Get Mystery Box with random crypto!

TON Community 🇺🇿

Kanal manzili: @toncoin_uz
Toifalar: Cryptocurrencies
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 82.16K
Kanalning ta’rifi

The Open Network (TON) barchani kripto bilan tanishtiradi. TON Telegram messenjerida Web3 ekotizimini qurish orqali milliardlab odamlarga raqamli shaxsiyat, maʼlumotlar va aktivlarga egalik qilish imkoniyatini beradi.

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 27

2023-05-19 12:30:00 Tonstarter asoschisi bilan intervyu.

TON & Company kanali Tonstarter launchpadining asoschisi va texnik direktori Sergey Chikirevdan intervyu oldi.

Suhbat TON ishqibozlari uchun mazmunli bo’ldi:

Sergeyning shaxsiyati va texnik bilimlari haqida bir oz suhbat.
Tonstarter falsafasi va uning ekotizimdagi rolini muhokama qilish.
TON loyihasi va Toncoin muhokamasi.
Tonstarterda bo'lishni istagan loyihalar uchun mezonlar.

Tonstarter bizning ekotizimimizdagi taniqli va muhim xizmat hisoblanadi. Intervyuni butun hamjamiyat ko'rishini tavsiya qilamiz.
13.2K views09:30
Ochish/sharhlash
2023-05-18 16:21:04
AltcoinBuzz kanalida TON.

400 000 dan ortiq obunachilarga ega AltcoinBuzz kriptovalyuta YouTube kanali yangi Next BIG UNDERVALUED Crypto videosini e'lon qildi. Videoda u o'z obunachilarini TON blokcheyni va Toncoin tangasi, tarmoq va ekotizim bilan tanishtirdi, shuningdek, loyihaning istiqbollari haqida gapirdi.

Bu nafaqat yangi auditoriyani, balki uzoq muddatli TON ishqibozlarini ham qiziqtiradigan informatsion video.

Sizni tomosha taklif qilamiz:


2.9K views13:21
Ochish/sharhlash
2023-05-17 15:20:20
TON Foundation 2023-yilning ikkinchi choragida grant oluvchilarni tasdiqladi.

2023-yilning ikkinchi choragida TON grant qo'mitasi tomonidan qo'llab-quvvatlanadigan loyihalar tasdiqlandi. Ularning to'liq ro'yxati TON blogidagi yangi maqolada e'lon qilingan.

Eslatib o‘tamiz, grantlar uchun arizalarni ko‘rib chiqishning yangi bosqichlari har oy o‘tkaziladi va TON asosida foydali mahsulotlar yaratuvchi istalgan jamoa ishtirok etishi mumkin. Arizalar Questbook 2.0 da qoldirish mumkin.
6.3K views12:20
Ochish/sharhlash
2023-05-16 14:31:31TON hamjamiyatining hafta sarhisobi.

Biz o'tgan haftadagi eng qiziqarli ekotizim yangiliklarini to'pladik:

8-maydan 14-maygacha TON tarmog‘ida ro‘yxatdan o‘tgan manzillar soni 2 602 852 tadan 2 625 204 taga (+0,9%) oshdi.

Eng yirik kripto-resurslardan biri bo'lgan Beincrypto “The Economics of Decentralized Storage Protocols” maqolasini chop etdi. Unda markazlashtirilmagan fayllarni saqlash g‘oyasi muhokama qilinib, TON Storage komponenti va TON asosidagi ma’lumotlarni saqlash protokollari bo'lgan Nonstorage va Tondrive xizmatlari haqida ma'lumot berilgan.

TON Foundation BIT kripto birjasi bilan hamkorlikni rivojlantirishda davom etmoqda: yaqin kelajakda platforma savdo komissiyalarini to‘lash uchun Toncoinni qabul qilishni boshlaydi va TON foydalanuvchilariga turli chegirmalarni taklif qiladi.

​TON NFT bozorlari: biz TON asosidagi eng mashhur NFT platformalarining ro'yxatini e'lon qildik. Ushbu postni o'qishingizni tavsiya qilamiz: ehtimol siz ba'zi platformalar bilan tanish emasdirsiz.

O'zbek hamjamiyatimiz a'zosi bo'lgan grafik animator Rahmonova Dilnoza TON haqida reklama multfilmini yaratdi. Tomosha qilish tavsiya etiladi!

The Open Network ekotizimidagi yangiliklar haqida birinchilardan bo'lib xabardor bo'lish uchun bizni kuzatib boring.
9.1K views11:31
Ochish/sharhlash
2023-05-14 14:30:03
TON haqida hamjamiyatimiz a’zosi tomonidan yaratilgan video

TON loyihasining rasmiy Twitter akkauntiga o’zbek hamjamiyatimizning a’zosi bo’lgan grafik dizayner Rahmonova Dilnozaning ajoyib animatsiyasi joylashtirildi.

Tomosha qiling va zavqlaning!
5.8K views11:30
Ochish/sharhlash
2023-05-13 14:31:08TON NFT bozorlari.

Bugun biz TON asosidagi asosiy NFT bozorlarini sanab o'tmoqchimiz, shuningdek, siz hali eshitmagan bo'lishingiz mumkin bo'lgan NFT segmentiga yangi qo’shilganlari bilan ham tanishtirmoqchimiz.

Getgems.

Yaqinda o'zining birinchi tug'ilgan kunini nishonlagan asosiy ekotizim bozorlaridan biri.

Platforma to'plamlarning katta tanlovini va keng funksiyalarni taklif etadi: NFTlarni sotib olish va sotishdan tashqari, siz o'zingizning tokenlaringizni to'g'ridan-to'g'ri saytda yaratishingiz, ularni kim oshdi savdolariga qo'yishingiz va turli TON to’plamlarini o'rganishingiz mumkin.

@GetgemsNftBot Telegram boti ham mavjud.

Disintar.

Asosiy tarmoqda ishga tushirilgan birinchi NFT bozorlaridan biri. Tokenlarning keng tanlovi va original "My Room" funksiyasini taklif etadi. Bu NFTlaringizni raqamli "xona" interfeysida saqlashingiz mumkin bo'lgan maxsus bo'lim.

Qulay @disintar_bot boti mavjud.

TON Diamonds.

To'plamlarni juda ehtiyotkorlik bilan tanlaydigan mashhur bozor. Pokras Lampas, Ellen Sheidlin, Brickspacer va boshqalar kabi taniqli rassomlar o'z asarlarini TON Diamonds bozoriga joylashtirgan.

TON Diamonds ko'pincha oflayn NFT tadbirlarini tashkil etadi va turli ko'rgazmalarni targ'ib qiladi.

Playmuse.

TON asosidagi musiqa va video uchun noyob NFT bozori.

Playmuse Records orqali chiqadigan san'atkorlar 200 dan ortiq strim xizmatlaridan foydalanishlari va Toncoinda royalti olishlari mumkin.

Bu TON ekotizimining faol rivojlanayotgan loyihasi bo'lib, kelgusi oylarda 2000 ga yaqin ijodkorni jalb qilishni rejalashtirmoqda.

Tonex.

TON asosidagi Tonex ijtimoiy tarmog'i ham o'zining NFT bozorini ishga tushirdi. Uning yordamida siz to'plamlarni ko'rishingiz va qulay interfeys orqali NFTlarni sotib olishingiz, shuningdek, o'zingizning tokenlaringizni ishlab chiqarishingiz mumkin.

Dunyo bo'ylab NFTlarning mashhurligining biroz pasayganiga qaramay, TON NFT segmenti rivojlanishda davom etmoqda.

Biz yangi noyob platformalar paydo bo'layotganini ko’ryapmiz, ular o'ziga xos tarzda The Open Network imkoniyatlarini ochib bermoqda.
10.7K views11:31
Ochish/sharhlash
2023-05-12 15:30:01
BIT Crypto Exchange x TON Foundation.

TON Foundation BIT kripto birjasi bilan hamkorlikni rivojlantirishda davom etmoqda.

Yaqin kelajakda sayt savdo to'lovlarini to'lash uchun Toncoin qabul qilishni boshlaydi, shuningdek, Toncoin yordamida to'lovlarni to'laydigan foydalanuvchilarga turli chegirmalar taklif qiladi.
3.4K views12:30
Ochish/sharhlash
2023-05-10 13:30:28
TON Storage va markazlashtirilmagan fayllarni saqlash istiqbollari.

Eng yirik yangiliklar kripto resurslaridan biri bo'lgan Beincrypto “ The Economics of Decentralized Storage Protocols” maqolasini chop etdi.

Markazlashtirilmagan fayllarni saqlash va mavjud xizmatlar g'oyasini muhokama qilib, mualliflar rivojlanishning dastlabki bosqichlarida bo'lgan TON asosidagi Nonstorage va Tondrive protokollarini eslatib o'tadilar.

Tarqatilgan fayllarni saqlashning istiqbolli va ilhomlantiruvchi sanoatining barcha ishqibozlariga maqolani tavsiya qilamiz:
https://beincrypto.com/learn/decentralized-storage-protocols/
4.7K views10:30
Ochish/sharhlash
2023-05-09 13:44:07TON hamjamiyatining hafta sarhisobi.

Biz o'tgan haftadagi eng qiziqarli ekotizim yangiliklarini to'pladik:

1-maydan 7-maygacha TON tarmog‘ida ro‘yxatdan o‘tgan manzillar soni 2 571 929 tadan 2 598 092 taga (+1%) oshdi.

Mooli kriptovalyuta portfel kuzatuvchisi TON tarmog’ini qo‘llab-quvvatladi.

TON Blogda Tact dasturlash tilining yaratilish tarixiga bagʻishlangan “The story of Tact language: from idea to release” maqolasi chop etildi.

First Stage Labs TON DeFi bozoridagi vaziyatga bag‘ishlangan TON: DeFi Landscape maqolasini chop etdi.

Kastodial bo'lmagan Changelly kriptovalyuta almashinuvi xizmati Toncoin listingini e’lon qildi.

The Open Network ekotizimidagi yangiliklar haqida birinchilardan bo'lib xabardor bo'lish uchun bizni kuzatib boring.
7.8K views10:44
Ochish/sharhlash
2023-05-08 14:30:00Token ko'prigininf xavfsizligi.

Esingizda bo'lsa, o'tgan oyda TON blokcheyn tarixidagi ilk o'zaro zanjirli ko'prik Ethereum tarmog’iga asoslangan tokenlar (ERC-20) bilan ishlash uchun ishga tushirilgan edi.

Bugun biz xizmat xavfsizligi haqida bir oz ma’lumot berib o’tamiz.

Ko’prik aqlli shartnomalari turli yo'llar bilan va qayta-qayta sinovdan o'tgan.

Birinchidan, ishga tushirilishdan biroz oldin TON Foundation ko'prikning aqlli shartnomalarini buzish bo'yicha tanlov o'tkazdi, unda muvaffaqiyatli xaker 50 000 dollargacha yutib olishi mumkin edi. Tanlov natijasida hech qanday zaifliklar topilmadi.

Bundan tashqari, sohada mavqega ega bo'lgan 3 ta auditorlik kompaniyasi bir vaqtning o'zida o'z auditlarini o'tkazdi: CertiK, Quantstamp va Hexens, ular ham tanqidiy izoh bermadi.

Eslatib o'tamiz, hozirda ko'prikdan foydalanib, siz wBTC, USDT, USDC va DAI kriptovalyutalarini o'tkazishingiz mumkin, ammo yaqin kelajakda tokenlar ro'yxati kengayadi.

Ushbu postda ko'prik haqida ko'proq ma'lumot olishingiz mumkin.

Ko'prikdan foydalanish uchun ko'rsatmalarni o'qib chiqishingizni tavsiya qilamiz.
10.8K views11:30
Ochish/sharhlash