikning asosiy qoidalarini e’lon qilgan edik.

Bugun kiberxavfsizlik haqidagi bilimlaringizni kengaytirish maqsadida sizga tadqiqotchilar haqida ma’lumot bermoqchimiz.

Blokcheyn tadqiqotchi (blokni nazorat qiluvchi) tarmoqdagi barcha kriptovalyuta amaliyotlarini kuzatish uchun mo’ljallangan vositadir.

Tadqiqotchi yordamida, siz TON blokcheynidagi istalgan manzilni tahlil qilishingiz mumkin. Xususan, uning hisobini, kiruvchi va chiquvchi o’tkazmalar sonini, o'tkazmalarning hajmini va hokazolarni kuzatish imkoniga ega bo’lasiz.

Bundan qanday foyda bo'ladi?

Hamjamiyatning har bir faol a'zosi hamyonlarni tahlil qilishni va xulosa chiqarishni o'rganishi kerak.

Aytaylik, siz yuqori daromad keltiradigan steyking hovuzini topdingiz. Hovuz hamyoniga pul o'tkazishdan oldin siz uning manzilini tadqiqotchida ko'rishingiz va quyidagi ko'rsatkichlarga e'tibor berishingiz kerak:

— Hamyon qancha vaqtdan beri mavjud?
— Uning hisobi qanday holatda?
— Qancha kiruvchi o’tkazmalar mavjud?
— “Toncoin”lar hamyonga boshqa manzillardan qanchalik tez kelib turadi? O'rtacha daqiqasiga bir martami? Yoki kuniga bir martami?
— Umuman olganda, bu hamyonda qancha miqdorda mablag’ aylanadi?

Agar siz manzil yaqinda yaratilganligini, kiruvchi mablag’ o'tkazmalari soni kamligini va “Toncoin”ning umumiy aylanmasi ham past ekanligini ko'rsangiz, bu firibgarlarga duch kelayotganingizni bildiradi.

Qoida tariqasida, haqiqatan ham yirik va mashhur steyking hovuzlarining hamyonlarini, masalan, “Tonwhales” jamoasi tomonidan taqdim etilgan, katta miqdordagi “Toncoin”ni qamrab oluvchi va ko’plab o’tkazmalarga ega, “TON Nominators Staking” hovuzini ko’rib chiqishingiz mumkin.

Boshqa bir misol keltiradigan bo’lsak.

Aytaylik, siz TON asosidagi NFT to’plamidan xarid amalga oshirmoqchisiz.

NFT loyihasining yaratuvchilari birinchi sotuvda 1000 dan ortiq tokenlarni jami 100 000 “Toncoin”ga (har bir NFT uchun 100 Toncoin) sotganliklariga ishontirishadi.

Bunday holda, siz mablag’ o'tkazish taklif qilingan hamyonni tahlil qilishingiz kerak.

Ushbu manzilga tangalar qachon va qanday hajmda o’tkazilganiga e'tibor bering.

Agar sotuvdan oldingi sanalarda har biri 100 “Toncoin”dan ko'p miqdordagi kiruvchi o’tkazmalar ro'yxatga olingan bo'lsa va o'tkazmalarning umumiy hajmi 100 000 “Toncoin”ga yetsa, to’plam egalari sizni aldamayotganiga ishonch hosil qilishimiz mumkin (hech bo'lmaganda ushbu holatda ular aldashmayapti). Bundan tashqari, bu holatdan kelib chiqib to'plam haqiqatdan ham mashhur degan xulosaga kelish mumkin.

Agar o’tkazmalar soni juda oz bo’lsa, unda xulosa aniq: to'plam mashhur emas va uni yaratuvchilar sizni aldamoqda.

Shuni alohida ta'kidlashni istardikki, o’tkazmalar soni o'z-o'zidan xizmatning ishonchliligini to'g'ridan-to'g'ri belgilamaydi, lekin bu uning mashhurligini va ishlab chiquvchilarning bayonotlari to’g’ri ekanligini ko'rsatishi mumkin.

Ushbu tahlil usuli universal emas.

Misol uchun, agar siz @cryptobot yoki @wallet botdagi Toncoin hisobingizni to'ldirmoqchi bo'lsangiz, yuqoridagi misol sizni chalg'itishi mumkin, chunki bu xizmatlar har bir foydalanuvchi uchun pul mablag'larini kiritishda yangi hamyon yaratadi.

Bunday manzilni tahlil qilgandan so'ng, nolga teng kiruvchi o’tkazmalarni ko'rasiz, lekin bunda hech qanday shubhali narsa yo'q, chunki bu depozit hamyonlarining ishlash tamoyilidir.

Xulosa:

TON blokcheynining har bir foydalanuvchisi mablag’ o‘tkazishdan oldin oluvchi manzillarini tekshirishlarini tavsiya qilamiz.

Tadqiqotchi hamyon egasining ishonchliligini aniq tasdiqlay olmasa ham, tahlil asosida siz ma'lum xulosalar chiqarishingiz mumkin.

Ommabop tadqiqotchilar:

— TonScan.
— Whales Explorer.
— TonPage.
— Ton SH.

Hamyonni tahlil qilish uchun qidiruv satriga uning manzilini kiritishning o’zi kifoya qiladi.

Tadqiqotchilarning toʻliq roʻyxatini TON loyihasining rasmiy veb-saytida topishingiz mumkin: https://ton.app/explorers.
53.8K views08:00
Ochish/sharhlash
2022-04-09 11:00:17“TON Foundation” “DeFi”ni taqdim etdi

Yaqinda dasturchilar TON tarmog'ida kengaytiriladigan “DeFi”ni taqdim etishdi. Bu barcha tarmoq foydalanuvchilari uchun yangi marralarga yo’l ochadi va ommabop “NFT”larni va qadrlanmagan “Dapp” (markazlashmagan dastur)ni ishga tushirishga imkon beradi.

Taqdim etilgan TON texnologiyasining, anchadan beri ishlab kelayotgan “Ethereum” analoglaridan afzalligi shundaki: uning kengayaolishi va tarmoqdagi to'siqlarning yo'qligidadir. “Ethereum” tarmog'ida taqdim etilgan 10 000 NFT to'plami bitta aqlli shartnomada saqlansa, “TON”dagi har bir NFT alohida aqlli shartnomada saqlanib, ular to'plamdan va uning o'tkazish qobiliyatidan mustaqil bo’ladi.

Shu bilan birga, dasturchilar TON tarmog'ida “NFT”larni yaratish “Ethereum”ga qaraganda 500 baravar arzon bo'lishiga erishdilar.

Taqdim etilgan texnologiya tezlik va narx bo'yicha ham raqobatbardosh analoglarga ega emas. Ayni paytda blokcheyn texnologiyalari bilan ishlashga qaror qilgan dasturchilar uchun TON tarmog'idagi “DeFi” eng ajoyib tanlov hisoblanadi.

Bu bizni qayerga olib boradi?

Aksariyat odamlar o'zgarishlarni shunchaki sezmaydilar, ammo biz buni sezamizmi yoki yo'qmi, markazlashtirilmagan xizmatlar bizning hayotimizga asta-sekin kirib boradi.

Tarqalgan dastur serverlari blokirovkaga chidamli va geografik joylashuvga bog'liq bo'lmaydi, shu bilan birga xizmat ko’rsatishdagi nosozliklar nolga teng bo'ladi.

Bunday xizmatlarning mustaqilligidan hamma foyda ko'radi. Xususan dasturchilarga bosim o’tkazilmaydi va foydalanuvchilar shaxsiy tanlov huquqiga ega bo’lishadi.

@givemetonru
58.5K views08:00
Ochish/sharhlash
2022-04-08 10:01:30
Bizning chatimiz ham borligini unutmang.

Hamjamiyatimizda blokcheyn foydalanuvchilari "The Open Network” loyihasini hamjamiyatimiz chatida muhokama qilishadi va tajriba almashadilar.

Siz ushbu havola orqali chatga qo'shilishingiz mumkin:
https://t.me/toncoin_uz_chat

Chat qoidalari:
https://t.me/toncoin_uz_chat/33669
70.8K views07:01
Ochish/sharhlash