Get Mystery Box with random crypto!

TON Community 🇺🇿

Kanal manzili: @toncoin_uz
Toifalar: Cryptocurrencies
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 83.50K
Kanalning ta’rifi

The Open Network (TON) barchani kripto bilan tanishtiradi. TON Telegram messenjerida Web3 ekotizimini qurish orqali milliardlab odamlarga raqamli shaxsiyat, maʼlumotlar va aktivlarga egalik qilish imkoniyatini beradi.

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 56

2022-06-19 11:00:04Dunyo bo'ylab 2 500 000 dan ortiq odam TONni kuzatmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda TON kuzatuvchilarining umumiy soni 2,5 million foydalanuvchidan oshganini mamnuniyat bilan e'lon qilamiz.

Hamjamiyatimizning aksariyat qismi Telegram messenjerida jamlangan, ammo TON Twitter va vk.com ijtimoiy tarmoqlarida, CoinMarketCap va CoinGecko kriptovalyuta platformalarida ham mavjud.

Biz dunyoning o'nlab mamlakatlaridagi foydalanuvchilar uchun 12 tilda kontent yaratishda davom etamiz.

Shu bilan birga, o’zbek tilida so'zlashuvchi foydalanuvchilarning ulushi umumiy obunachilar sonining qariyb 2,3 %ini tashkil etadi, bu yanvar oyidagi ko’rsatgichga nisbatan kamroq.

Telegramdagi eng yirik TON Community kanallari:

— TON Community (ingliz tilida)
— TON Community (rus tilida)
— TON Community (ispan tilida)
— Ton中文频道 (xitoy tilida)
— TON Community (indonez tilida)
— TON Community (o’zbek tilida)
— TON Community (italyan tilida)
— TON Community (turk tilida)
— TON Community (koreys tilida)

Biz har bir obunachiga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz va siz uchun ishlashda davom etamiz.
9.7K views08:00
Ochish/sharhlash
2022-06-18 11:05:59Tayvan aholisi mahalliy valyuta TWD (Yangi Tayvan dollari) bilan Toncoin sotib olishlari mumkin.

TON loyihasi o‘z geografiyasini kengaytirishda davom etmoqda: Toncoin Tayvandagi eng mashhur kripto-platforma, BitoPro, birjasiga joylashtirildi. U mamlakat kriptovalyuta bozorining 80%ni tashkil qiladi.

Shu bilan birga, TON Foundation va BitoPro kompaniyasiga tegishli O2 Meta metadunyosi bilan strategik hamkorlik qilish imkoniyati ko'rib chiqilmoqda.

Platforma rasmiy ravishda ro'yxatdan o'tgan va mahalliy qonunlarga bo'ysunadi. Platforma 800,000 foydalanuvchiga ega. Foydalanuvchilar Toncoin va boshqa kriptovalyutalarni fiat pulga sotib olishlari mumkin.

BitoPro FamilyMart tarmog‘ining hamkori bo‘lib, tarmoqning 3000 dan ortiq do‘konlarida kriptovalyutani naqd pulga sotib olish imkoni mavjud.

Birja, shuningdek, CoinGecko, Dow Jones, JOYSO, Mifengcha, BitUniverse va shu kabi kompaniyalar bilan hamkorlik qilgan va 2017 yilda BitoPro eng yaxshi to'lov yechimlarini taklif qiluvchi Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi TOP 10 ta kompaniyaga kirgan.

Toncoin Osiyo mintaqasidagi yetakchi kripto birjalaridan birida ro‘yxatga olinishidan mamnunmiz.
11.1K views08:05
Ochish/sharhlash
2022-06-17 13:30:01TON asosidagi oʻyinlar.

O'yinni ishlab chiqish sur’at yaratishdan ko'ra ko'proq vaqt va resurslarni talab qiladi. Shu sababli, TON’dagi GameFi sektori hali NFT kolleksiya bozori kabi mashhurlikka erishmadi.

Shu bilan birga, TON asosidagi o'yinlar faol rivojlanmoqda va biz kelgusi oylarda The Open Network asosida ko'plab o'yinlarni kutib qolamiz.

Bugun sizlarni ularning ba'zilari bilan tanishtiramiz.

Grabscape

Bu ishlab chiqilayotgan “Play-to-Earn” karta oʻyini boʻlib, o’yin orqali Toncoin ishlab olish imkoniyatini beradi.

Mexanika quyidagicha: foydalanuvchilar "grabslar" tasviridagi NFT’larini sotib olishadi (bular antropomorfik kalamushlar) va ulardan Toncoinga almashtirish mumkin bo'lgan loyiha tokenlarini farming qilish uchun foydalanishadi.

Tokenlar farmingi uchun o'yinchilar turli xil harakatlarni bajarishlari kerak: masalan, boshqa o'yinchilar grabslariga layk bosish va janglarda qatnashish kabi.

Grabscape haqidagi yangiliklarni loyihaning rasmiy sayti va Telegram kanalida kuzatishingiz mumkin.

G-BOTS GAMES

Bu mobil jangovar qirollar o'yini bo'lib, unda o'yinchilar PvP arenalarida bir-biriga qarshi kurashadilar.

G-BOTS NFT egalari hamyonlari yordamida o‘yinga kirishlari va NFT robotlari bilan o‘ynashlari mumkin bo‘ladi.

Shunisi e'tiborga loyiqki, bu TON asosida ishlaydigan prototipli bir nechta mobil o'yinlardan biri hisoblanadi. Siz ushbu o’yinni hoziroq o'ynab ko’rishingiz va sinovlarda qatnashishingiz mumkin.

Sinov versiyasi smartfonlar uchun iOS (Testflight) va Android (APK file)da mavjud.

Loyiha yangiliklarini G-BOTS rasmiy kanalida kuzatib borishingiz mumkin.

Rich Cats

Bular dunyodagi birinchi tuslanishi mumkin bo'lgan NFTlar bo'lib, u faqat Telegram uchun chiqarilgan, “Русский TON” kanalining qiziqarli loyihasidir.

Ehtimol, Rich Cats NFT’larni an'anaviy ma'noda o'yin deb bo’lmaydi, lekin loyihada ko'ngilochar mexanika bor: Rich Cats NFT egalari ular uchun kiyim va aksessuarlar sotib olib, o'z qahramonlarining ko'rinishini o'zgartirishi mumkin.

Shunisi e'tiborga loyiqki, TON blokcheyn NFTEditable kengaytmasi tufayli bunday funksiyani amalga oshirish mumkin bo'lgan yagona tarmoqdir.

Keyinchalik, noyob NFT’lar avatar sifatida o'rnatilishi mumkin. Ular, shuningdek, “Русский TON” xizmatlariga, shu jumladan tonscan.org tadqiqotchisiga birlashtiriladi.

Rich Cats NFT haqidagi batafsil maqolani o'qishingiz va loyihaning rasmiy kanalida to'plam yangiliklarini kuzatishingiz mumkin.

Biz TON asosidagi o'yinlarning chiqarilishini intiqlik bilan kutamiz va barcha dasturchilarga muvaffaqiyat tilaymiz!
5.4K views10:30
Ochish/sharhlash
2022-06-16 21:00:05
Sovrin jamg'armasi 40 000 TON bo'lgan birinchi Hack-a-TON!

Biz birinchi blokcheyn xakatonini e'lon qilishdan mamnunmiz. Xakaton 1-iyul kuni boshlanadi va 48 soat davom etadi.

Xakatonga yangi g'oyalarga ega bo'lgan barcha JavaScript mutaxassislarini taklif qilamiz.

Xakaton onlayn tarzda o'tkaziladi. Ishtirok etish uchun siz 4 (yoki undan kam) kishidan iborat jamoani to'plashingiz kerak bo'ladi. Shu bilan birga, TON uchun aqlli shartnomalar yaratish mahorati talab qilinmaydi. Barcha kerakli SDK’lar qatnashchilarga taqdim etiladi.

Tanlov yangiliklarini TON Contests kanalida kuzatib borishingiz mumkin.
4.0K views18:00
Ochish/sharhlash
2022-06-16 16:05:24
Bitcoin grafigiga qarang: bitok oʻz tarixida koʻp marta qulab tushgan va butun kripto bozorini oʻzi bilan tortgan. Keyin esa u yana qaytib kelib oʻz yo’lida davom etgan

Ha, hozir Toncoin tarixiy eng yuqori narxdan 4 marotaba pastladi, ammo xuddi shu holat boshqa kriptovalyutalar bilan ham sodir bo'lmoqda: SOL, XRP, BNB, Dot, Avax. Bozor ta'sir qilmagan jiddiy aktivlar deyarli yo'q (memkoinlar va shitlar hisobga olinmaydi).

Kriptoqish , barchasi muzladi!

Men tushunaman: bu tashvishli va qo'rqinchli. Sizning aktivlaringiz narxi tushib ketishi albatta yoqimsiz holat. (Aytgancha, xuddi shu narsa hozir AQSh fond bozorida ham sodir bo'lmoqda), ammo bu kriptodunyo — u o'zgaruvchan va bu odatiy holdir.

Ammo grafikka qarang: bahor har doim qishdan keyin keladi, shuning uchun hamma narsa yaxshi bo'ladi, bolalar, asosiysi vahima qilmaslik va 2-3 barobar ziyon ko’rish bilanoq hamma narsani sotmaslik kerak

Axir bu birinchi marta emas va oxirgisi ham bo'lmaydi.

Manba: С Романов | Держу в ТОНе
3.7K views13:05
Ochish/sharhlash
2022-06-15 11:30:00 Toncoin bilan to’lov orqali Telegramda pullik obunalar.

Biz Toncoin bilan ishlaydigan mahsulotlar haqida bir qator postlarni chiqarishni boshlaymiz. Bugun esa The Open Network ekotizimining rasmiy hamkori, @donate xizmati, haqida gaplashamiz.

@donate — Telegram messenjeri tomonidan tasdiqlangan toʻlov xizmati boʻlib, mualliflarga pullik kirish huquqiga ega shaxsiy kanallar yaratish va xayriyalar yigʻish imkonini beradi.

Hozirda 3000 dan ortiq Telegram hamjamiyatlari bot bilan hamkorlik qiladi.

Ular orasida “Моргенштерн”, “Артемий Лебедев”, “Илья Варламов”, “СысоевFM” kabi ko'plab taniqli bloggerlar va “Код Дурова” kabi mashhur media resurslari ham bor.

@donate ikkita asosiy funksiyaga ega:

1. Xayriya (donat) yig'ish tugmachasini yaratish.
2. Takroriy to'lovlarni yopiq kanallarga ulash.

Takroriy to‘lovlar – to‘lovlarni avtomatik tarzda qabul qilish imkonini beruvchi qulay funksiya: botning o‘zi abonent kartasidan belgilangan muddat ichida bir marta pul yechib oladi. Bu esa muallifni ko‘plab ishlardan ozod qiladi.

@donate bozordagi eng past komissiyalardan birini, to‘lov summasining 5% dan ko‘p bo‘lmagan miqdorni taklif qiladi.

Shu bilan birga, bot Toncoin bilan to'lovlar amalga oshirishni ham qabul qilish imkonini beradi va kriptovalyuta bilan ishlaydigan mualliflar uchun bonus dasturlar taqdim etadi.

Shubhasiz, @donate o'zining yuz minglab foydalanuvchilari orasida TON blokcheynini ommalashtirishga katta hissa qo'shadi va biz xizmat ko'rsatish jamoasiga yuqori rivojlanishlar tilaymiz.

@donate haqida ko'proq ma'lumotni ushbu postdan topishingiz mumkin:
https://t.me/subscriptions/195
17.8K views08:30
Ochish/sharhlash
2022-06-14 15:00:06
Tonhub foydalanuvchilari o'zlarining kriptovalyutalarini yaratish imkoniyatiga ega bo'lishadi.

Tonhub mobil hamyonini dasturchilari o‘z ilovalari asosida token konstruktorini ishga tushirishni e’lon qilishdi.

Yaqin kelajakda foydalanuvchilar dasturchilar ishtirokisiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamyon interfeysi orqali o‘z kriptovalyutalarini yaratishi va ulardan o‘z xohishiga ko‘ra foydalanishi mumkin bo‘ladi.

Shu tarzda chiqarilgan tokenlar to‘laqonli TON asosidagi altkoinlar bo‘ladi va TON DeFi standartlariga mos keladi, ya’ni kelajakda ular boshqa tangalar kabi ishlatilishi mumkin: masalan, DEXda savdo qilinishi mumkin.

Konstruktor faqat Whales Club a'zolariga taqdim etilishi rejalashtirilgan.

Xizmat yangiliklarini TonWhales rasmiy kanalida kuzatib borishingiz mumkin:
https://t.me/tonwhalesnews
5.5K views12:00
Ochish/sharhlash
2022-06-14 10:00:09TON hamjamiyatining hafta sarhisobi.

Biz o'tgan haftada ro’y bergan eng qiziqarli ekotizim yangiliklarini to'pladik:

— TON tarmog‘ida ro‘yxatdan o‘tgan hamyonlar soni 5-11 iyun kunlari 676 789 tadan 708 778 taga (4,7%) oshdi.

— Komyuniti rahbarlari tanlovining birinchi bosqichi yakunlari sarhisob qilinib, tanlovning ikkinchi bosqichi e’lon qilindi.

— Mashhur blogger va rassom Ellen Sheidlin o‘zining birinchi kolleksiyasini TON blokcheyniga joylashtiradi.

Boshqa yangiliklar:

— TON ekotizimida @mobile xizmati paydo bo‘ldi, uning yordamida foydalanuvchilar elektron SIM-kartalarga ega bo’lishlari mumkin.

— OKX kripto birjasida texnik ishlar yakunlandi va Toncoinni yechib olish o’z holida ishlamoqda.

— Tonhub hamyoni orqali endi Toncoinni to'g'ridan-to'g'ri ilovada sotib olish imkoniyati mavjud.

— “Код Дурова” nashri TON grant dasturi haqida maqola e’lon qildi.

— Gadjetlar va texnologiyalar haqidagi rozetked.me manbasi TON loyihasini eslatib o‘tdi va “TONni qanday sotib olish mumkin” qo‘llanmasini e’lon qildi.

The Open Network ekotizimidagi yangiliklar haqida birinchilardan bo'lib xabardor bo'lish uchun bizni kuzatib boring.
11.5K views07:00
Ochish/sharhlash
2022-06-13 12:02:14
OKX bo'yicha texnik ishlar yakunlandi.

OKX kriptobirjasidan Toncoin yechib olish yana odatdagidek ishlayotganini e'lon qilishdan mamnunmiz.
7.2K views09:02
Ochish/sharhlash
2022-06-12 11:45:00Ellen Sheidlin ilk NFT to'plamini TON blokcheyniga joylashtiradi.

Mashhur bloger va konseptual rassom Ellen Sheidlin (Instagramda 4,4 million obunachisi mavjud) NFT avatarlar to'plamini yaratadi va uni TON tarmog'ida ishga tushiradi.

Kichik, lekin chinakam eksklyuziv to’plam yaratish rejalashtirilgan.

Ellen Sheidlin — dunyo darajasidagi ijodkor.

Uning ishlari Rossiya, Fransiya, Germaniya, Yaponiya va Britaniyadagi ko'rgazmalarni zabt etgan va Ellenning o'zi esa bir qancha nufuzli mukofotlarga sazovor bo'lgan.

Rassom Little Big guruhining klipida ishtirok etgan va Nike, Estee Lauder, Moncler, Bacardi, BMW, Instagram, Schwarzkopf, L'Oreal, Coca-Cola brendlari uchun asarlar yaratgan.

Siz Ellenning ishlari bilan tanish bo'lishingiz mumkin, chunki uning ko'plab asarlari virusga aylanib ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan.

Biz mashhur ijodkorlar NFT’larni yaratish uchun TON’ni tanlaganidan xursandmiz va blokcheyn minglab iste’dodli odamlar o‘zlarini ifoda eta oladigan platformaga aylanishi mumkinligiga ishonamiz.

To'plam TON Diamonds marketpleysida taqdim etiladi:
https://ton.diamonds/sheidlina
6.4K views08:45
Ochish/sharhlash