Get Mystery Box with random crypto!

TON Community 🇺🇿

Kanal manzili: @toncoin_uz
Toifalar: Cryptocurrencies
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 82.16K
Kanalning ta’rifi

The Open Network (TON) barchani kripto bilan tanishtiradi. TON Telegram messenjerida Web3 ekotizimini qurish orqali milliardlab odamlarga raqamli shaxsiyat, maʼlumotlar va aktivlarga egalik qilish imkoniyatini beradi.

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 28

2023-05-07 12:45:00
Changelly TON listingink e'lon qildi.

Changelly ko'plab taniqli kriptovalyuta birjalariga integratsiyalashgan, kastodial bo'lmagan kriptovalyuta almashinuv xizmatidir. Ayirboshlash eng qulay kurs bo'yicha amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, Changelly tez orada Tonkeeper hamyoni tomonidan ham qo'llab-quvvatlanadi.
14.1K views09:45
Ochish/sharhlash
2023-05-06 14:46:04
First Stage Labs TON asosidagi NFT bozori haqida maqola e’lon qildi.

Maqolada TON asosidagi NFT maydonidagi ishlarning holati tasvirlangan va u o'quvchilarni faqat bizning ekotizimimizda mavjud bo'lgan yangiliklar bilan tanishtiradi.

Agar siz TON NFT bozoriga qiziqsangiz, maqolaga e'tibor berishingizni tavsiya qilamiz. Siz TON asosida o’zgarmas tokenlar dunyosidagi so'nggi tendensiyalar, qiyinchiliklar va imkoniyatlar bilan tanishasiz.

E'tibor bering, bu First Stage Labs’ning birinchi tadqiqoti emas.

Fevral oyida ham FSL jamoasi markazlashtirilmagan TON moliyasiga bag'ishlangan TON: DeFi Landscape katta maqolasini e’lon qilgan edi.
17.9K viewsedited  11:46
Ochish/sharhlash
2023-05-04 15:06:32
Tact tilining tarixi: g'oyadan tortib to ishga tushirishga qadar.

Bugun biz sizni FunC tilidan tashqari yaratilgan Tact dasturlash tilining tarixi haqida TON Blogida chop etilgan maqolani o'qishga taklif qilamiz.

Maqoladan siz Tact nima uchun kerakligini, u qanday muammolarni hal qilishini va uni yaratishda kim ishlaganligini bilib olasiz.

Maqola quyidagi havolada mavjud:
https://blog.ton.org/the-story-of-tact
23.3K views12:06
Ochish/sharhlash
2023-05-03 12:10:19
Kriptovalyuta portfelini kuzatuvchisi Mooli platformasi TON'ni qo'llab-quvvatladi.

Mooli kripto aktivlarini kuzatuvchisi yordamida har qanday foydalanuvchi barcha tangalarini yagona interfeysda birlashtirib, ularning qiymatidagi o‘zgarishlarni kuzatishi mumkin. Xizmat Toncoin va TON asosidagi tokenlarni qo‘llab-quvvatladi.

Xizmat yordamida siz:

Har qanday TON hamyonni kuzatib borasiz va TON aktivlarini kuzatolasiz.
MetaMask hamyonini va WalletConnect standartini qo‘llab-quvvatlaydigan boshqa har qanday hamyonni kuzatasiz.
Kunlik foyda va zarar statistikasini ko'rib borasiz.
Bir vaqtning o'zida butun portfelingizning umumiy qiymatini ko'rasiz.
Aktivlarni qulay guruhlash uchun shaxsiy boshqaruv panelini yaratasiz.

Shu bilan birga, siz saytda kripto hamyoningizni ulamasdan anonim tarzda xizmatga kirishingiz ham mumkin.

TON tarmog'ini qo'llab-quvvatlovchi yana bir xizmat qo'shilganidan mamnunmiz.
1 view09:10
Ochish/sharhlash
2023-05-02 15:00:04TON hamjamiyatining hafta sarhisobi.

Biz o'tgan haftadagi eng qiziqarli ekotizim yangiliklarini to'pladik:

24-apreldan 30-aprelgacha TON tarmog‘ida ro‘yxatdan o‘tgan manzillar soni 2 532 874 tadan 2 567 158 taga (+1,3%) oshdi.

Tonstarter ikki yangi Community Incentives tanlovini ishga tushirdi, bunda foydalanuvchilar oddiy ishlarni bajarganliklari uchun bonuslar olishlari mumkin.

27-aprel kuni Getgems NFT bozori o'zining birinchi tug'ilgan kunini nishonladi. Jamoani tabriklaymiz

Fanton, TON asosidagi P2E loyihasi, ekish oldidan investitsiya raundida 300 000 dollar to'pladi.

ePN CPA tarmog'i ekotizimdagi ishtirokini kengaytirmoqda va hamkorlik uchun TON asosidagi kriptoloyihalarni taklif qilmoqda.

Flex ishga tushirildi. Bu yaqinda ishga tushirilgan Token Bridge ko'prigini qo'llab-quvvatlaydigan TON asosidagi yangi DEX.

GameFi launchpadi TON Play oʻyinlar uchun Unity SDK va toʻlov boshqaruvini chiqardi.

TON & Company YouTube kanali StickerFace bosh direktori Oleg Illarionov bilan intervyu o'tkazdi.

TON DeDust 2.0 asosidagi markazlashtirilmagan birjaning yangi versiyasi taqdim etildi.

The Open Network ekotizimidagi yangiliklar haqida birinchilardan bo'lib xabardor bo'lish uchun bizni kuzatib boring.
5.3K views12:00
Ochish/sharhlash
2023-05-01 16:29:10
DeDust 2.0.

TON asosidagi yetakchi DEX bo’lga DeDust.io ko'plab yangi xususiyatlar bilan 2.0 versiyasiga yangilandi. Endi siz tokenlarni kamroq komissiya bilan sotishingiz va maʼlum savdo juftliklari uchun likvidlikni taʼminlash orqali SCALE tokenini farming qilishingiz mumkin.

Shuningdek, birja foydalanuvchilari qulay yangi interfeys va likvidlik hovuzlaridagi UX depozitlarga ega bo‘ldi.

Yangi DEX funksiyalari haqida batafsil ma’lumotni rasmiy DeDust Telegram kanalida topishingiz mumkin.
9.7K views13:29
Ochish/sharhlash
2023-04-30 11:00:05 StickerFace bosh direktori Oleg Illarionov bilan suhbat.

Bu safar TON & Company kanali StickerFace bosh direktori bilan suhbatlashdi. Bu foydalanuvchilar o'zlarining shaxsiylashtirilgan TON asosidagi NFT avatarlarini yaratishi mumkin bo'lgan xizmat hisoblanadi.

Oleg blokcheyn rivojlanishiga katta hissa qo‘shdi: xususan, mobil ilovalarni ishlab chiqish bo‘yicha katta tajribasi tufayli u TON API yaratishda asosiy rol o‘ynadi.

Sizni YouTube tarmog’iga kirishga va StickerFace, NFT, Telegram va TON dunyosiga sho'ng'ishga taklif qilamiz:


15.8K views08:00
Ochish/sharhlash
2023-04-29 13:04:22TON Play o'yinlar uchun Unity SDK va to'lov boshqaruvini chiqardi.

TON asosidadi GameFi launchpadi, TON Play har qanday mahsulotga oson tatbiq etilishi mumkin bo'lgan Pay-in, Mass payout va On-demand payout usullarini taqdim etdi.

Xizmat quyidagilarga imkon beradi:

Toncoin’da Telegram foydalanuvchilaridan toʻlovni qabul qilish.
Pul mukofotlari bilan loyihalarda ommaviy Toncoin toʻlovlarini qoʻshish.
Foydalanuvchilar talabiga binoan toʻlovlarni avtomatlashtirish.

TON Play shuningdek, aktivlar va in-game bozorni boshqarish imkonini beruvchi SDKni chiqarish orqali Telegramda TON blokcheyn va WebApp bilan loyihalar ishini soddalashtirdi.

Dasturchilar har qanday savollarni TON Play qo‘llab-quvvatlash xizmatiga @tonplay_devs yoki [email protected] manziliga yuborishlari mumkin.
5.6K views10:04
Ochish/sharhlash
2023-04-28 14:04:19Tonstarter jamoasidan Community Incentives dasturining yangi a'zolari.

Joriy yilning yanvar oyida Tonstarter Community Incentives dasturini ishga tushirdi, unga ko'ra TON ekotizimining a'zolari allaqachon 500 000 dollardan ortiq tokenlar va NFTlarga ega bo’lishdi.

Kampaniyalar foydalanuvchilarni o‘yin o‘ynash, o’tkazma amalga oshirish, kanalga obuna bo‘lish yoki AMA sessiyasida qatnashish kabi oddiy amallarni bajarishga taklif qiladi. Vazifalarni bajarish uchun ishtirokchilarga ballar beriladi, ular keyinchalik loyiha tokenlari va NFTlarga almashtirilishi mumkin.

Endi Tonstarter bir vaqtning o'zida ikkita yangi Community Incentives ishga tushirdi: Punk City va DEX STON.fi. Hozirda istalgan foydalanuvchi unda ishtirok etishi mumkin.

Shuningdek, 3-may kuni soat 12:00 UTC da boshlanadigan DeDust.io mukofot dasturi uchun kutish ro‘yxati ham ochiq.

Barcha tafsilotlar rasmiy Tonstarter kanalida berilgan.
11.7K views11:04
Ochish/sharhlash
2023-04-27 13:38:09Yaqinda ishga tushirilgan Token Bridge ko’prigini qo'llab-quvvatlaydigan TON asosidagi DEX Flex bilan tanishing.

17-aprelda, uzoq sinovdan so'ng, TON Factory jamoasi Flex markazlashtirilmagan birjasining ommaviy, to'liq funksional versiyasini ishga tushirdi.

Foydalanuvchilar uchun quyidagi xususiyatlar mavjud:

USDT, USDC, WBTC va DAI steyblkoinlarink rasmiy ko'prik orqali TON tarmog'iga o'tkazish.
Routlar orqali almashish ("ikki marta almashtirish" deb ataladi). Bu bir nechta havolalardan murakkab yo'llar bo'ylab tangalarni almashtirish imkoniyatidir.
Minimal komissiyalar barcha markazlashtirilmagan TON birjalari orasida eng kam hisoblanadi.
Qo'shimcha to'lovlarsiz istalgan tokenlar listingi.
TON Connect 2.0 bilan ishlaydigan barcha hamyonlarni qo'llab-quvvatlash (Tonkeeper, OpenMask, MyTonWallet, Tonhub va boshqalar).

Shuningdek, foydalanuvchilar pul mablag'larini likvidlik hovuzlariga joylashtirish imkoniyatiga ham ega.

Dasturchilar va uchinchi tomon xizmatlari uchun past darajadagi TON tuzilmalarini bilmagan holda ham FLEX bilan o'zaro ishlash imkonini beruvchi API mavjud.

TON asosidagi yangi DEXga xush kelibsiz.
15.0K views10:38
Ochish/sharhlash