Get Mystery Box with random crypto!

TON Community 🇺🇿

Kanal manzili: @toncoin_uz
Toifalar: Cryptocurrencies
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 83.68K
Kanalning ta’rifi

The Open Network (TON) barchani kripto bilan tanishtiradi. TON Telegram messenjerida Web3 ekotizimini qurish orqali milliardlab odamlarga raqamli shaxsiyat, maʼlumotlar va aktivlarga egalik qilish imkoniyatini beradi.

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 30

2023-03-28 11:00:07TON hamjamiyatining hafta sarhisobi.

Biz o'tgan haftadagi eng qiziqarli ekotizim yangiliklarini to'pladik:

20-martdan 26-martgacha TON tarmog‘ida ro‘yxatdan o‘tgan manzillar soni 2 355 877 tadan 2 394 495 taga (+1,6%) oshdi.

@wallet TRON tarmog'idagi (TRC20) USDT steyblkoinini qo'llab-quvvatladi. Endi siz USDT steyblkoinini to‘g‘ridan-to‘g‘ri @wallet hamyonida xarid qilishingiz, yuborishingiz, saqlashingiz, shuningdek, USDT’ni Toncoin’ga almashtirishingiz va to‘g‘ridan-to‘g‘ri Telegram’da qayta almashtirishingiz mumkin.

Bitfinex birjasida Toncoin: tanga CoinMarketCap reytingining TOP-10 dunyodagi eng yirik kriptobirjalaridan birida paydo bo'ladi.

TON Foundation mukofot jamg‘armasi 60 000 AQSh dollari bo‘lgan TON Wallet Challenge dasturini ishga tushiradi. iOS, Android va kompyuter dasturchilari tanlovda ishtirok etishga taklif qilinadi.

Tonstarter 1,5 million dollar mablag‘ to‘pladi va yangi Open Builders tashabbusini boshladi.

TON App katalogining global yangilanishi va qayta dizayni chiqarildi.

TON & Company YouTube kanali TON Play oʻyin platformasi asoschilari bilan intervyu o’tkazdi.

Shuningdek, TON & Company DWF Labs hamkori bilan ham intervyu o’tkazdi. Unda mehmon TON ekotizimining kelajagi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

The Open Network ekotizimidagi yangiliklar haqida birinchilardan bo'lib xabardor bo'lish uchun bizni kuzatib boring.
3.0K views08:00
Ochish/sharhlash
2023-03-27 11:30:01 DWF Labs yangi intervyusida Web3 va TON ekotizimining kelajagi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Eksklyuziv intervyusida DWF Labs hamkori bo‘lgan Henk o'zining markazlashtirilmagan investitsiya kompaniyasi Web3 va kompaniyaning ekotizimga (TON) sodiqligi haqida gapiradi.

Henk blokcheyn texnologiyasining kelajagi, markazlashtirilgan Web2 va markazlashtirilmagan Web3 internetning birgalikda mavjudligi va TON ekotizimini rivojlantirish bo‘yicha qimmatli g‘oyalarni taklif qildi.

Suhbat bilan havola orqali tanishishingiz mumkin.
2.5K views08:30
Ochish/sharhlash
2023-03-26 12:30:00Tonstarter 1,5 million dollar sarmoya yig‘di va yangi Open Builders tashabbusini boshladi.

TON ekotizimida kraudfanding platformasi sifatida o'z faoliyatini boshlagan Tonstarter launchpadi barcha Tonstarter tashabbuslarini bir joyda birlashtirgan yangi Open Builders platformasini ishga tushirdi.

Yaqin kelajakda OpenBuilders TON builderlari uchun bir nechta yangi vositalarni chiqaradi. Hozirgi kunda esa u boshlang'ich loyihalarga yordam bermoqda:

— Ommaviy token sotuvlarini o‘tkazishga yordam beradi.
— VC/Angel Investors klubi yordamida investitsiyalarni jalb qiladi
— Web3 bilan tanishish uchun o'quv qo'llanmasini qo'llab-quvvatlaydi.

Tonstarter launchpadining o'zi esa yangi keng ko'lamli platformaning bir qismiga aylanadi va IDO o'tkazishda, Community Incentives va Tonstarter Learn dasturini ishlab chiqishda davom etadi.

Bundan tashqari, bir necha kun oldin Open Builders kompaniyasi birinchi original mahsulot – blokcheyn loyihalarining “Open Rating”ini ham taqdim etdi, unga barcha qo‘shilishi mumkin.

Open Builders eshiklari barcha uchun ochiq va platforma barcha TON builderlarini hamkorlikka taklif qiladi: http://openbuilders.xyz

Loyiha jamoasi yaqinda Kingsway Capital, Gate.io Ventures, DWF Labs, Hexit Capital va boshqa hamkorlardan 1,5 million dollar miqdorida sarmoya jalb qilgani ham e’tiborga loyiq.
3.0K views09:30
Ochish/sharhlash
2023-03-25 11:00:05
TON Foundation 60 000 dollar mukofot jamg'armasiga ega TON Wallet Challenge musobaqasini boshlaydi.

Biz iOS, Android va kompyuter dasturchilarini tanlovda ishtirok etishga taklif qilamiz.

Sizning vazifangiz hamyonning mavjud versiyalarini almashtira oladigan TON Wallet uchun yangi dastur yaratishdir. Maketlar, foydali manbalar, baholash mezonlari va barcha texnik talablar GitHub sahifamizda berilgan.

Ishtirok etish uchun arizalar @toncontests_bot orqali yuborilishi kerak, tanlov haqida batafsil ma'lumotni rasmiy veb-saytdan olishingiz mumkin.

Tanlov 2 oy davom etadi va 22-may kuni yakunlanadi.

Barchaga omad tilaymiz!
2.8K views08:00
Ochish/sharhlash
2023-03-24 14:49:34Toncoin Bitfinex birjasida: tanga CoinMarketCap reytingining dunyodagi TOP-10 ta eng yirik kripto birjalaridan birida ro’yxatga olinadi.

Markazlashtirilgan Bitfinex birjasi Toncoin listingini oy oxirida e'lon qildi.

Toncoin depozit qilish amaliyoti 27-mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:00 da ochiladi va savdo 29-mart kuni soat 15:00 da (Toshkent vaqti bilan) TON/USDT va TON/USD savdo juftliklarida boshlanadi (esda tuting, birja foydalanuvchilari fiat dollarga tanga sotib olish imkoniyatiga ega).

Bitfinex 2012-yilda tashkil etilgan va hozirda CoinMarketCap umumiy reytingida 6-o‘rinni egallab turibdi. Platformaning kunlik savdo hajmi 260 million dollardan oshadi, birja aktivlarining umumiy miqdori esa 9,7 milliard dollardan oshadi.

Toncoin eng yaxshi kripto platformalaridan biriga ro’yxatga olinganidan mamnunmiz.
3.6K views11:49
Ochish/sharhlash
2023-03-23 12:15:00
@wallet’ hamyonidan ajoyib yangilik. Hamyon TRON tarmog'idagi USDT steyblkoinini qo'llab-quvvatladi (TRC20)

Endi @wallet foydalanuvchilari sanoatdagi eng mashhur steyblkoin bilan istalgan o’tkazmalar amalga oshirishlari mumkin.

Endi siz USDT’ni sotib olishingiz, sotishingiz va boshqa foydalanuvchilarga komissiyasiz yuborishingiz mumkin. Bundan tashqari, to'g'ridan-to'g'ri hamyon interfeysida USDT’ni Toncoin’ga almashtirishingiz mumkin.

@wallet’ hamyonini steyblkoin bilan to'ldirish bo'yicha oddiy ko'rsatma ushbu havolada mavjud.

USDT’ning @wallet botga integratsiyalashuvi uzoq vaqtdan talab qildi va nihoyat amalga oshdi. Butun hamjamiyatimizni ushbu voqea bilan tabriklaymiz.
6.0K views09:15
Ochish/sharhlash
2023-03-22 13:00:04TON App global yangilik.

Markazlashtirilmagan ilovalar katalogi TON App yangilandi va xizmatning keng ko'lamli qayta dizayni taqdim etildi:

Asosiy sahifa yaxshilandi.

Navigatsiya va qidirish yanada qulayroq bo'ldi. Ilovalarni tezda topish uchun turli filtrlar qo'shildi.

Yangilangan kategoriya interfeysi.

Animatsiyalar qo'shildi va eng mashhur xizmatlarni ko'rsatish interfeysi o'zgartirildi.

Ilovalar sahifalarining o'zi qayta ishlandi.

Ta'riflar batafsilroq bo'ldi va dApps tez orada asosiy funksiyalarning tushuntirishlari bilan teglarni qabul qiladi.

Dasturchilar sahifasining interfeysi yangilandi.

Sahifa qulayroq bo'ldi va endi mahsulot yaratuvchilarga katalogga xizmatlarni qo'shish osonroq bo'ladi.

TON App jamoasi maqolalar boʻlimida katalog va kontentni toʻldirishga eʼtibor qaratib, saytni yaxshilashda davom etadi.
6.9K views10:00
Ochish/sharhlash
2023-03-22 10:00:09 TON Play asoschilari bilan suhbat: platforma blokcheyn o'yinlarini qanday inqilob qiladi?

TON Play o'yin platformasi asoschilari TON & Company kanaliga eksklyuziv intervyu berishdi.

Videodan siz TON Play qanday yaratilgani, boshqa shunga oʻxshash saytlarga nisbatan geymerlar va oʻyin yaratuvchilari uchun qanchalik qulayligi va TON Play qanday qilib aniq blokcheyn oʻyin qoidalarini oʻzgartiruvchi gamechanger’ga aylanish niyatida ekanligini bilib olasiz.

Intervyuni barcha foydalanuvchilarga, ayniqsa o'yin ixlosmandlariga ko'rishni tavsiya qilamiz.
6.4K views07:00
Ochish/sharhlash
2023-03-21 17:15:00TON hamjamiyatining hafta sarhisobi.

Biz o'tgan haftadagi eng qiziqarli ekotizim yangiliklarini to'pladik:

13-martdan 19-martgacha TON tarmog‘ida ro‘yxatdan o‘tgan manzillar soni 2 313 891 tadan 2 347 955 taga (+1,4%) oshdi.

FS Labs venchur studiyasining katta hamkori va VKontakte super ilovalarini ishlab chiqish bo‘yicha sobiq direktori Anton Sivarev TON Foundation Director of Developer Relations lavozimini egalladi.

TON grant qoʻmitasi tomonidan qoʻllab-quvvatlangan loyihalar roʻyxati eʼlon qilindi. 1-qism va 2-qism. Eslatib oʻtamiz, har oy grant arizalarining yangi bosqichlari oʻtkaziladi va TON asosida foydali mahsulotlar yaratuvchi istalgan jamoa ishtirok etishi mumkin. Arizani hozirda Questbook 2.0 orqali qoldirish mumkin.

Whiterabbit jamoasi TON mayning qilish tarixini tahlil qiluvchi yangi maqola e’lon qildi.

TON blokcheyn xalqaro AIBC Awards Eurasia 2023 tanlovida “Yilning eng yaxshi dasturchilar hamjamiyati” mukofotini qo’lga kiritdi.

DoraHacks portali Hack-a-TON x DoraHacks global xakatoni doirasida boʻlib oʻtgan 14 ta jonli tadbirning umumiy sharhini eʼlon qildi.

2+ million foydalanuvchiga ega kastodial bo’lmagan MathWallet hamyoni asosiy TON tarmog'ini qo'llab-quvvatladi.

The Open Network ekotizimidagi yangiliklar haqida birinchilardan bo'lib xabardor bo'lish uchun bizni kuzatib boring.
756 views14:15
Ochish/sharhlash
2023-03-20 11:30:06
Kastodial bo’lmagan MathWallet hamyoni TON asosiy tarmog'ini qo'llab-quvvatladi.

Endi xizmatning 2 milliondan ortiq foydalanuvchilari Toncoin’ni boshqa 70 ta blokcheyn tangalari bilan bir qatorda bitta ilovada saqlashlari mumkin.

MathWallet foydalanuvchilari quyidagi funksiyalardan foydalanishlari mumkin:

— Toncoin’ni saqlash va yuborish.
— Turli markazlashtirilmagan ilovalarga kirishni tasdiqlash.
— TON hamyonlarini yaratish va import qilish.
— Hamyon interfeysida TON tarmog'iga kirish.

TON tarmog'ini qo'llab-quvvatlaydigan yana bir yirik markazlashtirilmagan xizmatga xush kelibsiz.
2.4K views08:30
Ochish/sharhlash