Get Mystery Box with random crypto!

TON Community 🇺🇿

Kanal manzili: @toncoin_uz
Toifalar: Cryptocurrencies
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 83.50K
Kanalning ta’rifi

The Open Network (TON) barchani kripto bilan tanishtiradi. TON Telegram messenjerida Web3 ekotizimini qurish orqali milliardlab odamlarga raqamli shaxsiyat, maʼlumotlar va aktivlarga egalik qilish imkoniyatini beradi.

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 55

2022-08-14 14:32:25TON Foundation dasturchisi bilan suhbat.

TON Foundation asosiy dasturilaridan biri bo’lgan Anatoliy Makosov Invest kingyru kanali muallifi bilan suhbatlashdi va hamjamiyatning bir qator muhim va dolzarb savollariga javob berdi.

Suhbatda quyidagi mavzular muhokama qilindi:

TON DNS kim oshdi savdosi va uning atrofidagi savollar: kim oshdi savdo aqlli shartnomasiga qanday ovoz berilgan, nima uchun domenlar uchun minimal taklif kiritilgan va nega kim oshdi savdosida yaratilgan tangalarni blokirovka qilishga qaror qilingan.
Texnik masalalar: xatolar qanday hal qilinadi, TONda asosiy aqlli shartnomalarni kim yaratadi va ular qanday tekshiriladi.
Kelajak haqida savollar: TON Foundation tanqid bilan qanday ishlaydi, markazlashtirilmagan TON brauzeri rejalashtirilganmi, "oddiy" internetda .ton domenini sotib olish rejalari bormi va boshqalar.

Ekotizimning barcha ishtirokchilariga suhbatni o'qishni tavsiya qilamiz:

1-qism: Umumiy savollar.
2-qism: Texnik savollar.
3-qism: Kelajak haqidagi savollar.
8.2K views11:32
Ochish/sharhlash
2022-08-12 15:30:03 ​Bir necha kun oldin TON’ning o'zaro zanjirli imkoniyatlari haqida so’z borganida, biz TON Foundation bilan birgalikda tokenlarni (jetonlarni) o'tkazish imkonini beradigan, Ethereum va BNB Chain tarmoqlarini TON tarmog'iga va aksincha bog’lashi mumkin bo’lgan, keng ko'lamli o'zaro zanjirli ko'prik ustida ishlayotgan RSquad jamoasini eslab o'tdik.

Ko'prikning ishga tushirilishi haqiqatan ham katta voqea bo'ladi, chunki foydalanuvchilar Ethereum va BNB Chain’ga asoslangan har qanday kriptovalyutalarni (jumladan, steyblkoinlarni) TON blokcheynida saqlashlari, shuningdek, DEX birjalarda savdo qilishlari mumkin bo'ladi.

RSquad jamoasi maqola e'lon qildi, unda ular rivojlanish qanday davom etayotgani, dasturchilar qanday qiyinchiliklarga duch kelayotgani va yangi zanjirli ko'prik ekotizim uchun qanday ahamiyatga ega bo'lishi haqida gapirib berdi.

Maqola ushbu havolada mavjud.

RSquad shuningdek, yaqinda aytib o'tilgan EVM blokcheynlari bilan Rainbow ko'prigi ustida ham ishlamoqda.

RSquad Blockchain Lab — 7 yildan ortiq vaqt davomida blokcheyn loyihalarini ishlab chiqish, maslahat berish va ilgari surish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatib kelayotgan tajribali xalqaro jamoadir. RSquad 14 mamlakatdan kelgan hamkorlar uchun 75 ta blokcheyn loyihalarini amalga oshirgan va maslahatchi sifatida ishlagan.
9.6K views12:30
Ochish/sharhlash
2022-08-11 17:30:03Toncoin kriptovalyutasida keshbek to'laydigan xizmat.

Bugun biz The Open Network hamkorlaridan biri bo’lgan Backit keshbek platformasi haqida gaplashmoqchimiz, uning foydalanuvchilari Toncoin’da keshbek olishlari mumkin.

Backit 3,7 million faol foydalanuvchiga ega bo'lgan eng yirik keshbek xizmatlaridan biridir.

Uning yordami bilan onlayn xaridlarni sevuvchilar 81% gacha keshbek olishadi. Backit AliExpress, M.Video, Yandex.Market, Eldorado, SberMegaMarket, Hoff va boshqa yirik do'konlar bilan hamkorlikda ishlaydi.

Internetdagi xaridlar uchun keshbek olishni boshlash uchun Backit xizmatidan ro'yxatdan o'tish va hamkor do'konlardan birida xarid qilish, undan so’ng esa keshbekning shaxsiy hisobingizga tushushini kutish kifoya.

Shu bilan birga, TON blokcheyn foydalanuvchilari yoqimli bonusga ham ega bo'lishadi: Toncoin’da naqd pulni to'lashda platforma rublda hisoblanganidan 10% ko'proq tanga hisoblaydi.

Siz kriptovalyutani har qanday ekotizim hamyoniga olib o’tishingiz mumkin. Masalan, TonHub, Tonkeeper yoki @wallet.

Biz yirik xizmatlar Toncoinni o‘z faoliyatlariga tatbiq etayotganini ko‘rishdan xursandmiz va TON blokcheyn tangasi oddiy foydalanuvchilar hayotining bir qismiga aylanadi.
15.2K views14:30
Ochish/sharhlash
2022-08-10 17:00:07TonApi bilan tanishtiramiz — TON tarmog'i bilan ishlash uchun ochiq API.

TonApi — dasturchilarga blokcheyn bilan oʻzaro aloqada boʻlish uchun qulay va samarali vositalar toʻplamini taqdim etuvchi va TON asosida markazlashtirilmagan ilovalarni ishlab chiqishdagi toʻsiqni sezilarli darajada kamaytiradigan xizmatdir.

TonApi tufayli mahsulot yaratuvchilarga endi oddiy darajadagi amaliyotlar haqida ekspert tushunchasi kerak bo’lmaydi: xizmat yuqori darajadagi amaliyotlar, o’tkazmalar, NFTlar, tokenlar (jetonlar), DNS va boshqa komponentlarga darhol kirish imkonini beradi.

Yaqin kelajakda TonApi dasturchilari ushbu xizmatni barcha mashhur hamyonlar, toʻlov tizimlari va barcha muhim ekotizim ilovalariga integratsiya qilishni rejalashtirmoqda.

Oddiy foydalanuvchilar TonApi’dan keng imkoniyatlarga ega tarmoq tadqiqotchisi sifatida foydalanishlari mumkin: masalan, o’tkazmalarni kuzatish yoki TON DNS kim oshdi savdosini ko'rish.

Biz yangi samarali ishlab chiqish vositasining paydo bo'lishidan xursandmiz va TonApi jamoasiga muvaffaqiyatlar tilaymiz.
20.0K views14:00
Ochish/sharhlash
2022-08-09 16:05:07TON internet tarmog'i texnologiyalari.

TON blokcheynining global maqsadlaridan biri barcha mavjud blokcheynlar va internetni yagona tarmoqqa birlashtirishdir.

Bugun biz sizga TON loyihasi ushbu yo'lda qanday muvaffaqiyatlarga erishganini va kelajakda qanday relizlar rejalashtirilganligini aytib beramiz.

TON Sites va TON Proxy.

TON Sites va TON Proxy komponentlarini ishga tushirish joriy chorak oxiriga rejalashtirilgan. Shu bilan birgalikda, texnologik reliz ham rejalashtirilgan bo’lib, buning yordamida blokcheyn aqlli shartnomalari veb-saytlar bilan aloqa o'rnatishi mumkin bo'ladi.

Tarmoqlararo NFT o'tkazmalari.

Bahorda biz sizni XP.NETWORK ko'prigi bilan tanishtirgan edik, bu sizga NFT’ni Ethereum, Polygon, BSC Chain, Tron, Tezos, Elrond, Algorand blokcheynlaridan TON tarmog'iga o'tkazish imkonini beradi.

XP.NETWORK ko‘prigidagi ish nihoyasiga yetayotganini ma’lum qilishdan mamnunmiz.

TON tarmog'idagi Ethereum va BNB zanjiriga asoslangan barcha kriptovalyutalarni qo'llab-quvvatlash.

RSquad jamoasi ulkan loyiha ustida ishlamoqda: dasturchilar Ethereum va BNB Chain tarmoqlaridan tokenlarni TON tarmog‘iga o‘tkazish imkonini beruvchi ko‘prik yaratmoqda.

Bu shuni anglatadiki, tez orada TON foydalanuvchilari ushbu ikkita blokcheynga asoslangan har qanday tangalarni TON hamyonlarida (masalan, Ethereum, USDT, BNB, SushiSwap va boshqalar) saqlashlari, shuningdek, TON tarmog'idagi DEX’da savdo qilishlari mumkin bo’ladi.

Ko‘prik joriy chorakda foydalanishga topshiriladi.

EVM blokcheynlari bilan Rainbow ko'prigi (Ethereum, BNB Chain va boshqalar).

Mavjud bo'lgan barcha zanjirli ko'priklar markazlashtirilmagan orakullar tomonidan boshqariladi, ular o’tkazmalarning o'ziga xos "vositachilari" vazifasini bajaradi.

Bu umume'tirof etilgan, yetarlicha xavfsiz va barqaror yechim hisoblanadi. Ammo kelajakda TON Foundation vositachilarga ehtiyoj qolmasligi uchun ko'priklar ishini mukammallikka olib borish va ularni to'liq aqlli shartnomalarga o'tkazish niyatida.

Hozirda TON Foudation RSquad jamoasi blokcheyn dasturchilari bilan birgalikda ushbu maqsadni amalga oshirishga imkon beruvchi kod ustida ishlamoqda.

Bu juda katta vazifa va “rainbow” ko'prigining to'liq ishga tushirilishi 2023-yilda bo'lib o'tadi, biroq rivojlanish davom etar ekan, oraliq natijalar, kod va vositalar e'lon qilinadi.

TON Bridge yangilanishi.

Ma'lumki, Ethereum va BNB Chain tarmoqlari uchun ikkita o'zaro faoliyat zanjirli ko'prigi tarmoqda bir yildan ortiq vaqt davomida ishlamoqda, ular yordamida foydalanuvchilar o'zlarining Toncoinlarini blokcheynlar o'rtasida o'tkazishlari mumkin.

Yaqin kelajakda ko'priklarning interfeysi yangilanadi: u yanada qulay va foydalanuvchilarga qulay bo'ladi.

Joriy yilning uchinchi choragi relizlarga boy bo'lishini va'da qilmoqda. The Open Network tarmog’idagi so'nggi yangiliklarni kuzatib boring.
24.1K views13:05
Ochish/sharhlash
2022-06-23 11:01:27
Janubi-Sharqiy Osiyodagi eng katta kastodial bo’lmagan kripto hamyoni Coin98 Wallet TON’ni qo'llab-quvvatladi.

Endi uning foydalanuvchilari Toncoinni to'g'ridan-to'g'ri ilovada saqlashi va o'tkazishi mumkin bo'ladi.

Coin98 Finance — Osiyodagi yetakchi multiplatformali DeFi bozori boʻlib, 2 million foydalanuvchi va 50 dan ortiq blokcheynga ega.

Kompaniya kastodial bo'lmagan multivalyutali Coin98 Wallet NFT hamyoniga egalik qiladi va o'zining Coin98 Exchange nomli DEX platformasi ham mavjud.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi bir oy ichida TON loyihasi bir qator yirik Osiyo platformalari bilan hamkorlik qila boshladi: masalan, Toncoin MEXC, Unocoin, Matrixport, BitoPro va boshqa Osiyo mintaqasidagi yetakchi kripto birjalarida paydo bo‘ldi. .

Biz TON loyihasining Osiyo bozorlarida o'z ishtirokini kengaytirishda davom etayotganini ko'rishdan mamnunmiz.
5.4K views08:01
Ochish/sharhlash
2022-06-22 18:00:06
TON Events.

Ton.org rasmiy veb-saytida yangilik: saytga TON Events bo'limi qo'shildi, unda ekotizimning kelgusidagi tadbirlari, uchrashuvlar, tanlovlar, xakatonlar va boshqalar e'lon qilinadi.

Agar siz TON hamjamiyat a'zolari uchun tadbir o'tkazishni rejalashtirmoqchi bo’lsangiz, endi siz o'zingizning tadbir e'loningizni TON Events bo’limiga joylashtirishingiz mumkin.

Buning uchun ushbu havoladagi na’munani to'ldiring:
https://ton-org.typeform.com/events
4.0K views15:00
Ochish/sharhlash
2022-06-22 13:00:06Cloudflare saytlarni himoya qilish xizmatida butun dunyo bo'ylab uzilishlar yuz berdi.

Bugungi kunda millionlab saytlarga tarmoq xizmatlarini taqdim etuvchi Cloudflare kompaniyasi internetning katta qismlariga ta'sir qilgan uzilishlarni boshdan kechirdi.

Mashhur Discord messenjeri, Feedly yangiliklar agregatori, DoorDash oziq-ovqat yetkazib berish xizmati va boshqa xizmatlar zarar ko'rdi. Muammolar endi tuzatildi.

TON Foundation markazlashgan korporatsiyalar hukmronligi tufayli zamonaviy internet o‘ta zaif bo‘lib qolganini va millionlab foydalanuvchilarga zarar yetkazadigan bunday nosozliklar davom etishini bir necha bor ta’kidlagan.

Tarmoq xavfsizligining yuqori darajasiga faqat markazlashtirmaslik orqali erishish mumkin.

Yangi maqolada TON Foundation qanday qilib TON blokcheyn markazlashtirmaslik uchun kurashda hal qiluvchi rol o‘ynashi va markazlashmagan meta-bulutga aylanib, joriy bulutli yechimlarni almashtirishi mumkinligini tushuntirib o’tgan:
https://telegra.ph/TON--metabulut-06-22
5.5K views10:00
Ochish/sharhlash
2022-06-21 11:30:01GetGems va TON Diamonds’dan grant dasturi.

Iyun oyi boshida Getgems va TON Diamonds jamoalari aqlli shartnomalar dasturchilari uchun 8000 Toncoin miqdoridagu grant dasturini ishga tushirgan edi.

Kecha ilk natijalar e'lon qilindi: mustaqil dasturchilarning ikkita jamoasi NFT sotuvlari uchun aqlli shartnomalar ishlab chiqishgani uchun 4000 Toncoin’dan oladi.

Dasturchilarni qo‘llab-quvvatlash The Open Network rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, biz yirik ekotizim loyihalari blokcheyn hayotida faol ishtirok etayotganidan va o‘z tashabbuslarini yo‘lga qo‘yganidan mamnunmiz.

E'tibor bering, GetGems iqtidorli dasturchilarga grantlar berishda davom etadi. Ularning yangiliklarini quyidagi kanalda kuzatib borishingiz mumkin:
@getgemsrus
5.5K views08:30
Ochish/sharhlash
2022-06-20 16:30:14TON hamjamiyatining hafta sarhisobi.

Biz o'tgan haftada ro’y bergan eng qiziqarli ekotizim yangiliklarini to'pladik:

TON tarmog‘ida ro‘yxatdan o‘tgan hamyonlar soni 12-18-iyun kunlari 711 698 tadan 786 945 taga (+10,6%) oshdi.

Tonhub hamyon foydalanuvchilari o‘zlarining kriptovalyutalarini yaratishlari mumkin bo‘ladi.

JavaScript mutaxassislari uchun mukofot jamg'armasi 40 000 Toncoin bo'lgan birinchi TON xakatoni e'lon qilindi.

Tayvan aholisi mahalliy valyuta bilan Toncoin sotib olishlari mumkin bo‘ladi: tanga Osiyo mintaqasidagi yetakchi kriptobirjalardan biri bo’lgan BitoPro birjasiga joylashtirildi.

TON ijtimoiy tarmoq sahifalarida umumiy obunachilari soni 2,5 million kishidan oshdi.

TON dasturchilar hamjamiyatining mustaqil mutaxassislari foydalanuvchilarga bir martalik harakat orqali oʻzlarining kriptovalyutalarini yaratish imkonini beruvchi xizmatni chiqardilar.

️Getgems marketpleysi Tonhub hamyonini qoʻllab-quvvatladi.

Boshqa yangiliklar:

“Я люблю TON” kanali disintar.io marketpleysidan foydalanish bo'yicha video qo'llanma chiqardi.

The Open Network ekotizimidagi yangiliklar haqida birinchilardan bo'lib xabardor bo'lish uchun bizni kuzatib boring.
5.0K views13:30
Ochish/sharhlash