Get Mystery Box with random crypto!

TON Community 🇺🇿

Kanal manzili: @toncoin_uz
Toifalar: Cryptocurrencies
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 83.50K
Kanalning ta’rifi

The Open Network (TON) barchani kripto bilan tanishtiradi. TON Telegram messenjerida Web3 ekotizimini qurish orqali milliardlab odamlarga raqamli shaxsiyat, maʼlumotlar va aktivlarga egalik qilish imkoniyatini beradi.

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 54

2022-08-22 19:05:09 I'm really impressed by the success of the auction TON recently conducted for their domain/wallet names. Wallet.ton was sold for 215,250 Toncoin (~$260000) while casino.ton was sold for ~$244000.

If TON has been able to achieve these results, imagine how successful Telegram with its 700 million users could be if we put reserved @ usernames, group and channel links for auction. In addition to millions of catchy t.me addresses like @storm or @royal, all four-letter usernames could be made available for sale (@bank, @club, @game, @gift etc).

This would create a new platform where username holders could transfer them to interested parties in protected deals – with ownership secured on the blockchain via NFT-like smart-contracts. Other elements of the Telegram ecosystem, including channels, stickers or emoji, could later also become part of this marketplace.

When it comes to scalability and speed, TON probably has the best technology to host such decentralized sales. Our team can write bullet-proof smart contracts for TON (since it was us who invented its smart-contract language), so we are inclined to try out TON as the underlying blockchain for our future marketplace.

Let's see if we can add a little bit of Web 3.0 to Telegram in the coming weeks.
5.4K views16:05
Ochish/sharhlash
2022-08-22 11:00:08TON hamjamiyatining hafta sarhisobi.

Biz o'tgan haftadagi eng qiziqarli ekotizim yangiliklarini to'pladik:

14-20-avgust kunlari TON tarmog‘ida ro‘yxatdan o‘tgan manzillar soni 1 135 244 tadan 1 159 119 taga (+2,1%) oshdi.

​TON Society ekotizimdagi muzlatilgan mablag‘lar miqdorini oshirish uchun TON Liquidity Award Program (LAP) dasturini ishga tushirdi.

Soulbound NFT o'tkazilmaydigan token standarti loyihasi taklif qilindi, uning muhokamasida barcha ishtirok etishi mumkin.

@wallet Telegram hamyoni katta yangilanish chiqardi.

​Tonstarter jamoasi TON DNS kim oshdi savdosida avtomatik savdo qilish uchun bot ishga tushirdi.

The Open Network ekotizimidagi yangiliklar haqida birinchilardan bo'lib xabardor bo'lish uchun bizni kuzatib boring.
5.7K views08:00
Ochish/sharhlash
2022-08-21 14:00:06TON Rocket Kriptovalyuta Telegram hamyoni.

TON hamjamiyatining aksariyati mashhur @wallet va @cryptobot Telegram hamyonlari bilan allaqachon tanishsiz va bugun biz unchalik mashhur bo‘lmagan, ammo qulay bo‘lgan TON Rocket hamyonlari haqida gaplashmoqchimiz.

Bu to'g'ridan-to'g'ri messenjerda TON asosidagi tokenlarni (jetonlarni) saqlash, yuborish va qabul qilish imkonini beruvchi yagona Telegram hamyonidir.

Foydalanuvchilar tokenlarni botning ichki platformasida erkin savdo qilishlari mumkin: hozirda 8 ta loyiha o‘z tokenlarini ro‘yxatdan o’tkazgan.

Bot shuningdek, boshqa mashhur xizmatlar kabi pul o‘tkazmalarini amalga oshirish, cheklar yaratish, to‘lov uchun hisob-fakturalar berish imkonini beradi va shu bilan birga dasturchilar uchun API yechimlarini taqdim etadi.

Bugungi kunda TON Rocket auditoriyasi 100 000 dan ortiq foydalanuvchiga ega.

Shuni esda tutingki, TON Rocket bu kastodial hamyon.

Kastodial xizmatlarning kastodial bilan bog'liq bo'lmagan xizmatlardan qanday farq qilishini bilish uchun ushbu postni o’qishingizni tavsiya qilamiz.
6.0K views11:00
Ochish/sharhlash
2022-08-20 11:15:00Toncoin’da toʻlovlarni qabul qilish imkonini beruvchi TEGRO.MONEY toʻlov tizimi bilan tanishtiramiz.

TON loyihasining maqsadlaridan biri Toncoin tangasini real hayotda amaliy ilovalar bilan ommaviy va ommabop ishlatish uchun qulay kriptovalyutaga aylantirishdir.

Biz har doim ushbu maqsadga erishishga yordam beradigan mahsulotlar haqida katta mamnuniyat bilan to’xtalamiz va bugun biz sizni Tegro TON jamoasining TEGRO.MONEY xizmati bilan tanishtiramiz.

TEGRO.MONEY – to‘lov agregatori bo‘lib, u sayt egalariga o‘z foydalanuvchilaridan turli yo‘llar bilan, jumladan Toncoin kriptovalyutasida to‘lovlarni qabul qilish imkonini beradi.

Xizmatni dasturlash ko‘nikmalarisiz istalgan saytga integratsiya qilish oson, uni Telegram botlariga ulash mumkin, TON blokcheyn kriptovalyutasidagi to‘lovlar uchun komissiya esa atigi 1% ni tashkil qiladi.

Tegro jamoasi tufayli 1200 dan ortiq saytlar allaqachon Toncoin bilan ishlamoqda, 66 000 dan ortiq kishi esa turli tovar va xizmatlar uchun toʻlovlarni amalga oshirish uchun kriptovalyutadan faol foydalanmoqda.

Xizmat dasturchilarga muvaffaqiyatlar tilaymiz va sayt egalariga TEGRO.MONEY tizimiga e'tibor berishlarini tavsiya qilib qolamiz.
6.4K views08:15
Ochish/sharhlash
2022-08-19 12:00:13Tonstarter jamoasidan TON DNS kim oshdi savdosida avtomatik savdolar uchun bot.

Bugun biz Tonstarter DNS BOT xizmati haqida gaplashamiz, bu sizga domen savdosida ishtirok etishni avtomatlashtirish imkonini beradi: bot tanlangan nomlar narxini mustaqil ravishda oshirib boradi, natijada esa foydalanuvchi savdoni shaxsan kuzatishi shart bo’lmaydi.

Xizmat qanday ishlaydi:

Foydalanuvchi bot balansini to'ldirishi, kerak bo’lgan domenlarni ko'rsatishi va ularning narxi uchun chegara belgilashi kerak.

Sizning joriy taklifingiz eskirishi bilan bot avtomatik ravishda siz uchun yangi taklif kiritadi (agar u belgilangan maksimaldan yuqori bo'lmasa).

Agar boshqa birovning taklifi belgilagan miqdoringizdan oshsa, bot bildirishnoma yuboradi va interfeysdagi domenni ajratib ko‘rsatadi.

Bot @autodomains_bot faqat smartfonlarda Tonkeeper hamyoni bilan birgalikda ishlaydi.

Sinov versiyasi: @managerDnsbot

Botning ochiq kodi bu yerda:
https://github.com/Tonstarter/ton-domains-frontend/
https://github.com/Tonstarter/ton-domains-backend/

E'tibor bering: bu xizmatning beta-versiyasi bo'lib, unda xatolar kuzatilishi mumkin. Foydalanuvchilar barcha o’tkazmalarni o'zlarining ma’suliyatlari ostida amalga oshirishlari talab etiladi.
6.7K views09:00
Ochish/sharhlash
2022-08-18 12:40:00
TON tarmog'ida NFTning yangi o'zgarishi bo'lgan Soulbound NFT bilan tanishtiramiz.

Getgems marketpleysi va TON Punks to’plamining qo'shma granti ishtirokchilari Soulbound standarti loyihasini taklif qilishdi, NFTning maxsus turini sotish yoki boshqa manzilga o'tkazish mumkin emas, chunki u abadiy egasining hamyoniga biriktiriladi.

Soulbound sizga NFT tokenlarining texnologiyasini va g'oyasini iloji boricha chuqurroq ochib berishga imkon beradi. Bu juda ko'p imkoniyatlar va mexanikalarni ochib beradi.

Masalan, Soulbound hamyonlar yutuqlarini namoyish qilish, hujjatlarni (haydovchilik guvohnomalari, diplomlar va boshqalar) berish yoki, aytaylik, shaxsiy chegirma kuponlarini chiqarish uchun ishlatilishi mumkin.

Getgems standart loyihasini muhokama qilish uchun texnik mutaxassislarni taklif qiladi:

Standart loyihasi
Shartnomani amalga oshirish misoli

Mahsulot ishlab chiquvchilari Soulbound NFTni joriy qilishlarini va yangi mexanikani o'ylab topishlarini intiqlik bilan kutamiz.
6.8K views09:40
Ochish/sharhlash
2022-08-17 17:01:03
Yirik @wallet yangilanishi bu yerda: mashhur xizmat yangi foydalanuvchi uchun qulay interfeysni taqdim etadi.

Asosiy ekranda siz balansingiz va o’tkazmalar tarixini ko'rishingiz, shuningdek, Toncoin sotib olishingiz yoki yuborishingiz mumkin. Telegram’dan chiqmasdan balansingizni bir necha tugmani bosish orqali to‘ldirishingiz mumkin. Bank kartasini xizmatga bir marta bog‘lash kifoya (yangi interfeysdagi xaridlar Rossiya banklari tomonidan chiqarilgan kartalar uchun vaqtincha mavjud emas).

Hamyondan foydalanish uchun bot chatiga kirish shart emas, siz @wallet’ni qo'shimchalar menyusiga qo'shishingiz va undan bevosita shaxsiy yozishmalar chatida foydalanishingiz mumkin.

Agar siz hali xizmat bilan tanish bo'lmasangiz, endi uni tuzatish vaqti keldi: Toncoin sotib olish uchun komissiya olinmaydi va valyuta kursi birja kursiga yaqin.

Dasturchilar xizmatni tegishli imkoniyatlar bilan to‘ldirish uchun rivojlantirishda davom etadilar.

Yangilanishlardan xabardor bo’lish uchun Wallet News kanaliga obuna bo'ling.
6.7K views14:01
Ochish/sharhlash
2022-08-16 17:30:41TON Society TON Liquidity Award Program (LAP) dasturini ishga tushiradi.

TON Foundation’ning rasmiy TON Society sarmoya kanali TON ekotizimidagi mablag'lar miqdorini ko'paytirish uchun 14 million dollarlik byudjet bilan TON Liquidity Award Program mukofot dasturini ishga tushirayotganini e'lon qilishdan mamnunmiz.

Dastur DEX, ko'priklar va TON’ga asoslangan boshqa DeFi xizmatlarini yaratuvchi jamoalarni qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirishga qaratilgan.

Tashabbusning batafsil tavsifi bilan bu yerda tanishish mumkin:
https://github.com/ton-society/grants-program/blob/main/announcements/liquidity%20award%20program.md

Biz mahsulot yaratuvchilarni dastur muhokamasida ishtirok etishga taklif qilamiz. Har qanday savol, mulohaza va takliflarni shu yerda qoldirishingiz mumkin:
https://github.com/ton-society/grants-program/issues

Iltimos, xabarlarni "Liquidity Award Program" sarlavhasi bilan qoldiring.

Dasturning ishga tushirilishi bir yil ichida amalga oshiriladi.
7.0K views14:30
Ochish/sharhlash
2022-08-15 19:06:09TON hamjamiyatining hafta sarhisobi.

Biz o'tgan haftadagi eng qiziqarli ekotizim yangiliklarini to'pladik:

TON tarmog‘ida 7-13 avgust kunlari ro‘yxatdan o‘tgan manzillar soni 1 106 976 tadan 1 131 655 taga (+2,2%) oshdi.

TON internet texnologiyalarining roʻyxati eʼlon qilindi.

TonApi xizmati ekotizimida TON tarmog'i bilan ishlash uchun ochiq API paydo bo'ldi.

TON Foundation’ning asosiy dasturchilaridan biri bo’lgan Anatoliy Makosov TON hamjamiyatining vakili bilan suhbatlashdi va bir qator muhim savollarga javob berdi.

Tegro TON jamoasi sinov tarmog‘ida o‘zining DEX’ni sinovdan o‘tkazishda davom etmoqda va testerlar hamda texnik mutaxassislarni zaifliklarni qidirish dasturida ishtirok etishga taklif qiladi.

Boshqa yangiliklar:

TON ko'prigini yaratishda ishtirok etgan RSquad jamoasi rivojlanish jarayoni haqida maqola e’lon qildi.

️Люди PRO YouTube kanali TonWhales loyihasi asoschisi Sergey Yudin bilan suhbatlashdi.

The Open Network ekotizimidagi yangiliklar haqida birinchilardan bo'lib xabardor bo'lish uchun bizni kuzatib boring.
7.3K views16:06
Ochish/sharhlash
2022-08-15 12:00:01 Mashhur YouTube kanali Люди PRO (633 000 obunachi) TonWhales loyihasi asoschisi Sergey Yudin bilan suhbatlashdi.

Suhbat juda ko'p qiziqarli mavzularga boy bo’ldi.

Masalan, Sergey USDT steyblkoinining TON tarmog‘ida paydo bo‘lishi istiqbollari haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi, ekotizimda aloqa qanday amalga oshishi, Toncoin yangi Bitcoin’ga aylanishi mumkinmi va Telegramning bugungi kunda TON tarmog‘iga qanday aloqasi borligi haqida gapirib berdi.

Ushbu intervyuni barcha The Open Network ishqibozlariga tavsiya qilamiz:


7.3K views09:00
Ochish/sharhlash