Get Mystery Box with random crypto!

TON Community 🇺🇿

Kanal manzili: @toncoin_uz
Toifalar: Cryptocurrencies
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 86.35K
Kanalning ta’rifi

The Open Network (TON) barchani kripto bilan tanishtiradi. TON Telegram messenjerida Web3 ekotizimini qurish orqali milliardlab odamlarga raqamli shaxsiyat, maʼlumotlar va aktivlarga egalik qilish imkoniyatini beradi.

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 60

2022-04-29 17:01:50Qayerdan Toncoin sotib olish mumkin?

Bugun sizlarga hozirda mavjud bo'lgan Toncoin sotib olishning asosiy usullarini eslatib o’tamiz.

P2P platformalar.

P2P savdosida foydalanuvchilar Toncoinni fiat valyuta bilan sotib olishlari mumkin.

Eng mashhur P2P platformalari:

— @cryptobot xizmati (ko‘rsatma).
— Bestchange.ru agregatori (ko'rsatma).

Firibgarlar qurboniga aylanmaslik uchun @cryptobot jamoasi taqdim etgan xavfsiz p2p savdosi qoidalarini ko’rib chiqishni unutmang.

DEX birjalar.

— Uniswap, dunyodagi eng katta DEX (ko’rsatma).
— PancakeSwap, BNB Chaindagi eng katta DEX protokoli.
— Biswap, eng yirik DEX platformalaridan biri.

Markazlashtirilgan birjalar (CEX).

— FTX kriptovalyuta birjasi — savdo Toncoin/USD juftligida, shuningdek, fyucherslar shaklida ham mavjud.
— OKX kriptovalyuta birjasi — TON/USDT juftligida savdo qilish mumkin (texnik ishlar olib borilmoqda)
— EXMO kriptovalyuta birjasi — savdo TON/USDT va TON/BTC juftliklarida mavjud.
— Bit.com kriptovalyuta birjasi — savdo Toncoin/USDT juftligida mavjud.
— CoinEx kriptovalyuta birjasi — savdo TON/USDT va TON/BTC juftliklarida mavjud.

Toncoin sotib olishning boshqa usullarini rasmiy veb-saytdan topishingiz mumkin:
https://ton.org/coins
8.8K views14:01
Ochish/sharhlash
2022-04-27 12:00:09
Telegram orqali bevosita Toncoin yuborish

Telegramda Toncoinni istalgan foydalanuvchiga komissiyasiz o‘tkazishning qulay usuli ishga tushdi. Endilikda @wallet bot shaxsiy muloqot oynasining qo’shimchalar menyusiga qo'shiladi va uzun hamyon manzillarini kiritish, o’tkazmalarni tasdiqlashni kutish shart bo’lmaydi.

Bu imkoniyatdan foydalanish uchun @wallet botni ishga tushiring va uni "Sozlamalar" bo'limidan yuqoridagi videoda ko'rsatilganidek, qo’shimchalar menyusiga qo'shing.

Toncoin yuborish uchun 2 oddiy harakatni bajarishingiz kerak:

1) Shaxsiy muloqot oynasini oching, "Biriktirish" ( ) va "Hamyon" tugmasini bosing.

2) Toncoinning kerakli miqdorini kiriting va o'tkazmani amalga oshiring.

Kriptovalyuta bir zumda qabul qiluvchi hamyonida bo'ladi.

Telegram foydalanuvchilari ushbu qulay usul yordamida Toncoinni bemalol ayirboshlash imkoniyatiga ega bo‘lishganidan xursandmiz.

Foydalanishdan oldin Telegram ilovasi so‘nggi versiyaga yangilanganligiga ishonch hosil qiling.
12.5K views09:00
Ochish/sharhlash
2022-04-27 11:00:07
Tonkeeper dasturchilarni taklif qiladi.

Tonkeeper jamoasi internet xizmatlariga login va parollarsiz xavfsiz kirish imkoniyatini beruvchi ochiq standartli TON Connect dasturini ishga tushirdi.

TON Connect yordamida foydalanuvchilar Web 3.0 ning barcha afzalliklaridan foydalangan holda onlayn platformalarda avtorizatsiya jarayonini bir marta bajarish bilan yakunlashlari mumkin bo‘ladi.

TON Connect markazlashtirilgan xizmatlardan farqli o'laroq maxfiy ma'lumotlar va parollardan foydalanmaydi.

Barcha shaxsiy ma'lumotlar (masalan, bank karta raqami) kalit bilan shifrlangan va faqat mijozning qurilmasida mavjud bo’ladi. Hatto xizmat bazasi tarmoqqa chiqib ketsa ham, foydalanuvchi ma'lumotlari oshkor bo’lmaydi.

Tonkeeper dasturchilarni hamkorlikka va sizlarni ularning texnologiyasi yo’lga qo’yadigan imkoniyatlar bilan tanishishga taklif qiladi:
https://t.me/tonkeeper_ru/9

TON Connect SDK hujjatlari ushbu havolada mavjud:
https://github.com/tonkeeper/ton-connect.
11.3K views08:00
Ochish/sharhlash
2022-04-26 11:30:01TON hamjamiyatining hafta sarhisobi.

Ekotizimning o'tgan haftadagi eng qiziqarli yangiliklarini to'pladik:

— TON tarmog‘ida ro‘yxatdan o‘tgan hamyonlar soni 17-apreldan 23-aprelgacha 420 956 tadan 443 708 taga (5,4%) oshdi.

— OKX kriptovalyuta birjasida TON tikerini o‘zgartirish bo‘yicha texnik ishlar hali yakunlanmadi.

— Toncoin “CoinEx” kriptovalyuta birjasida ro‘yxatga olindi.

— XP.NETWORK ko‘prigi TON blokcheyniga integratsiyalashgani haqida e’lon qildi.

— TON Foundation tomonidan tashkil qilingan yangi Toncoin zaxirasiga qilingan xayriyalarning umumiy miqdori 527 million Toncoindan oshdi.

— TON blokcheynini Ethereum 2.0 va Solana tarmoqlari bilan texnik taqqoslash imkoniyati e’lon qilindi.

— TON asosidagi Jettons standarti haqida maqola nashr qilindi.

— Rasmiy “TON Ducks” stikerlar toʻplamiga oʻnta yangi rasm qo’shildi.

Boshqa yangiliklar:

— Firibgarlik holatlari ko‘paymoqda. Hamjamiyat a'zolari, iltimos, ushbu postni ko'rib chiqing.

“The Open Network” ekotizimidagi yangiliklar haqida birinchilardan bo'lib xabardor bo'lish uchun bizni kuzatib boring.
8.4K views08:30
Ochish/sharhlash
2022-04-25 11:15:51
Yangi stikerlar.

TON hamjamiyatining rasmiy stikerlar toʻplami oʻnta yangi rasm bilan boyitildi.

“TON Duck” to'plamini ushbu havola orqali olishingiz mumkin:
https://t.me/addstickers/Ton_Duck
25.4K views08:15
Ochish/sharhlash
2022-04-24 17:00:05TON asosidagi altkoinlar.

“TON Foundation” dasturchilari “TON DeFi” standartlari yakunlanganligini e'lon qilganida, hamjamiyat a’zolarining ko’pchiligi NFT’larni muhokama qilishga e'tibor qaratishdi. Jeton (jettons) standartining paydo bo'lishi esa unga nisbatan kamroq qiziqish uyg'otdi.

Aslida, jetonlarning chiqarilishi “The Open Network” ekotizimining muhim voqeasidir, chunki aynan shu standart dasturchilarga TON asosida o'zlarining kriptovalyutalarini yaratishga imkon beradi.

Keling, oddiy analogiya qilamiz:

Ethereum blokcheynining asosiy kriptovalyutasi taniqli ETH hisoblanadi, ammo Ethereum tarmog'i asosida Shiba Inu, USDT, USDC, Uniswap, Surve, SushiSwap, Olympus kabi boshqa ko'plab mashhur tangalar chiqarilgan.

Jettons standarti tufayli turli jamoalar va loyihalarning mutlaqo yangi kriptovalyutalari TON ekotizimida xuddi shu tarzda paydo bo'lishi mumkin bo'ladi.

“Русский TON” kanali jetonlar haqida katta maqola e’lon qildi:
http://tonblockchain.ru/jettons

Bugungi kunda bir qator loyihalar o'z tangalarini ishlab chiqish ustida ishlamoqda va biz kelgusi oylarda “TON DeFi”ning tez fursatda o'sishini kutib qolamiz.
48.0K views14:00
Ochish/sharhlash
2022-04-24 12:00:07
Toncoin “CoinEx” birjasida ro'yxatga olindi.

Savdo “TON-USDT” va “TON-BTC” juftligida mavjud.

“CoinEx” — “CoinMarketCap” reytingidagi TOP-100 kriptovalyuta savdo platformalaridan biri bo'lib, kunlik savdo hajmi 70 million dollardan ortiqni tashkil etadi.

Birja 2017 yildan beri mavjud bo'lib, undan dunyoning 200 dan ortiq mamlakatlari va mintaqalaridagi 3 milliondan ortiq odamlar foydalanadi.
49.2K views09:00
Ochish/sharhlash
2022-04-23 11:00:10
TONni boshqa blokcheynlar bilan taqqoslash.

Bir necha kun oldin “TON Foundation” TON blokcheynini “Ethereum 2.0” va “Solana” markazlashtirilmagan tarmoqlari bilan texnik taqqoslash imkoniyatini e’lon qildi.

Bu “The Open Network”ning texnologik afzalliklarini aniq ko'rsatadigan qiziqarli hujjat.

“Русский TON” kanali materialni rus tiliga tarjima qildi va sizlarni ushbu tarjimani o'qishga taklif qilamiz:

— TON va Solana taqqoslash.
— TON va Ethereum 2.0ni taqqoslash.

E'tibor bering, 2022 yilda TON soniyada millionlab va o'n millionlab o’tkazmalarni amalga oshirishga qodir bo'lgan bir nechta chinakam kengaytiriladigan blokcheynlardan biri bo'lib qolmoqda.
35.7K views08:00
Ochish/sharhlash
2022-04-22 12:45:00TON Foundation 527 million Toncoindan ko'p mablag’ yig'di.

7-aprel kuni TON Foundation jamoasi yangi Toncoin zaxirasini yaratishni e'lon qildi va TON ekotizimining a'zolarini xayriya qilishga chaqirdi.

O'shandan beri zaxira hamyoniga rekord darajadagi 527 million Toncoin kelib tushdi. Hozirgi narx bo‘yicha bu bir milliard dollardan oshiqni tashkil etadi.

Bu blokcheyn loyihalari tarixidagi eng katta xayriyalardan biridir deb aytishimiz mumkin.

Miqdoridan qat'i nazar, TON Foundation zaxirasiga, xayriya qilgan barchaga, shu bilan birga, umumiy maqsadlar uchun o’z tangalarini xayriya qilgan asosiy Toncoin egalariga minnatdorchilik bildiramiz. TON hamjamiyatida tarmoqning uzoq muddatli rivojlanishida haqiqatda ishtirok etishga tayyor bo‘lgan yirik tanga egalari yetarli darajada ekanligidan xursandmiz.

Yigʻilgan barcha mablagʻlar TON ekotizimini rivojlantirishga sarflanadi. TON Foundationning bunday muhim zaxirasining mavjudligi ko'plab global hamkorlar va sarmoyadorlarni jalb qilishiga, shuningdek, butun blokcheyn ekotizimini yanada rivojlantirish uchun mustahkam poydevor yaratishiga ishonchimiz komil.

Hamjamiyatimizning barcha a'zolarini yangi bosqich bilan tabriklaymiz!
69.8K views09:45
Ochish/sharhlash
2022-04-21 16:45:00
Firibgarlik holatlari ko‘paymoqda.

Biz foydalanuvchilarga qarshi firibgarlikning yangi to‘lqinini aniqlayapmiz: endilikda firibgarlar foydalanuvchilarga o‘ziga xos “kriptovalyuta hamyonini” yaratish, balansni to‘ldirish va Telegram messenjeridan “xush kelibsiz bonusi” olishni taklif qilmoqda.

Shu bilan birga, firibgarlar rasmiy TON manbalariga ko’rinish jihatdan o'xshash fishing veb-sahifalaridan foydalanmoqda, ammo, “The Open Network”ning bunday "loyihalar" bilan hech qanday aloqasi yo'q.

“Toncoin”ni saqlash uchun barcha hamyonlar rasmiy blokcheyn veb-saytida ko'rsatilgan: ton.app/wallets.

“TON Foundation” vakillari tomonidan tasdiqlangan ilovalar tegishli tasdiq belgilariga ega bo’ladi.

Ehtiyot bo'ling va raqamli xavfsizlik qoidalarini hech qachon unutmang.
5.4K views13:45
Ochish/sharhlash