Get Mystery Box with random crypto!

TON Community 🇺🇿

Kanal manzili: @toncoin_uz
Toifalar: Cryptocurrencies
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 83.68K
Kanalning ta’rifi

The Open Network (TON) barchani kripto bilan tanishtiradi. TON Telegram messenjerida Web3 ekotizimini qurish orqali milliardlab odamlarga raqamli shaxsiyat, maʼlumotlar va aktivlarga egalik qilish imkoniyatini beradi.

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 36

2023-01-27 11:00:09BIT kripto birjasi Toncoin opsiyali savdosini yo’lga qo’ydi.

Toncoin BIT birjasidagi opsiyali savdolarga ega BTC va ETH bilan birgalikda uchinchi kriptovalyutaga aylandi.

Bu TON ekotizimlari uchun katta qadamdir, chunki investorlar bugundan boshlab yangi savdo vositasiga ega bo’lishdi.

Kriptovalyuta opsiyalari nima?

Bular aktivni oldindan belgilangan narxda sotib olish yoki sotish huquqini (lekin majburiyatni emas) ta'minlovchi shartnomalardir. Bu nisbatan kam riskli aktivning kelajakdagi narxi haqida spekulyatsiya qilish uchun qulay savdo vositasidir.

Ekotizim uchun qanday foydasi bor?

Endi institutsional va chakana treyderlar Toncoin bilan amaliyotlar amalga oshirish uchun qo'shimcha imkoniyatga ega bo'lishdi. Bu albatta, tanga mashhurligiga ijobiy ta'sir qiladi.

Shuni ham ta'kidlaymizki, keyinchalik Toncoin opsiyaliy savdosi derivativ treyderlar uchun institutsional likvidlik tarmog'i bo’lgan Paradigm’ga ham qo’shilib, tangani savdo muhitida yanada mashhur qiladi.
11.3K views08:00
Ochish/sharhlash
2023-01-26 11:00:08
TON tarmog'idagi manzillar soni 2 000 000 taga yetdi!

TON tarmog'ida ikki millioninchi manzil ro'yxatga olindi va biz hamjamiyatni ushbu ramziy marraga erishgani bilan tabriklaymiz!

Olti oy oldin, iyul oyida biz millioninchi manzilni ro'yxatdan o’tganini nishonlagan edik va o'shandan beri tarmoq deyarli 2 baravarga o'sdi.

Ishonchimiz komilki, o'sish sur'ati kelajakda davom etadi va hatto tezlashadi va shu bilan birga TON hamjamiyatiga ekotizim hayotidagi faol ishtiroki uchun minnatdorchilik bildiramiz.
14.5K views08:00
Ochish/sharhlash
2023-01-25 16:15:29
TON blokcheyni Coincodex’da ro’yxatga olindi.

Kriptovalyuta agregatori bo’lgan Coincodex, Tegro jamoasi ko'magida TON blokcheyn sahifasini qo'shdi va TON asosidagi barcha asosiy tokenlar ham ro’yxatga olindi.

CoinCodex — CoinMarketCap va CoinGeckodan keyin uchinchi eng mashhur kriptovalyuta agregator platformasi bo'lib, unga oyiga 1,5 milliondan ortiq kishi tashrif buyuradi.

Shuningdek, Tegro ishtirokida TON blokcheyni va asosiy tokenlar CoinCheckup va CoinPaprika agregatorlariga joylashtirildi.
18.1K views13:15
Ochish/sharhlash
2023-01-24 14:06:17Tokenomikani optimallashtirish bo'yicha hamjamiyat tashabbusi.

TON tarmog'ida tokenomikani optimallashtirish bo'yicha taklif @tonblockchain kanalida e'lon qilindi.

Biz uning tarjimasini e'lon qilamiz va sizni sharhlarda uning muhokamasiga qo'shilishga taklif qilamiz.

Taklifning tarjimasi:

"Tokenomikani optimallashtirish bo'yicha hamjamiyat taklifi.

17-dekabr kuni TON tarmog'ining tokenomikasi shaffofligini oshirish bo'yicha muntazam so'rovlarga javoban, jamoa ilk maynerlarni 2022-yil oxirigacha harakatsiz hamyonlarini faollashtirishga
chaqirgan edi.

Bugungi kunga qadar
aniqlangan 204 ta nofaol mayning hamyonidan 194 ta hamyonning umumiy balansida 1 081 425 847 Toncoin nofaol holda saqlanmoqda. Ushbu mayning hamyonlari to'g'ridan-to'g'ri Proof-of-Work aqlli shartnomalaridan tanga qazib olgan, ammo hech qachon faollashtirilmagan va ularning tarixida chiquvchi o’tkazmalar mavjud emas.

Toncoin — TON tarmog'ida markazlashtirilmagan xizmatlarga kirish uchun zarur bo'lgan komissiya. Ushbu hamyonlarning egalari ularga kirish huquqini yo'qotishi mumkin degan fikr mavjud. Qanday bo'lmasin, hamjamiyat bir narsada birlashadi: nofaol Toncoin’larning mavjudligi tarmoq ishtirokchilari uchun noaniqlikni oshiradi.

TON — hamjamiyat tomonidan boshqariladigan blokcheyn va biz validatorlar hamjamiyat fikrini tinglashlari kerakligiga ishonamiz.

Shuning uchun biz validatorlarni ma'lum vaqt davomida faol bo'lmagan mayning hamyonlarini faolsiz ushlab turadigan tokenomikani optimallashtirish taklifiga ovoz berishga taklif qilamiz.

Jamiyatning ba'zi a'zolari ushbu hamyonlarni doimiy ravishda o'chirib qo'yishni taklif qilishgan bo'lsa-da, ishtirokchilarning aksariyati bizni bog'laydigan va birlashtiradigan markazsizlashtirish g'oyasiga sodiq qolishadi. Shu sababli, hamjamiyat 48 oylik muddat belgilash bo'yicha konsensusga qaror qildi. Bu vaqt davomida hamyonlar faol bo'lmaydi. Bu TON ekotizimida davom etayotgan muhokamalardan bexabar bo'lganlar uchun moslashuvchanlikni saqlab, rivojlanish uchun yetarli vaqt beradi.

TON tarmog‘idagi boshqa har qanday taklif singari, bu taklif ham ketma-ket ikki tekshirish bosqichida validatorlarning kamida 75 foizi tomonidan qo‘llab-quvvatlansagina kuchga kiradi.

Faol bo‘lmagan mayning hamyonlari egalari 2023-yil 21-fevralda boshlanadigan validator ovoz berish jarayoni tugashidan oldin istalgan vaqtda uni faollashtirish (chiqish o’tkazmasini amalga oshirish) orqali hamyonini ro‘yxatdan olib tashlashi mumkin. Hozirda faol bo'lmagan kon hamyonlarining to'liq ro'yxatini ushbu havolada topishingiz mumkin:
https://tontech.io/stats/early-miners.
Mayning aqlli shartnomalaridan (“Giverlar”) Toncoin olmagan yoki kamida bitta chiquvchi o’tkazmani amalga oshirgan hamyonlar o‘chirilmaydi.

Biz noyob markazlashtirilmagan TON blokcheyn hamjamiyatidan faxrlanamiz. Bizning markazsizlashtirish missiyamiz faqat bugungi kunda mavjud bo'lgan hamjamiyatning faol ishtiroki bilan amalga oshirilishi mumkin.

Hamjamiyatning barcha a’zolarini ushbu tashabbus muhokamasiga qo‘shilishga va o‘z fikrlarini bildirishga chaqiramiz”.
16.2K views11:06
Ochish/sharhlash
2023-01-23 14:00:14TON hamjamiyatining hafta sarhisobi.

Biz o'tgan haftadagi eng qiziqarli ekotizim yangiliklarini to'pladik:

15-21 yanvar kunlari TON tarmog‘ida ro‘yxatdan o‘tgan manzillar soni 1 926 369 tadan 1 971 581 taga (+2,3%) oshdi.

@cryptobot TON ekotizim ishtirokchilari uchun tanlov boshlaydi.

Uniton hamyon yangilanishi chiqarildi.

2022-yil sarhisobi e'lon qilindi: biz o'tgan yili TON ekotizimida sodir bo'lgan eng muhim va diqqatga sazovor voqealarni to'pladik.

O‘tgan yilning kuzida TON granti olgan loyihalar ro‘yxati e’lon qilindi.

Yaqinlashib kelayotgan qoʻshma xakaton doirasida TON Foundation va DoraHacks portali dunyoning turli shaharlarida TON dasturchilari va builderlari uchun oʻndan ortiq jonli tadbirlar oʻtkazadi. Biz dasturchilarni oflayn tadbirlarda ishtirok etishga taklif qilamiz.

Bitget kripto birjasi Tonkeeper hamjamiyat menejeri va TON ekotizimining faol ishtirokchisi bo’lgan Denis Matveev ishtirokida AMA konferensiyasini o'tkazdi.

Rasmiy veb-saytdagi TON DNS boʻlimi yangilandi.

Boshqa yangiliklar:

Biz ​Pump-and-dump deb nomlangan bozorni manipulyatsiya qilishning umumiy savdo sxemasi haqida ma’lumot berdim. Mablag'laringizni himoya qilish uchun ushbu postni o’qishingizni qat'iy tavsiya qilamiz.

The Open Network ekotizimidagi yangiliklar haqida birinchilardan bo'lib xabardor bo'lish uchun bizni kuzatib boring.
13.0K views11:00
Ochish/sharhlash
2023-01-22 13:05:44
Dns.ton.org kim oshdi savdo sahifasi yangilandi.

Ton.org rasmiy veb-saytida TON DNS domen nomlarining markazlashtirilmagan kim oshdi savdo bo‘limi yangilandi.

Endi sayt bilan ishlash yanada qulayroq bo'ldi, xususan:

Endilikda rus tilida domenlarni sotib olish bo'yicha batafsil ko'rsatmalar mavjud.
Murojaatlar tarixi tashkil etildi.
Interfeys yaxshilandi.

Eslatib o‘tamiz, har qanday foydalanuvchi TON blokcheynida qisqa .ton domen nomini xarid qilishi va uni istalgan tarmoq manziliga: hamyon, aqlli shartnoma yoki veb-saytga bog‘lashi mumkin.

Biz bu yerda TON DNS texnologiyasi haqida batafsil ma’lumot berganmiz.
14.8K views10:05
Ochish/sharhlash
2023-01-21 10:00:13
Bitget x TON AMA sessiyasi.

21-yanvar kuni soat 21:00 da (Toshkent vaqti bilan) Bitget kripto birjasi Tonkeeper hamjamiyatining menejeri va TON ekotizimining faol ishtirokchisi bo’lgan Denis Matveev ishtirokida AMA konferensiyasini o'tkazadi.

Shuningdek, tinglovchilar uchun mukofot jamg'armasi 300 Toncoin bo'lgan ikkita tanlov o'tkaziladi. Tafsilotlar va shartlar ushbu postda berilgan.

Sizni suhbatga qo'shilishga taklif qilamiz!

Suhbat rus tilidagi Bitget chatida 21:00 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi:
https://t.me/BitgetRussian
16.3K views07:00
Ochish/sharhlash
2023-01-20 11:00:11Biz TON dasturchilari va builderlarni butun dunyo bo'ylab oflayn sessiyalarga taklif qilamiz.

Shu oyning oxirida boshlanadigan yaqinlashib kelayotgan Hack-a-TON x DoraHacks doirasida TON Foundation va DoraHacks portali dunyoning turli shaharlarida TON dasturchilari va builderlari uchun o‘ndan ortiq jonli tadbirlarni o‘tkazadi.

Tadbirlarga faqat maxsus taklifnomalar orqali kirish mumkin: 6-10 ta jamoa qabul qiladi, jamoalar arizalarni qoldirib, o‘z g‘oyalarini bayon qilishlari kerak.

Tadbirlarda dasturchilar bir-birlari bilan tanishishlari, TON asosidagi mahsulotlarni yaratish uchun bilim va resurslarga ega bo‘lishlari, shuningdek, TON Foundation vakillari va tajribali TON dasturchilari bilan muloqot qilishlari mumkin bo‘ladi.

Agar siz tadbirlardan birida ishtirok etishni istasangiz, quyidagi mezonlarni hisobga olgan holda maxsus arizani to'ldirishingiz kerak:

Tadbirda har bir jamoadan maksimal 2 kishi qatnashishi mumkin.
Pitch 150-250 soʻzdan oshmasligi kerak.
G‘oya qisqa va aniq bayon qilinishi kerak.
G'oyangizning TON ekotizimiga bo'lgan ahamiyatini alohida ta'kidlash kerak.

Hujjatlar 25-yanvargacha qabul qilinadi.

Biz butun dunyo bo'ylab dasturchilarni kelajak internetini yaratishga qo'shilishga taklif qilamiz!

Arizangizni ushbu ariza orqali topshirishingiz mumkin.

Oflayn sessiyalar jadvali.

11-12-fevral:

Taypey, Seul, Bangkok, Praga.

18-19-fevral:

Dubay, Tel-Aviv, Tokio, Istanbul, Singapur.

25-26-fevral:

Gonkong, Melburn, Sankt-Peterburg, Haydarobod, London.

Oflayn ko'rishguncha!
3.1K views08:00
Ochish/sharhlash
2023-01-19 13:45:45TON grant dasturi: kuzgi natijalar.

O'tgan yilning sentabr, oktabr va noyabr oylarida TON grantlar qo'mitasi bir nechta loyihalar uchun grantlarni tasdiqladi.

TONDaddy.

Bu TON DNS domen nomlarining markazlashtirilmagan kim oshdi savdosi uchun analitik platforma hisoblanadi. TONDaddy TON asosida Web3 infratuzilmasini ishlab chiqadigan TonX Studio jamoasiga tegishli.

Xizmat barcha TON DNS savdolarini kuzatib boradi va foydalanuvchilarga muqobil nomlarni tanlashda yordam beradi. Misol uchun, agar siz qidiruv satriga foydalanuvchi so'rovini kiritsangiz, user.ton domeniga qo'shimcha ravishda foydalanuvchi so'zini o'z ichiga olgan barcha joriy va yakunlangan kim oshdi savdolarini ham ko'rasiz.

Grant tahliliy platformani yanada rivojlantirish uchun ajratilgan.

OpenMask.

Brauzerga asoslangan ushbu kriptovalyuta hamyoni MetaMask hamyoniningTON tarmog'idagi analogidir. OpenMask MetaMask’ga o'xshash arxitekturaga ega, ammo unda juda ko'p zamonaviy xususiyatlarga mavjud.

Grant veb-saytni rivojlantirish va hamyonni kengaytirish uchun berilgan.

Rift (sobiq dBuilder).

TON asosida aqlli shartnomalar yaratish uchun asos. Uskuna Python dasturchilari uchun mo'ljallangan.

Xizmatning vazifasi TON bo'yicha aqlli shartnomalarni yaratishni yanada qulayroq qilish va TON’ dasturlash uchun kirish chegarasini kamaytirishdir.

Web3 Campus.

Web3 ishlab chiqish bo'yicha ta'lim portali.

Web3 kampusi Web3 segmentida turli kasblarni, jumladan, TON ekotizimidagi rivojlanish kurslarini o‘rgatuvchi kurslarni yaratish niyatida. Taxminlarga ko'ra, xizmat o'qituvchilari to'lovni kriptovalyutada olishlari mumkin.

Grant TON blokcheyni haqida o'quv materiallarini yaratish uchun berilgan.

SmartSign.

Elektron NFT imzolarini yaratish xizmati. Smart Sign loyihasi TON NFT texnologiyasi uchun noyob foydalanish misolini ishlab chiqmoqda: oddiy imzolar bilan bir xil tarzda ishlatilishi mumkin bo'lgan blokcheyn imzolarini ishlab chiqish (masalan, avtograflarni imzolash yoki hujjatlarni imzolash uchun).

Grant Smart Sign g'oyalarini ishlab chiqish va to'liq huquqli NFT imzo xizmatini ishga tushirish uchun berilgan.

Eslatib o‘tamiz, TON grant dasturi va ariza topshirish jarayoni haqidagi barcha ma’lumotlarni quyidagi veb-saytdan topishingiz mumkin:
https://ton.org/en/grants
2.8K views10:45
Ochish/sharhlash
2023-01-18 11:30:01
2022-yil sarhisobi.

Biz TON blokcheynining eng muhim yutuqlarini va 2022-yilda ro’y bergan ekotizimdagi muhim voqealarni to'pladik.

The Open Network o'tgan yili ajoyib sakrashni amalga oshirdi va biz siz bilan bu qanday sodir bo'lganini eslab o’tamiz.

Hisobot ushbu havolada mavjud (kanaldagi birinchi postdan oxirgisiga qarab tushing):
https://t.me/Review_TON_2022/4
7.2K views08:30
Ochish/sharhlash