Get Mystery Box with random crypto!

TON Community 🇺🇿

Kanal manzili: @toncoin_uz
Toifalar: Cryptocurrencies
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 83.68K
Kanalning ta’rifi

The Open Network (TON) barchani kripto bilan tanishtiradi. TON Telegram messenjerida Web3 ekotizimini qurish orqali milliardlab odamlarga raqamli shaxsiyat, maʼlumotlar va aktivlarga egalik qilish imkoniyatini beradi.

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 35

2023-02-07 14:00:21
Tonstarter jamoasi tomonidan TON blokcheyn ekotizimining xaritasi.

Tonstarter launchpadi TON ekotizim loyihalari xaritasini tayyorladi. Tanlov TON hamjamiyatidagi loyihalar faolligiga va blokcheynning turli qismlaridan vakillarni tanlashga asoslanadi va boshqa tarmoqlar hamjamiyatlarga va TON’ga yangi kelganlarga ekotizimni tanishtirish maqsadida tayyorlangan.

Yil davomida TON ekotizimida DeFi, NFT, SocialFi, GameFi va boshqa toifalardagi ko'plab yuqori sifatli loyihalar paydo bo'ldi. Yuzlab loyihalar TON’ni o'z ekotizimlarida ishlab chiqmoqda va amalga oshirmoqda, bu esa TON foydalanuvchilari sonining kelajakda o'sishiga yo'l ochadi.
2.8K views11:00
Ochish/sharhlash
2023-02-06 14:00:20TON hamjamiyatining hafta sarhisobi.

Biz o'tgan haftadagi eng qiziqarli ekotizim yangiliklarini to'pladik:

TON tarmog‘ida ro‘yxatdan o‘tgan manzillar soni 29-yanvardan 5-fevralgacha 2 021 013 tadan 2 060 166 taga (+1,9%) oshdi.

TON Foundation 2023-yilga moʻljallangan TON yoʻl xaritasini yangiladi va yoʻl xaritasiga sharh eʼlon qildi. Sizni postning tarjimasini o'qishni taklif qilamiz.

TON Foundation TON ekotizimining TVL darajasini oshirishga qaratilgan umumiy jamg‘armasi 20 million dollar bo‘lgan keng ko‘lamli The Open Challenge dasturini ishga tushirdi.

Mukofot jamg'armasi 300,000 dollar bo'lgan global Hack-a-TON x DoraHacks tadbiri boshlandi!

GAGARIN launchpadi TON asosidagi loyihalarni inkubatsiya qilish uchun arizalarni qabul qilishni boshladi.

Fanzee loyihasi ekotizimda birinchi markazlashtirilmagan token steykingini ishga tushirdi.

Getgems bozori "Yangi yil tuxumlari" bayram o'yini natijalarini sarhisob qildi.

Kastodial bo'lmagan Tonkeeper hamyoni va Mercuryo toʻlov tizimi qoʻshma tanlov oʻtkazmoqda, unda siz noyob .ton domenini yutib olishingiz mumkin.

The Open Network ekotizimidagi yangiliklar haqida birinchilardan bo'lib xabardor bo'lish uchun bizni kuzatib boring.
2.9K views11:00
Ochish/sharhlash
2023-02-05 16:31:48
TON ekotizimida birinchi token steykingi.

1-fevral kuni Fanzee loyihasi aqlli shartnoma asosida o'zining token steykingini ishga tushirdi. Bu ekotizim tarixidagi TON asosidagi tokenlarni steykinga ruxsat beruvchi birinchi DeFi vositasidir.

Foydalanuvchilarga 3, 6 va 12 oylik steykingning 3 ta opsiyasi taklif etiladi, ishtirokchilar esa steyking tangalarni hovuzda saqlash uchun maxsus Bond NFT’larini oladilar.

TON ekotizimi yangi markazlashtirilmagan DeFi yechimlari bilan o‘sib bormoqda va mahsulot dasturchilari Fanzee misolidan ilhomlanib, shunga o‘xshash xizmatlarni yaratishiga umid qilamiz.
2.5K views13:31
Ochish/sharhlash
2023-02-03 16:30:00The Open Challenge — TON ekotizimining TVL darajasini oshiradigan loyihalar uchun mukofot dasturi hisoblanadi.

TON Foundation TON ekotizimida TVL (muzlatilgan mablag’ hajmi) oshirishga qaratilgan 50 million dollarlik The Open Challenge dasturini ishga tushirdi.

Dasturda DEX, Bridge va Tokens kabi ekotizim likvidligini ta'minlashga hissa qo'shadigan har qanday DeFi loyihalari ishtirok etishi mumkin.

Mukofotlar har chorakda beriladi va ularning miqdori mahsulot jalb qilishi mumkin bo'lgan mablag'lar miqdoriga bog'liq bo'ladi.

Dasturning ishga tushirilishi TON DeFi segmenti uchun muhim qadamdir.

The Open Challenge TON asosida markazlashmagan moliyani rivojlantirishni tezlashtiradi va boshqa blokcheynlardan Web3 jamoalarini The Open Network tarmog’ida talab qilinadigan DeFi yechimlarini yaratishga ilhomlantiradi.

Agar siz dasturda qatnashmoqchi bo'lsangiz, uning to'liq shartlarini o'qib chiqishingiz va ariza topshirishingiz kerak:
https://ton.org/en/open-challenge
3.2K views13:30
Ochish/sharhlash
2023-02-02 14:15:00TON RoadMap 2023 taqdim etildi.

TON Foundation 2023-yil uchun TON yo'l xaritasini yangiladi va yo'l xaritasiga sharhni e'lon qildi.

Xabarning tarjimasini eʼlon qilamiz:

2023-yilga mo‘ljallangan yo‘l xaritasi shakllantirildi va chop etildi.

O'tgan yil davomida markazlashmagan birjalar va ko'p xususiyatli hamyonlardan bozorlar va blokcheyn o'yinlarigacha TON’da turli xil mahsulotlarning ekotizimlari tezda qurildi. The Open Network tarmog’ining asosiy komponentlari ham ishga tushirildi: TON DNS, TON Payments, TON Proxy, TON Sites, TON Storage.

Biz joriy yilning birinchi yarmini barcha joriy ishlanmalarni bir-biri bilan uyg‘unlashtirishga, TON yanada qulay bo‘lishiga va ekotizim ishtirokchilariga yanada ko‘proq foyda keltirishi uchun ularni takomillashtirishga va optimallashtirishga bag‘ishlaymiz.

Yo'l xaritasi ko'plab yangilanishlardan iborat va TON mahsulotini dasturchilari unga yetishmayotgan narsalarni topadilar.

TON – foydalanuvchilarni jalb qilishning yangi, ba’zan kutilmagan usullarini topadigan yagona zamonaviy blokcheyn. Yilning ikkinchi yarmida biz ushbu yo'nalishda qilgan barcha ishlarimizni ortda qoldirishga harakat qilamiz.

Biz eng dolzarb muammolarni hal qilishga intilamiz va voqealar dinamik ravishda o'zgarib turadi, 3 va 4 chorak to'liq to'ldirilmaydi va ish davomida to'ldiriladi.

Texnik nuqtai nazardan, TON allaqachon mavjud bo'lgan barcha blokcheynlarni katta farq bilan ortda qoldiradi.

Buni tasdiqlash uchun biz TON’ning haqiqiy ishlashini va uning og'ir yuk ostida ishlash qobiliyatini ko'rsatadigan shouni rejalashtirdik.

TON Proxy, TON Payments va TON Storage komponentlarini yanada rivojlantirish alohida sahifalarda tasvirlandi.
5.1K views11:15
Ochish/sharhlash
2023-02-01 11:00:09
GAGARIN launchpadi TON asosidagi loyihalarni inkubatsiya qilish uchun arizalarni qabul qiladi.

BNB Chain tarmog'ida kriptoloyihalarni ishga tushirishda katta tajribaga ega bo'lgan GAGARIN launchpadi o'z tajribasini TON ekotizimi bilan bo’lishadi va The Open Network tarmog’ida mahsulot yaratuvchi jamoalarni qo'llab-quvvatlashga tayyor.

Platforma startap loyihalariga bir qator inkubatsiya vositalari va xizmatlarini taklif etadi.

Siz GAGARIN’ning rasmiy veb-saytida inkubatsiya uchun ariza qoldirishingiz mumkin:
https://ton.gagarin.world/ru
2.6K views08:00
Ochish/sharhlash
2023-01-31 14:00:14Uzoq kutilgan TON asosidagi Megaton Finance DEX birjasi ishga tushirildi.

Tadbirni qo'llab-quvvatlash uchun birja jamoasi TON ekotizimining a'zolari uchun ikkita aksiyani boshlaydi.

TON Transaction fee support Event.

30-yanvardan 28-fevralgacha siz har hafta 2 ta Toncoin yutib olishingiz mumkin (har bir ishtirokchiga maksimal 8 Toncoin).

Ishtirok etish uchun:

1. Tadbir sahifasining pastki qismida TON hamyon manzilingizni tasdiqlang.
2. Orbit Bridge (USDT, USDC, ETH, KLAY, MATIC, KSP, ORC, MESH kriptovalyutalari qabul qilinadi) yordamida TON tarmog'iga 100 dollar yoki undan ko'proq pul yuboring.
3. Natijalarni kuting: har haftaning birinchi 2500 ishtirokchisi 2 Toncoin oladi.

Aksiyaning umumiy mukofot jamg‘armasi 20 000 Toncoin’ni tashkil qiladi.

Megaton Finance Liquidity Provider Event.

Siz Megaton Finance’dagi likvidlik hovuzlaridan birining likvidlik provayderi bo‘lishingiz va 50 000 MEGA o‘yinida ishtirok etishingiz mumkin.

Ishtirok etish uchun:

1. Maqsadli likvidlik hovuzlaridan biriga kamida $1 yoki undan ko'p mablag’ kiriting (ularning ro'yxatini aksiya sahifasida topish mumkin).
2. TON hamyoningizni Megaton Finance’ga ulang va o‘yin tugashini kuting.

TON ekotizimidagi yangi markazlashmagan savdo platformasiga xush kelibsiz!
5.0K views11:00
Ochish/sharhlash
2023-01-30 12:30:00TON hamjamiyatining hafta sarhisobi.

Biz o'tgan haftadagi eng qiziqarli ekotizim yangiliklarini to'pladik:

TON tarmog‘ida 22-28-yanvar kunlari ro‘yxatdan o‘tgan manzillar soni 1 976 182 tadan 2 016 236 taga (+2%) oshdi.

TON tarmog'ida tokenomikani optimallashtirish bo'yicha taklif @tonblockchain kanalida e'lon qilindi.

TON blokcheyn kriptovalyuta agregatori bo’lgan Coincodex’da paydo bo‘ldi.

Ikki million manzil TON tarmog'ida ro'yxatdan o'tkazildi.

​BIT kripto birjasi Toncoin opsionlari savdosini yo’lga qo’ydi.

@wallet foydalanuvchilari Toncoin’ni Rossiya bank kartalariga yechib olish imkoniyatiga ega bo’lishdi.

STON.fi 20 000 Toncoin’gacha boʻlgan mukofot bilan Bug Bounty dasturini ishga tushiradi.

The Open Network ekotizimidagi yangiliklar haqida birinchilardan bo'lib xabardor bo'lish uchun bizni kuzatib boring.
9.5K views09:30
Ochish/sharhlash
2023-01-29 12:00:11
STON.fi 20 000 Toncoingacha bo’lgan mukofot bilan Bug Bounty dasturini ishga tushiradi.

TON asosidagi STON.fi markazlashmagan birjasi ochiq manbalarni dasturlashga o'tadi va zaifliklarni qidirish dasturini ishga tushiradi.

Bu ekotizim uchun muhim voqea, chunki:

DEX kodi endi ochiq va har kim uning ishonchliligini kuzatishi mumkin.
Har qanday dasturchi jamoa birja kodidan o'z loyihalari uchun asos sifatida foydalanishi mumkin.

STON.fi jamoasi mutaxassislarni Bug Bounty’da ishtirok etishga taklif qiladi. Dasturning umumiy fondi 500 000 dollarni tashkil etadi va topilgan har bir zaiflik uchun 20 000 Toncoin’gacha mukofot taqdim etiladi.

Dastur haqida batafsil ma'lumotni ushbu havoladan topishingiz mumkin:
https://github.com/ston-fi/bug-bounty
14.0K views09:00
Ochish/sharhlash
2023-01-28 15:35:11
@wallet’ foydalanuvchilari endi Toncoin’ni Rossiya bank kartalari orqali yechib olish imkoniyatiga ega bo’lishdi.

Endi siz oddiy va qulay interfeys orqali @wallet botdan Rossiyada chiqarilgan bank kartalariga mablag'larni yechib olishingiz mumkin.

Toncoin’ni yechib olish uchun matnli bot interfeysida “Mening hamyonim” → “Kriptovalyutani sotish” tugmasini bosing, yechib olish summasini kiriting va o’tkazmani yakunlash uchun tashqi hamkor veb-saytiga o’ting. Bir necha daqiqada pul belgilangan kartaga kelib tushadi.

E'tibor bering, hozirda Toncoin’ni faqat Rossiya bank kartalari orqali rublda yechib olish mumkin.

@wallet jamoasi kriptovalyutani yechib olishning yangi usullarini qo'shish ustida ishlamoqda.
12.6K views12:35
Ochish/sharhlash